|
talab etuvchi boshqa kishilar bilan kommunikatsiyani yo‘lga qo‘yishda o‘z ifodasini topadi. IjtimoiyBog'liq \'текст лекцииtalab etuvchi boshqa kishilar bilan kommunikatsiyani yo‘lga qo‘yishda o‘z ifodasini topadi. Ijtimoiy
kompetentlikning asosiy funktsiyalariga moslashuv, ijtimoiy orientatsiya, shaxs integratsiyasi va
umumijtimoiy tajribani kabilar kiradi.
Ijtimoiy tajriba o‘quvchilami ijtimoiylashtirishning integral natijaviy tavsifini o‘zida aks ettirib,
faoliyatga yo‘naltirilgan va aksiologik yondashuvlarga asoslanishni talab etadi.
Faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuv nuqtai nazaridan ijtimoiy tajriba o‘quvchining boshqa
kishilar, atrof-muhit bilan o‘zaro harakati natijasida yuzaga keluvchi ma’naviy-axloqiy qadriyatlar va
ustanovkalar yig‘indisini o‘zida aks ettiradi. Ana shu sababli shaxsda o‘z-o‘zini tashkillashtirish va o‘z-
o‘zini korrektsiyalash madaniyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan “o‘z-o‘zini boshqarish tajribasi”ni
ijtimoiy tajribaning komponenti sifatida qarash maqsadga muvofiqdir. O‘z-o‘zini boshqarish tajribasini
shakllantirishning asosiy ijtimoiy sohalari sifatida individni sub’yekt-sub’yekt munosabatlariga jalb
etish; sub’yektda tashabbuskorlikni shakllantirish; hayotiy faoliyat jarayonida o‘z-o‘zini tashkillashning
universal namunalarini qabul qilish kabilarni kiritish mumkin.
Aksiologik yondashuv nuqtai nazaridan shaxsda ijtimoiy tajribani shakllantirish ikkita o‘zaro
aloqador yo‘nalishda amalga oshadi. Birinchidan, inson hayotining mazmuni, shaxslararo munosabatda
ma’naviy-axloqiy me’yor va qoidalar sifatida individda qadriyatga yo‘naltirilgan orientatsiyani
shakllantirish, ikkinchi tomondan shaxsiy nuqtai nazardan yuqori mavqega ega o‘z-o‘zini boshqarishda
aks etuvchi o‘zaro birgalikdagi faoliyat jarayonidagi xatti-harakatlar, ijtimoiy va hayotiy ahamiyat kasb
etuvchi xulq-atvor me’yorlarini o‘zlashtirish bilan bog‘liqlikni o‘zida aks ettiradi.
|
| |