• Ta’limning innovatsion shakllari.
  • I. Amaliy o‘yinlar.
  • Amaliy o’yinlar
  • 2-Mavzu. Innovatsion texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini oshirish yo‘llari




    Download 282.45 Kb.
    bet1/16
    Sana20.05.2023
    Hajmi282.45 Kb.
    #62491
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    ЯНГИ ФАН
    6-ona-tili-2-chorak, 3-mavzu, 905, 3- mavzu..., 8-amaliy mashg\'ulot, 3-синтез серных свяжущих на основе местного сырья, десертатсия, 3 laboratoriya Jadvala redaktorlardan iqtisodiy masalalarni yechish (2), 6-laboratoriya (3), 14-Amaliy mashgulot, ADSORBSIYA, eyuf ariza namuna, falsafa2, Donayeva Bibisoira, 1234

    2-Mavzu. Innovatsion texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini oshirish yo‘llari
    Reja:
    1. Ta’lim tizimida innovatsion texnologiyalardan foydalanish yo‘llari.
    2. Innovatsion metodlarini ishlab chiqish va o‘rganishning didaktik prinsiplarga yondashgan holda darslarni tashkil etish.
    3. Kutilayotgan natijalarni belgilash.
    Ta’limning innovatsion shakllari. Zamonaviy sharoitda talabalarning o‘quv-bilish faolliklarini kuchaytirish, o‘qitish sifatini oshirish va samaradorligini yaxshilash maqsadida innovatsion xarakterga ega ta’lim shakllaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda amaliy o‘yinlar, muammoli o‘qitish, interfaol ta’lim, modul-kredit tizimi, masofali o‘qitish, blended learning (aralash o‘qitish) va mahorat darslari ta’limning innovatsion shakllari sifatida e’tirof etilmoqda.
    Ayni o‘rinda ta’limning innovatsion xarakterga ega ushbu shakllari to‘o‘risida so‘z yuritiladi.
    I. Amaliy o‘yinlar. Dastlab “o‘yin” tushunchasining mohiyatini anglab olish talab etiladi.

    O’yin – kishilik faoliyatining muhim turi hamda ijtimoiy
    munosabatlar mazmunining bolalar tomonidan imitatsiyalash
    (ko’chirish, taqlid qilish) asosida o’zlashtirish shakli sanaladi

    Zamonaviy sharoitda ta’lim amaliyotida amaliy-innovatsion xarakterga ega o‘yinlardan samarali foydalanilmoqda.



    Amaliy o’yinlar – muayyan amaliy harakatlarning tashkil
    etilishini imitatsiyalash imkoniyatini beradigan o’yinlar

    Ta’lim amaliyotida qo‘llaniladigan amaliy o‘yinlar o‘z-o‘zidan didaktik xususiyat kasb etadi, shu sababli ular ko‘p holatlarda “didaktik o‘yinlar” deb yuritiladi.


