• 1.Raqamli o’lchash vositalarini qiyoslashning o’ziga xos xususiyatlari.
  • KAO’ - analog o’zgartkich; ARO’ – analog-raqamli o’zgartkich; RQQ - raqamli qayd etish qurilmasi.
  • 2-mаvzu: Raqamli o’lchash vositalarini qiyoslashning o’ziga xos xususiyatlari; qiyoslаsh ishlarini avtomatlashtirish masalalari va bo’linmalarida qiyoslashni samarali tashkil qilish; ilmiy faoliyatda o’lchash vositalarini kalibrlash Rejа




    Download 53,13 Kb.
    bet1/3
    Sana24.08.2024
    Hajmi53,13 Kb.
    #269837
      1   2   3
    Bog'liq
    2-mаvzu Raqamli o’lchash vositalarini qiyoslashning o’ziga xos


    2-mаvzu: Raqamli o’lchash vositalarini qiyoslashning o’ziga xos xususiyatlari; qiyoslаsh ishlarini avtomatlashtirish masalalari va bo’linmalarida qiyoslashni samarali tashkil qilish; ilmiy faoliyatda o’lchash vositalarini kalibrlash


    Rejа:

    1. Raqamli o’lchash vositalarini qiyoslashning o’ziga xos xususiyatlari.

    2. Raqamli o’lchash vositalarini qiyoslash ishlarini olib boorish.



    1.Raqamli o’lchash vositalarini qiyoslashning o’ziga xos xususiyatlari.
    Raqamli o’lchash asbobi deb, o’lchash borasida uzluksiz o’lchanayotgan kattalikni natijasi raqamli qayd etish qurilmasida yoki raqamlarni yozib boruvchi qurilmada diskret tarzda o’zgartirilib, indikatsiyalanadigan asboblarga aytiladi. Raqamli o’lchash asboblari hozirgi kunda juda keng tarqalgan.
    Raqamli o’lchash asbobining funktsional chizmasi 1-rasmda keltirilgan.


    KAO’ - analog o’zgartkich; ARO’ – analog-raqamli o’zgartkich; RQQ - raqamli qayd etish qurilmasi.





    1-rasm. Raqamli o’lchash asbobining funktsional chizmasi

    “X” analog signali kirishdagi analog o’zgartkich KAO’ da keyingi o’zgartirish uchun qulay formaga o’zgartiriladi, so’ngra analog-raqamli o’zgartkich (ARO’) yordamida diskretlashtiriladi va kodlanadi. Vanihoyat, raqamli qayd etish qurilmasi RQQ o’lchanayotgan kattalik bo’yicha kodlangan ma’lumotni raqamli qaydnoma tarzida, operatorga qulay formada ko’rsatadi. Tavsiya etiladigan ma’lumotni qulayligi va aniqligi sababli raqamli o’lchash asboblari ilmiy-teshirish laboratoriyalaridan keng o’rin olgan.


    Raqamli o’lchash asboblari analog o’lchash asboblariga nisbatan quyidagi afzalliklarga egadir:

    • yuqori aniqlik;

    • keng ish diapazoni;

    • tezkorlik;

    • o’lchash natijalarini qulay tarzda tavsiya etilishi;

    • avtomatlashtirilgan tarmoqlarga ulash mumkinligi;

    • o’lchash jarayonini avtomatlashtirish imkoniyati mavjudligi va hokazolar.

    Lekin, har to’kisda bir ayb deganlaridek, raqamli o’lchash asboblarining ham muayyan kamchiliklari mavjud:

    • murakkabligi;

    • tannarxining balandligi;

    • nisbatan ishonchliligi pastroq.

    Lekin, integral sxemalarning tezkor rivoji natijasida yuqoridagi kamchiliklar tobora chekinib bormoqda.
    Raqamli o’lchash asbobining asosi bo’lib ARO’ hisoblanadi. Unda ma’lumot diskretlashtiriladi, so’ngra kvantlanib kodlanadi. Diskretlashtirish - bu muayyan (juda qisqa) diskret vaqt oralig’ida qaydnomalarni olishdir. Odatda, diskretlash qadamini doimiy qilishga harakat qilinadi. Kvantlash esa, X(t) kattaligining uzluksiz qiymatlarini Xn diskret qiymatlarning to’plami bilan almashtirish hisoblanadi. Kattalikning uzluksiz qiymatlari muayyan tartiblar asosida kvantlash darajalarining qiymatlari bilan almashtiriladi. Kodlashtirish esa, muayyan ketma-ketlikda ifodalangan sonli qiymatlarni tavsiya etishdan iborat.
    Diskretlashtirish va kvantlash raqamli o’lchash asbobining asosiy xatolik manbalari hisoblanadi. Bundan tashqari, kvantlash darajalarining soni ham o’ziga yarasha xatoliklar kiritadi.
    Suyuq kristalli indikatorlarning tezkor rivoji raqamli o’lchash asboblarining ixchamlashuviga, energiya sarfining kamayishiga zamin yaratmoqda.



    Download 53,13 Kb.
      1   2   3




    Download 53,13 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2-mаvzu: Raqamli o’lchash vositalarini qiyoslashning o’ziga xos xususiyatlari; qiyoslаsh ishlarini avtomatlashtirish masalalari va bo’linmalarida qiyoslashni samarali tashkil qilish; ilmiy faoliyatda o’lchash vositalarini kalibrlash Rejа

    Download 53,13 Kb.