• Mustahkamlash uchun savollar
  • 2-mavzu. Inson psixikasining ontogenezda rivojlanishi Reja




    Download 25,09 Kb.
    bet2/2
    Sana21.05.2024
    Hajmi25,09 Kb.
    #247926
    1   2
    Bog'liq
    3m

    Shaxsning tuzilishi.
    Shaxs strukturasi, ya’ni tuzilishi muammosini bayon, talqin qilishda tayanch va jabha, komponent tushuncha tariqasida yaxlit tuzilishning nisbiy mustaqil qismidan, tahlilning birligi sifatida element tushunchasidan (atamasidan), har qanday kontekstlardan yaxlitlik xususiyatini aks ettirmasa ham ulardan foydalanamiz. Bunday tafovut (farq) shaxs xususiyatlarini yaxlit holda mukammal ochish uchun tarkibiy tizimli va elementli-tizimli darajalarini namoyon etish uchun mutlaqo zarur.
    Shaxsning tuzilishi to‘g‘risidagi muammo o‘zining dolzarbligi bilan fanning tadqiqot doirasidan, predmetidan tashqari chiqadi. Shaxs tuzilishiga oid ilmiy tasavvurlarning yaratilishi, ishlab chiqilishi yaxlit nazariyaning zaruriy sharti hisoblanib, insonning ijtimoiy mohiyati qirralarini ochish imkoniyatiga egadir. Xuddi shu boisdan psixologiyaga falsafa, pedagogika, tibbiyot singari fanlarning namoyandalari tomonidan uni muhokama qilish namoyon bo‘layotganligi tufayli unga qiziqishning kjsaqligidan dalolat bermoqda.
    Psixologiya fani shaxs strukturasining modelini yaratishga boshqa fanlardan izchilroq kirishadi, uning tabiatini aks ettirish imkoniyatiga erishadi, natijada u psixologiya muammolari majmuasida markaziy o‘rin egalladi. Psixologiya olimlari tomonidan tadqiqot qilinayotgan dolzarb muammolar bilan shaxs tuzilishiga oid masala u yoki bu jabhasi orqali uzviy bog‘liqlikka ega. Bu kontekstda xulq motivatsiyasi, shaxsning tipologiyasini ishlab chiqish, shaxsga ta’sir o‘tkazishning samarali yo‘lyo‘rinushrini qidirishni eslatib o‘tishning o‘zi kifoya.
    Psixologiya fanida shaxsga strukturaviy yondashish bo‘yicha eng salmoqpi ilmiy izlanishlar amalga oshirilganligi qonuniy holat bo‘lib, xilma-xil shaxs strukturasining modeli yaratilganligi fikrimizning yorqin dalilidir. Bu borada B.G.Ananevning fikricha, psixologik hodisalarni aql (intellekt), hissiyot (emotsiya) va irodaga ajratilishi inson psixologiyasida strukturaviy yondashish tajribasining dastlabki ko‘rinishi bo‘lib, uning xaqchilligi ko‘pgina psixologlar tomonidan tan olinishidir. B.G.Ananev strukturaviy yondashishning boshqa variantlari tariqasida turlicha psixik hodisalar bilan qarama-qarshi aloqalarning e’tirof etilishi-psixik aktlarning psixik funksiyalar, ongning ongsizlik, tendensiyalarning potensiyalar bilan uyg‘unligini ta’kidlaydi. L.S.Vigotskiyning mulohazasiga ko‘ra, insonning psixik funksiyalarini yuksak, madaniy, quyi, tabiiy turlarga ajratishni kiritish mumkin, chunki ularning negizida ta’lim bilan insonning oliy nerv faoliyatida birinchi va ikkinchi signallar sistemasi o‘zaro ta’sirining ifodalanishi yotadi.
    Odamga individ sifatida tavsif berishda uning yosh davri, jinsiy va individual-tipologik xususiyatlariga asoslaniladi. Yosh davrning sifatlari ontogenetik, evolyutsiya bosqichlarida izchil ravishda namoyon bo‘ladi va takomillashuv jarayonida o‘z ifodasini topadi, jinsiy dimorfizm xususiyati esa ularga mutlaqo mos tushadi. Individning individual-tipologik xususiyatiga konstitutsion (tananing tuzilishi, biokimyoviy individuallik, ya’ni yakkahollik) holatlar, simmetriya va asimmetriya juft retseptorlari, effektorlari funksiyasi kiradi. Bu xususiyatlar, holatlar, hodisalar, mexanizmlar va xossalar birlamchi hisoblanib, hujayra va molekulyar tuzilishning barcha darajalarida ishtirok etadi.
