Raqamli o’lchash asboblari tarkibida mikroprotsessorni qo’llash o’lchash
jarayonini soddalashtiradi, ularni qiyoslashni va kalibrlashni avtomatlashtiradi,
o’lchash natijalariga (axborotiga) statistik ishlov beradi va asboblarning metrologik
xarakteristikalarini yaxshilaydi.
3-rasmda raqamli
mikroprotsessorli voltmetrni sxemasi keltirilgan.
3-rasm. Raqamli mikroprotsessorli voltmetr sxemasi.
Raqamli mikroprotsessorli volbtmetrning kirish bloki masshtabli o’zgartkich
(MO’)dan iborat bo’lib, u bir yo’la o’zgaruvchan
(U
x
) kuchlanishni o’zgarmas
kuchlanishga o’zgartiradi. Keyin esa o’zgarmas tok kuchlanishi analog - raqamli
o’zgartkich (ARO’) ga beriladi va u yerda raqam shakliga keltiriladi. Hozirgi zamon
mikroprotsessorli asboblarda ARO’ larning ikki bosqichda integrallaydigan turlari
keng tarqalgan.
Kirish kuchlanishiga proportsional bo’lgan ma’lum ketma - ketlikdagi
impulbslar soni ARO’dan
mikroprotsessorning (MP) interfeysiga uzatiladi.
Masshtabli o’zgartkich (MO’) va mikroprotsessor (MP) lar o’zaro tokli impulbs
orqali bog’lanadi.
Mikroprotsessor integrallash jarayonini boshqaradi va raqamli axborotni
raqamli displeyga(RD) chiqarib beradi. Raqamli displey (RD) o’lchangan kattalikni
va unga tegishli matnli axborotni ham yozib chiqaradi.
Mikroprotsessorli volbtmetrlar ko’p dasturli asboblar hisoblanib, ular
yordamida o’lchangan kattaliklar ustida barcha
arifmetik va algebraik amallarni,
o’rtacha kvadratik chetlanish (og’ish), dispersiya, matematik kutilishlarni hisoblash
hamda xotirlash amallarini bajarish mumkin.
Hozirgi paytda Rossiya Federatsiyasida ishlab chiqariladigan SH 1531. SH
1612. V7-39, V7- 40 rusumli hamda Germaniyada ishlab chiqariladigan 7055, 7065
turdagi mikroprotsessorli voltmetrlar keng ko’lamda ishlatilmoqda.