2-mavzu. Raqamli o'lchash vositalarini qiyoslashning o'ziga xos xususiyatlari.
O'lchash usullari vositalarini to'g'ri tanlash va ulardan foydalana olish
Reja
1. Raqamli o'lchash vositalarini qiyoslashning o'ziga xos xususiyatlari;
2. Qiyoslash ishlarini avtomatlashtirish masalalari va bo'linmalarda qiyoslashni
samarali tashkil qilish; amaliy faoliyatda o'lchash vositalarini kalibrlash
3. O'lchash usullari vositalarini to'g'ri tanlash va ulardan foydalana olish;
4. Qiyoslashlararo intervalni asoslash va natijalarni rasmiylashtirish
Ma’ruzachi: Akhrorbek Ermatov
Raqamli o’lchash asbobi deb, o’lchash borasida uzluksiz o’lchanayotgan kattalikni
natijasi raqamli qayd etish qurilmasida yoki raqamlarni yozib boruvchi qurilmada
diskret tarzda o’zgartirilib, indikatsiyalanadigan asboblarga aytiladi. Raqamli
o’lchash asboblari hozirgi kunda juda keng tarqalgan.
Raqamli o’lchash asbobining funktsional chizmasi 1-rasmda keltirilgan.
KAO’ - analog o’zgartkich; ARO’ - analog-raqamli o’zgartkich; RQQ -
raqamli qayd etish qurilmasi.
1-rasm. Raqamli o’lchash asbobining funktsional chizmasi
“X” analog signali kirishdagi analog o’zgartkich KAO’ da keyingi
o’zgartirish uchun qulay formaga o’zgartiriladi, so’ngra analog-raqamli o’zgartkich
(ARO’) yordamida diskretlashtiriladi va kodlanadi. Va nihoyat, raqamli qayd etish
qurilmasi RQQ o’lchanayotgan kattalik bo’yicha kodlangan ma’lumotni
raqamli
qaydnoma tarzida, operatorga qulay formada ko’rsatadi. Tavsiya etiladigan
ma’lumotni qulayligi va aniqligi sababli raqamli o’lchash asboblari ilmiy-teshirish
laboratoriyalaridan keng o’rin olgan.
Raqamli o’lchash asboblari analog o’lchash asboblariga nisbatan quyidagi
afzalliklarga egadir:
yuqori aniqlik;
keng ish diapazoni;
tezkorlik;
o’lchash natijalarini qulay tarzda
tavsiya etilishi;
avtomatlashtirilgan tarmoqlarga ulash mumkinligi;
o’lchash jarayonini avtomatlashtirish imkoniyati mavjudligi va hokazolar.
Lekin, har to’kisda bir ayb deganlaridek, raqamli o’lchash
asboblarining ham
muayyan kamchiliklari mavjud:
murakkabligi;
tannarxining balandligi;
nisbatan ishonchliligi pastroq.
Lekin, integral sxemalarning tezkor rivoji natijasida
yuqoridagi kamchiliklar
tobora chekinib bormoqda.
Raqamli o’lchash asbobining asosi bo’lib ARO’ hisoblanadi. Unda ma’lumot
diskretlashtiriladi, so’ngra kvantlanib kodlanadi. Diskretlashtirish - bu muayyan
(juda qisqa) diskret vaqt oralig’ida qaydnomalarni olishdir. Odatda, diskretlash
qadamini doimiy qilishga harakat qilinadi. Kvantlash esa, X(t) kattaligining uzluksiz
qiymatlarini X
n
diskret qiymatlarning to’plami bilan almashtirish hisoblanadi.
Kattalikning uzluksiz
qiymatlari muayyan tartiblar
asosida
kvantlash
darajalarining qiymatlari bilan almashtiriladi.
Kodlashtirish esa, muayyan ketma-
ketlikda ifodalangan sonli qiymatlarni tavsiya etishdan iborat.
Diskretlashtirish va kvantlash raqamli
o’lchash asbobining asosiy
xatolik
manbalari hisoblanadi. Bundan tashqari, kvantlash darajalarining soni ham o’ziga
yarasha xatoliklar kiritadi.
Suyuq kristalli indikatorlarning tezkor rivoji raqamli o’lchash asboblarining
ixchamlashuviga, energiya sarfining kamayishiga zamin yaratmoqda.