    Kishilik tarixiy taraqqiyotining barcha davrlarida ham o‘yin sub’ekt faoliyatining eng birinchi va muhim turi sifatida tan olingan. Binobarin, shaxs faoliyatining muhim turlari – mehnat, o‘qish bilan birga o‘yin ham uning shakllanlanishi va rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. O‘yinlar vositasida katta avlod tomonidan to‘plangan hayotiy tajriba, o‘zlashtirilgan bilim, turmush tarzi va ijtimoiy munosabat asoslari, madaniy qadriyatlar yosh avlodga izchil uzatib kelingan.
    O‘yin shaxsning tarbiyalash, rivojlantirish, unga ta’lim berish xususiyatlariga ega. Mavjud xususiyatlari tufayli o‘yinlar qadim-qadimdan xalq pedagogikasining muhim asoslaridan biri bo‘lib kelmoqda. Bevosita o‘yinlar bolalarda idrok, sezgi, xotira, tafakkur, nutqni rivojlantirishga yordam berish orqali ularni ma’naviy-axloqiy, aqliy, jismoniy va estetik jihatdan tarbiyalashga xizmat qiladi. “Maktabgacha yoshdagi bola o‘yin faoliyatida o‘qish va mehnatga tayyorlanadi. Yosh ulo‘aygan sari o‘yinning roli biroz kamayib boradi. O‘yinlarning tarbiyaviy ahamiyati bolaning butun hayoti davomida saqlanib qoladi”1.
    Agarda jismoniy xatti-harakatlarni rivojlantirishga xizmat qiladigan o‘yinlar bolalarda chaqqonlik, epchillik, chidamlilik, qat’iylikni tarbiyalasa, intellektual, konstruktsiyali o‘yinlar ularni o‘ylashga, fikrlashga, mantiqiy tafakkur yuritishga o‘rgatadi.
    Tarixiy taraqqiyot jarayonida o‘yin nafaqat bolalar, balki kattalar hayotidan ham alohida o‘rin egallashga muvaffaq bo‘lindi. Zamonaviy sharoitda intellektual, kompyuter, iqtisodiy, harbiy, kasbiy, sport va maishiy hodiq chiqarishga ko‘maklashadigan o‘yin modellari ham kattalar orasida keng ommalashgan.
    Zamonaviy pedagogikada o‘yinlar ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish, ta’lim oluvchilarning o‘quv-bilish faolligini kuchaytirish maqsadida quyidagi tarzda qo‘llaniladi:

    • tushuncha, mavzu va alohida bo’lim mohiyatini

    o’zlashtirishda alohida texnologiya sifatida;
    - pedagogik texnologiyalarning elementi sifatida;
    - o’quv mashg’uloti shakli yoki uning bir qismi sifatida;
    - sinf (auditoriya)dan tashqari ishlardan biri
    (“Zakovat”, “Bilimon”, “Huquq fani bilimdoni” va b.) sifatida

    O‘yinning mohiyati va tuzilishi ma’lum ko‘nikma, malaka, qobiliyat va sifatlarning har bir ishtirokchida butun o‘yin davomida shakllanishini ta’minlaydi. Ta’lim jarayonda o‘yin texnologiyalaridan foydalanishda o‘qituvchi pedagogik vazifalarini stsenariyda aniq ifodalay olishi zarur.


    O‘yin faoliyatining psixologik mexanizmlari shaxsning o‘zini namoyon qilish, o‘zining hayotda o‘rnini belgilash, o‘zini o‘zi boshqarish, o‘z imkoniyatlarini amalga oshirishan iborat asosiy ehtiyojlarni qondirish imkoniyatini yaratadi.
    O‘yin ijtimoiy tajribalarni o‘zlashtirish va qayta yaratishga yo‘nalgan vaziyatlarda, faoliyat turi sifatida belgilanadi hamda o‘yin jarayonida shaxsning o‘z xulqini boshqarishi shakllanadi va takomillashadi.
    O‘quv faoliyatining asosiy motivi – bu o‘quv-bilish motivi bo‘lsa, o‘quv faoliyatining eng muhim motivatsiyasi esa talabada o‘zi tanlangan va asoslarini o‘zlashtirayotgan kasbga bo‘lgan qiziqishi sanaladi. Talaba o‘quv jarayonidagi egallagan bilimlaridan, kasbiy malakalari va ko‘nikmalaridan hissiy jihatdan qoniqa olishi lozim. Bu vazifani hal qilishda o‘qitish jarayonida o‘yinli texnologiyalardan foydalanish alohida ahamiyat kasb etadi. O‘yinli texnologiyalari, shuningdek, talabalarning ijodiy qobiliyati va kreativ tafakkurini o‘stiradi.
    Pedagogik maqsadda foydalanilayotgan o‘yinlar o‘yin texnologiyalari deb nomlanadi.


    Download 282.45 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 282.45 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2-Mavzu. Innovatsion texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini oshirish yo‘llari

    Download 282.45 Kb.