    Jahon psixologiyasi to‘plagan nazariy va amaliy ma’lumotlarga ko‘ra, yosh, jinsiy va individual-tipologik xususiyatlar sensor (subsensor, subseptiv), mnemik (xotira), verbal (so‘z orqali) va mantiq psixofiziologik funksiyalarining dinamikasi hamda organiq ehtiyojlar tuzilishini aniqlaydi. Individning bu xususiyatlarini ikqilamchi deb atab, ularning integratsiyasi temperament xususiyatlarida va tug‘ma mayllarda ifodalanishini ta’kidlab o‘tish maqsadga muvofiq. CHunki yuqoridagi sifatlar ontogenetik evolyutsiya jarayondan iborat bo‘lib, ular filogenetik dasturga asoslanib hukm suradi. Yosh davrga oid va individual o‘zgaruvchanlik insoniyatning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti ta’siri ostida har xil ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishi mumkin. Individning dinamik xususiyatlariga shaxsning ijtimoiy muhitda vujudga kelgan sifatlari ta’sir etib, uning individual o‘zgaruvchiligi omilini yanada kuchytiradi.
    Insonning shaxs sifatida tavsiflanishining muhim psixologik lahzasi uning dinamik xususiyatlari hisoblanib, jamiyatdagi statusi (iqtisodiy, siyosiy, xuquqiy, mafkuraviy negizga bog‘liq, ya’ni uning jamiyatda egallagan o‘rni, nufuzi, mavqei bilan belgilanadi) orqali ifodalanadi. Statusning negizida esa hamisha uzluksiz ravishda o‘zaro aloqalar tizimi yotadi. Inson bajarishi lozim bo‘lgan guruhiy faoliyat va yakkahol turmushga, kasb-hunarga aloqador, ya’ni kasabaviy, oiladagi hamda jamoadagi rolning ijtimoiy funksiyasi, uning muayyan maqsadga, qadriyatga, ma’naviyatga yo‘nalganligi shaxsni faollashtiradi, natijada u barcha jabhalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Status, rol, qadriyatga yo‘nalganlik shaxs xususiyatlari, sifatlari, fazilatlari, hosiyatlari va xislatlarining birlamchilarini tashkil etadi, uning tuzilishida asos bo‘lib xizmat qiladi. Shaxsning tavsifi faoliyat, xulq motivatsiyasi xususiyati va ijtimoiy fe’l-atvor (oddiy stereotipdan tortib, to xalq donishmandligi namunalari) tuzilishini belgilab, uning tarkibidan ikqilamchi alomatlar, belgilar sifatida joy egallaydi. Shaxsning birlamchi va ikqilamchi sifatlarining o‘zaro ta’sirini birlashtiruvchi yuksak samara tarzida inson xarakteri va mayllari yuzaga keladi. Insonning shaxs xislatlarini rivojlantiruvchi, ularni takomillashtiruvchi va barqarorlashtiruvchi asosiy shakl uning jamiyatdagi hayot yo‘li, muayyan iz qoldirishi va ijtimoiy tarjimai xoli hisoblanadi. Shaxsning xalqiga qilgan xizmati uning e’zozlanishiga, hattoki milliy ma’naviy boylik, tafakkur gulshani va sarchashmasi darajasiga ko‘tarilishi mumkin.
    Insonning faoliyat sub’ekti sifatidagi asosiy tavsiflari qatoriga uning bu sohadagi taraqqiyotning mahsuli ongi (ob’ektiv faoliyatning in’ikosi sifatida (va faoliyati) voqelikning o‘zgartiruvchisi tariqasida) kiradi. Inson amaliy faoliyatning sub’ekti tarzida uning shaxsiy fazilatlari va xislatlarini tavsiflabgina qolmaydi, balki mehnatning texnik vositalari va texnologiyasi, ularning kuchaytiruvchanlik, tezlashtiruvchanlik va yaratuvchanlik funksiyalari sifatida yuzaga keladi.
    Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan ilmiy muammolardan birinchisi bir shaxsni boshqa odamlardan ajratib turadigan individual tuzilishiga ega ekanligidir. Ushbu yaqqol psixologik muammoni hal qilish shaxsning mazkur tuzilishining ichki sharoitlarida ifodalanuvchi xulq-atvorni oldindan bashorat qilish imkoniyatini yaratadi. Mazkur masalaning qo‘yilishi dastavval ta’lim va tarbiya ehtiyojlaridan, tashkilotchilikka oid faoliyat sohalari va boshqa ehtiyojlar zamiridan kelib chiqadi. Lekin bu masalani ilmiy asosda hal qilish boshqa muammoni, ya’ni shaxsni toifalarga ajratish (tipologiya), uning eng muhim, mukammal tuzilishini aniqlash bilan bog‘liqdir. Darhaqiqat, shaxs tipologiyasi, shaxsni tipologik tahlil qilishning eng nozik, ibratli jihatlarini cheklab o‘tish, u haqida yetarli darajada to‘la tasavvurga ega bo‘lishni xoxlasak, uning eng umumiy tasvirini umumlashgan tarzda ta’kidlab o‘tish lozim.
    Shaxs tuzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan ikkinchi masala esa bunday tuzilishning bir qancha tarkibiy qismlarga ajratishni taqozo etadi, binobarin, ushbu bo‘laqlarning yig‘indisi yaxlit inson shaxsini vujudga keltiradi. Jahon psixologiyasi fanida psixologlar shaxsni psixologik tuzilishining tarkibiy qismlarini turli mohiyatiga asoslanib turkumlarga ajratishni (klassifikatsiyalashni) tavsiya etmoqdalar.
    Psixikaning taraqqiyoti haqida so‘zlaganda: 1) hayvonlar psixikasining taraqqiyotini, 2) odam ongining tarixiy taraqqiyotini, 3) odam psixikasining yoshga qarab taraqqiy qilinishi nazarda tutiladi.
    Yuqorida ko‘rsatilganidek, psixika organiq hayotning taraqqiyoti jarayonida paydo bo‘lgan. Organiq materiyaning anorganiq materiyadan farq qiladigan xususiyatlaridan biri shuki, organiq materiya seskanuvchandir, ya’ni tashqaridan bo‘lgan ta’sirlarga seskanib javob beradi. Muhitning ta’siri bilan qo‘zg‘aladi. Masalan, bittagina hujayradan iborat bo‘lganamyoba tashqi ta’sirga javob berar ekan, shu ta’sirga qarab haraka tlanadi yoki undan qochadi.
    Organiq materiyaning bundan buyongi taraqqiyot bosqichlarida yangi xossa – sezuvchanlik, sezish xossasi paydo bo‘ladi, ya’ni organizmga ta’sir etadigan narsalarning xossalarini aks ettiruvchi sezish qobiliyati paydo bo‘lgan. Bu sezish xossasi nerv sistemasining kurtaklariga ega bo‘lgan hayvonlar vujudga kelgan vaqtda, balki undan ham ilgariroq eng boshlang‘ich shaklda paydo bo‘lgan A.N.Leontiv gipotezasiga ko‘ra, sezuvchanlik “... genetik jihatdan olib qaraganda muhitning organizmni boshqa ta’sirlar bilan bog‘lovchi, ya’ni organizmning muhitda orientirovka qilishga yordam beruvchi signallik vazifasini o‘tovchi ta’sirlarga seskanuvchanlikdan boshqa narsa emas”. A.N.Leontev seskanuvchanlikdan sezuvchanlikka o‘tish boshqacha hayot tarixi bilan bog‘liq deb ko‘rsatadi va yuksak tashkil topgan hayvonlarda sezuvchanlik taraqqi etadi, sezgi a’zolari tarkib topadi, dep ko‘rsatadi.
    Sezish qobiliyatining paydo bo‘lishi psixika taraqqiyotidagi dastlabki davrdir. Keyinchalik hayvonlar nerv sistemasining taraqqiysiga va jumladan sezgi organlarining taraqqiysiga qarab, tashqaridan bo‘ladigan ta’sirni aks ettirish, sezish qobiliyati o‘sib, tobora murakkablasha bordi.
    Nerv sistemasi sezgi organlarining taraqqiyoti, shu bilan birga hayvonlar psixikasining taraqqiyotiga, hayvonlarning hayot kechirish tarziga, shu hayvonlarning qaerda, qanday yashashiga, qanday oziqlanishiga, qanday ovqat topishiga, kimga qarshi kurashishiga va shu kabilarga bog‘liqdir.
