tashkil topgan bo‘lib, uning zichligi 1,10—1,20 g/sm’,yumshash harorati 145—
215 "S. Asfaltitlar tarkibida yaxshi shimilish xossasiga ega bo‘lgan asfaltogen
kislota va angidritlar bo‘ladi.
Tabiiy bitum shimilgan qum va quchoq tuproqtar kir deb ataladi.
Ularning
tarkibidagi bitum miqdori tog‘ jinsining hajmiga nisbatan 10—25 foizni tashkil
etadi. Kir tarkibiga kiruvchi asfaltitlar taxminan 35 foiz moy, 35 foiz smola va 30
foiz asfaltenlardan iborat bo‘ladi.
Tabiiy suyuq bitumlar - maltalar sof holda bo‘lib, tog‘ jinslari, ko‘pincha
kirlar tarkibida uchraydi, maltalarning zichligi 0,96—1,03 g/sm3 bo‘lib, 55 foiz
moy, 30 foiz smola, 15 foiz asfaltendan iborat. Malta 76 foiz uglyerod, 10 foiz
vodorod, 10foiz kislorod, 1 foiz oltingugurt, 1 foiz azoz va 1
foiz boshqa
elementlardan tarkib topgan.
Mayda tog‘ jinslarini issiq suv yoki organik erituvchilar bilan yuvish
natijasida sof tabiiy bitum olinadi. Tabiiy bitum qizdirilganda asta-sekin
yumshaydi, sovutilganda esa qotadi. Suvda parchalanmaydi, benzol, xloroform,
skipidar va boshqa organik yerituvchilarda oson yeriydi. Tabiiy bitumlar uchun
maxsus shartlar yo‘q. Shuning uchun tabiiy bitumlar bitumlarga qo‘yilgan shartlarga
mos bo‘lishi kerak. Tog‘ jinslari tarkibining 10 foizdan ortig‘ini
tabiiy bitumlar
tashkil etgandagina, ishlab chiqarish iqtisodiy jihatdan samarali hisoblanadi. Tabiiy
bitumlar tannarxining yuqori bo‘lishi, ularning qurilishda ishlatilishini birmuncha
cheklaydi va ko‘proqbitumli laklar ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Tabiiy
bitumlar elektrotexnikada zanglamaydigan qoplamalar, asfalt laklar (asfalt
mastikalar) hamda boshqa shu turdagi materiallar ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.
Ular izolyasiya qilinadigan inshootlar yuzasiga va tosh materiallarga yaxshi
yopishadi. Buning sababi tabiiy bitumlar tarkibidagi kislorod va asfaltogenlar
miqdori neft bitumlariga nisbatan yuqori bo‘lganligidir.
Yo‘l qoplamasi uzoq vaqt foydalanishga yaroqpi bo‘lishi
uchun qurilish
materiali sifatida organik bog‘lovchilarga quyidagi talablar qo‘yiladi:
— turli harorat darajasi, havo kislorodi va suvning ta’sirida yo‘l qoplamasida
rivojlanadigan muhit tuzilishi va xossalarini ta’minlash uchun mineral materiallar
bilan birikishi;
— tosh materiallar bilan yaxshi yopishishi tufayli suvga chitsamli va mustahkam
qatlam hosil qilishi;
— yopishqoqlik xossasiga ko‘ra bitumlarni mineral materiallar bilan aralashtirish
davrida, uni yaxshi qamrab olish hisobiga ishlash davrida yuqori mustahkamlikka
ega bo‘lgan jips massa hosil qilishi;
— bitum uzoqvaqt edirilmasligi va uning xossalari yo‘l
konstruksiyasi qatlamlarida
o‘zgarmasligi kerak.
Yoz davrida qoplama tarkibidagi bitum qatlamining deformatsiyasi' kichik bo‘lishi
darkor, aks holda qatlamda to‘lqin ko‘rinishidagi deformatsiya vujudga keladi.
Qish davrida qoplama tarkibidagi bitum qatlami yuqori deformatsiyaga ega
bo‘lishi kerak, aks holda qoplamada yoriqlar paydo bo‘lishi mumkin.
