|
Aylanma mablag`lardan samarali foydalanish ko`rsatkichlari
|
bet | 3/5 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 49,89 Kb. | | #115669 |
Bog'liq 2 -маърузаKorxonanning aylanma mablag\'lari2.2. Aylanma mablag`lardan samarali foydalanish ko`rsatkichlari.
Aylanma mablag‘larning to‘liq aylanishi uch bosqichdan iborat bo‘lib, bu jarayonda maxsulot ishlab chiqariladi va sotiladi.
aylanma mablag‘lar pul shaklidan tovar zaxiralariga aylanadi (P - T);
ishlab chiqarish, ya’ni maxsulotni tayyorlash jarayoni ( T );
tovar sotiladi va yana pul shaklini oladi ( T - P) .
Aylanma mablag‘lar shakllanish manbaiga ko‘ra xususiy va qarz mablag‘larga bo‘linadi.
Xususiy aylanma mablag‘lar doimo korxona ixtiyorida bo‘lib, xususiy resurslar, foyda hisobiga shakllanadi (ish xaqi bo‘yicha qarzlar, ta’minotchilar yoki xamkorlar qarzlari, buyurtmachilar to‘lagan pullar). Bu mablag‘lar xususiy mablag‘larga tenglashtirilgan mablag‘lar yoki korxonaning barqaror passivlari deb ataladi.
Qarzga olingan aylanma mablag‘lar doimo xarakatda bo‘lmaydi xamda korxonaning maxsulotlarni sotishdagi qiyinchiliklar, moddiy-tovar boyliklar bilan ta’minlash, maxsulot ishlab chiqarishni oshirish, vaqtinchalik extiyojlarni qoplash uchun foydalaniladi (bank kreditlari, kreditorlik qarzlari).
2.1-rasm. Aylanma mablag‘lar tarkibi
2.3. Aylanma mablag‘larni me’yorlashtirish. Aylanishini tezlashtirish
Aylanma mablag‘lar me’yorlashtiriluvchi va me’yorlashtirilmaydigan turlarga bo‘linadi.
Me’yorlashtiriluvchi aylanma mablag‘lar- korxona omborlaridagi ishlab chiqarish zaxiralari (xomashyo, materiallar, yoqilg‘i), tugallanmagan ishlab chiqarish, kelgusi davr xarajatlari va tayyor maxsulotlar.
Me’yorlashtirilmaydigan aylanma mablag‘lar - xaridorga berib yuborilgan tayyor maxsulotlar, xisob raqamidagi pul mablag‘lari.
Aylanma mablag‘larni me’yorlashtirish korxonaning uzluksiz ishlashini ta’minlaydigan moddiy boylik va boshqa resurslarning minimal, lekin etarli zaxiralarini shakillantirish uchun zarur bo‘lgan pul mablag‘larini aniqlashda ifodalanadi. Aylanma mablag‘larning me’yoriyikuyidagi formula bilan xisoblanadi:
bu erda:
Nich.z - ishlab chiqarish zaxiralari;
Nt.ich - tugallanmagan ishlab chiqarish;
Nt.m - tayyor mahsulot;
Nk.d.x. – kelgusi davr xarajatlari.
Aylanma mablag‘larni me’yorlashtirish va ayniksa, moddiy resurslarni sarflash me’yorlarini belgilashda kuyidagi tamoyillarga amal qilish lozim:
" me’yorlarning progressivligi va dinamikligi;
" me’yorning iqtisodiy va ishlab chiqarish-texnikaviy jixatdan asoslanganligi;
" xomashyo, material, yoqilg‘i, elektr energiyasi va boshqa resurslar o‘lchamini to‘g‘ri tanlash;
" chikish va yo‘qotishlarning oldini olish;
" eskirgan me’yorlarni qayta ko‘rib chiqish xamda ularni fan-texnika taraqqiyoti yutuklariga mos xolga keltirish.
|
| |