    Psixikaning rivojlanishi xaqida gapirishdan oldin «rivojlanish» tushunchasiga ta’rif berish kerak. Rivojlanish bu harakatlanish, uzgarishdir. Rivojlanish ilgarilab boradigan oddiydan murakkabga, pastdan yukoriga qarab boradigan uzgarishlar. Bu inkirozga regrezga degradatsiyaga qarama-qarshi bo‘lgan jarayondir.
    Rivojlanish qonuni umumiy xarakterga egadir. Tabiat rivojlanadi, ishlab chikarish usullari kishilarning ijtimoiy hayot formalari rivojlanadi. Shuningdek psixika xam rivojlanadi. Psixika rivojlanishini, umumkan tirik organizmlar rivojlanishi kabi ikki planda o‘rganish mumkin: filogenez planida va ontogenez planida.
    Filogenez – organizmning oddiy shakllaridan tortib xozirgi zamon kishisiga kadar butun bir biologik rivojlanish jarayonida yuz bergan uzgarishlardir.
    Ontogenez – xar bir individumning hayoti davomida uning tugilishidan tortib to ulgunga kadar sodir bo‘lgan uzgarishlar yigindisidir.
    Xar bir kishining psixik rivojlanishi uning organizmi rivojlanishi bilan bog‘liqdir, albatta va uz yoshiga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Birok psixikaning rivojlanishida jamikiy materiya, jonsiz anorganiq materiyadan tortib, to materiyaning yuksak xamda murakkab formasi – inson miyasigacha moddiy olamning umumiy xususiyati bulmish aks ettirish xususiyatiga, ya’ni ta’sirlarga javob qaytarish kobiliyatiga egadir. Jonsiz tabiatda harakat jism yoki moddalarnining o‘zaro mexaniq, fizik yoki ximiyaviy munosabatlari tarzida namoyon bulishi mukin. Tirik materiyaga utishda materiya harakatining formalari xam sifat jixatidan uzgaradi. Tirik materiyaga aks ettirishning biologik formalari xosdir, tirik materiya tarakkiyotining ma’lum boskichida esa aks ettirishning sifat jixatidan yangi formasi bulmish psixika yuzaga keladi. Xozirgi davrda majud organizmlarda biz aks ettirishning uzoq evolyutsion tarakkiyot natijasida vujudga kelgan juda kup formalarini – seskanuvchanlikdan boshlab, to unining ancha yuksak formalari psixik hayotininig kurinishlari bumish sezgi, idrok, xotira, tafakkurlarni xam uchratamiz. Xamma tirik organizmlar, o‘simliklaridan tortib xayvonlargacha evolyutsiyaning barcha boskichlarida aks ettirishning biologik formasi bo‘lgan seskanuvchanlik xususiyatga egadirlar. Seskanuvchanlik tirik organizmlarning biologik axamiyatiga ega bo‘lgan (biotik) ta’sirlarga javob qaytarish kobilyatidir.
    Biotik faktorlarga maxsus harakatlar bilan reaksiya qilish o‘zlariga tropizm yoki taksislar deb ataladi. Tropizmlar xar xil bo‘ladi: fototropizm tirik organizmning yorug‘lik ta’sirida harakatga kelishidir; termotropizm tirik organizmning issiqlik ta’siri ostida harakat qilishga maylligidir; xemotropizm tirik organizmning ma’lum fizik-ximiyaviy muxitni tanlab olishga bo‘lgan maylligidir; topotropizm tirik organizmning mexaniq qo‘zg‘atuvchi ta’siri ostida harakat hiliga maylligidir vas hu kabilar. O‘simliklarda aks ettirishning biologik formasi faqatgina tropizmlarda iborat bo‘lib, ular o‘simliklarning o‘z-o‘zini boshqarishiga imkon beradi.
    Mustahkamlash uchun savollar
    1.Shaxsga ta’rif bering
    2. Shaxsni o’rganishga turlicha yondashuvlar qaysilar?
    3. Individ, shaxs, individuallik nima?
    4. Shaxs shakllanishining ijtimoiy shart-sharoitlari deganda nimani tushunasiz?
    Download 25,09 Kb.
    1   2




    Download 25,09 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2-mavzu. Inson psixikasining ontogenezda rivojlanishi Reja

    Download 25,09 Kb.