Kuz va bahor savrida bitum qatlami nihoyagda mustahkam va deformatsiyaga
chidamli bo‘lishi lozim. Bu, ayniqsa, bahor paytida muhim ahamiyatga ega, chunki
qoplama ostidagi nam tuproq qatlamining yuk ko‘tarish qobiliyati pasayadi.
Bitum qatlami suvga chidamli bo‘lishi va tosh material donalari yuzasidan suv
ta’sirida yuvilmasligi zarur. aks holda yo‘l qoplamasi buziladi. Bitumning asosiy
xossalarini belgilovchi omillardan biri bitum qatlamining mustahkamligidir. Bitum
qatlamining mustahkamligiga uning qalinligi, tosh materiallarning turi,
harorat
darajasi, transport vositalaradan tushadigan yukning engil og‘irligi ta’sir qiladi.
Ishqoriy tog‘ jinslari (ohaktosh)dan tashkil topgan tosh materiallari yuzasidagi bitum
qatlamining mustahkamligi ba’zi tog‘ jinslari (granit)ga nisbatan yuqori bo‘ladi.
Yoz faslida yuqori harorat ta’sirida yo‘l qoplamasining buzilishiga olib
keladigan deformatsiyaning asosiy turi bu siljish deformatsiyasi bo‘lib, qish davrida
past haroratda egilish deformatsiyasi vujudga keladi. 50-60°S dan 160°S gacha
bo‘lgan haroratda bitum texnologik jihatdan, ishga moyil bo‘lib, mineral materiallar
bilan yaxshi aralashadi va yo‘l qoplamasi qorishmalarini yotqizish osonlashadi.
20°S dan 60°S gacha haroratda bitumning egiluvchanligi, yopishqoqligi hamda
mustahkamligi yuqori bo‘ladi. 20°S dan 35°S oralig‘i
esa bitumning ishlatilish
jarayoniga bog‘liq bo‘lib.
Uning egiluvchan va mo‘rtlik xossalari vujudga keladi. Yuqoridagi
mulohazalardan ko‘rinadiki, bitumning xossalari harorat ta’sirida o‘zgaradi.
Bitum tarkibida parafin bo‘lsa, harorat ortib borgan sari, issiqlik sig‘imining
bir tekis o‘zgarishi qonuniyati buziladi.
Issiqlik o‘tkazuvchanligi koeffitsienti a harorat jarayoni tezligini ifoda,laydi
va issiqlik o‘tkazuvchanlikka to‘g‘ri proporsional bo‘lib, nisbiy hajm, issiqlik
sig‘imi hamda zichlikka teskari proporsionaldir. Bu 1,5-10-7 m
2
/sek ga teng.
Bitumlarning barqarorligi uning tarkibidagi moy, smola, asfaltenlarning miqsori
bilan xaraktyerlanadi. Odatda bitumlarning guruh tarkibi vaqt o‘tishi
bilan
o‘zgaradi va moylar bug‘lanib,smola va asfaltenlar to‘planadi, natijada
smolalar asfaltenlarga aylanadi. Bitumning guruh tarkibi bilan tuzilishi
hisobiga uning yopishqoqligi, issiqqa bardoshligi oshadi, shu bilan bir
qatorda uning cho‘ziluvchanligi
va egiluvchanligi kamayib, bitum murt
bo‘lib qoladi.
Tarkibida smola kam bo‘lsa, bitum barqaror bo‘lmasligi mumkin.
Bitumning barqarorligini kapillyar - tomchi usuli bilan aniqlash mumkin.
Organik erituvchidagi bitum tomchi ko‘rinishidagi filtrlangan qog‘ozga
surtiladi va hosil bo‘lgan dog‘ (olienizis dog‘i) ning tarqalishiga qarab
bitumning barqarorligi aniqlanadi.
Nazorat savollari
1. Tabiiy suyuq bitumlarni tarkibi qanday?
2. Asfaltit deb nimaga aytiladi?
3. Bitum texnologik jihatdan necha
0
Sda ishga moyil bo‘ladi?
http://fayllar.org