|
Maktabgacha bo‘lgan yosh davri - 3 yoshdan 7 yoshgachaBog'liq \'текст лекции3.Maktabgacha bo‘lgan yosh davri - 3 yoshdan 7 yoshgacha.
4.Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar (bolalar) -7 yoshdan 11-12 yoshgacha.
5.O‘rta va kata maktab yoshidagi o‘quvchilar (o‘smirlar, ilk o‘spirinlar) - 12-17 yosh.
Maktabgacha yoshdagi bolaning jismoniy va psixik kamoloti shartli ravishda quyidagi davrlarga
bo‘linadi:
1. Go‘daklik (1 yoshgacha);
2. Ilk yosh (1-2 yosh);
3. Ilk yosh guruhi (2-3 yosh);
4. Kichik yosh (3-4 yosh);
5. O‘rta yosh (4-5 yosh);
6. Katta yosh (5-6 yosh);
7. Maktabga tayyorlov davri (7 yosh, majburiy ta’lim).
Kichik maktab yoshida o‘yin faoliyatining o‘rnini endi o‘qish faoliyati egallaydi. Bu juda qiyin
o‘tish davri bo‘lib, bolaning bo‘yi, og‘irligi jihatdan uning tashqi ko‘rinishi kam farq qiladi. Suyaklari
qotmagani tufayli tez shikastlanadi. Muskullari tez o‘sishi tufayli serharakat bo‘ladi. Bosh miyasi tez
rivojlanadi.
Jismoniy o‘sishiga xos bu xususiyatlar tarbiyachidan ehtiyotkorlikni talab etadi. Bu yoshda bola
bilim olish va o‘rganishga qiziquvchan bo‘ladi.
O‘rta va katta maktab yoshi (o‘smirlik, ilk o‘spirinlik 12-17 yosh). O‘smirlikning murakkabligi
anotomik-fiziologik va psixologik xususiyatdagi kuchli o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir. Bolaning o‘sishi
tezlashadi. Bu davrni o‘tish davri ham deyiladi. Bu davrda jinsiy etilish davri boshlanadi. Bu bolaning
fe’l-atvoriga ta’sir etadi. O‘smir hayotida mehnat, o‘yin, sport va jamoat ishlari katta rol o‘ynaydi.
Ba’zilarining o‘zlashtirishi pasayadi, intizomi bo‘shashadi.
Bu davr o‘spirinlarning ilk balog‘atga etgan davridir. Mazkur davrda jinsiy etilish tugaydi. Ularda
mustaqillik sezila boshlaydi. O‘spirin yoshlar hayotga kelajak nuqtai nazaridan qaray boshlaydilar.
Madaniy darajasini orttirishga intilish kuchaya boradi, his-tuyg‘ularida ham o‘zgarish yuz beradi. O‘z-
|
| |