|
ijodiy masalalar xususiyatiga ega bo‘ladi. Nazariy material, tushuncha, qoida, isbotlar turli xilBog'liq \'текст лекцииijodiy masalalar xususiyatiga ega bo‘ladi. Nazariy material, tushuncha, qoida, isbotlar turli xil
mashqlarda takrorlanadi. O‘qituvchi o‘quvchilar to‘shiriqlarni tushunib bajarishlarini kuzatib borishi
kerak. Ular matnlarni mexanik ko‘chirib olishlari, topshiriqlarni bajarishlari, qoida va tushunchalarni
chuqur anglab yetmay bajarishlari mumkin. Bosqich yakunida o‘quvqhilar nazariy materiallarni
biladilar va ulardan mashqlarni bajarish, masalani yechish, teoremani isbotlashda foydalanishni
biladilar. Ularda o‘quv malakalari va ko‘nikmalari shakllantirilgan bo‘ladi.
To‘rtinchi bosqich - bilim, ko‘nikma va malakalarni amaliy faoliyatda qo‘llashdan iborat bo‘ladi.
Bilimlarini qo‘llash o‘rganilayotgan materialning mazmuniy xususiyatiga qarab, faoliyat turli shakllari
va ko‘rinishlarida amalga oshirilishi mumkin. Bu o‘quv mashqlari, laboratoriya ishlari, tadqiqot
topshiriqlari, maktab yer maydonidagi ishlar bo‘lishi mumkin. Bilimlarni egallab olish bosqichlari
sxematik ko‘rinishi quyidagichadir:
Bilimlarni egallash bosqichlari:
bilimlarini qo‘llash
mustahkamlash
anglab yetish
idrok etish
7.“Individ” va “shaxs” tushunchasi.
Dunyoga kelgan go‘dak ma’lum yoshga qadar individ hisoblanadi. “Individ” lotincha
“individium” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, “bo‘linmas”, “alohida”, "yagona" ma’nolarini
anglatadi. Individ biologik turga kiruvchi alohida tirik mavjudotdir.
Shaxsning shakllanishida harakat o‘ziga xos omil sanaladi. Go‘dak (chaqaloq) ham turli
harakatlarni qiladi. Biroq, bu harakatlar keyinchalik shartli reflekslar bo‘lib, ongli ravishda emas,
balki shartsiz va shartli qo‘zg‘otuvchilarga javob tarzida yuz beradi.
Go‘dakda nutqning hosil bo‘lishi, shuningdek, uning tomonidan tashkil etilayotgan
harakatlar ongli ravishda sodir bo‘la boshlanishi va albatta, ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi
ishtirokining ro‘y berishi shaxs shakllanishining dastlabki bosqichi hisoblanadi.
|
| |