• 2.1-sxema. Milliy iqtisodiyotning tarmoqlarga bo`linishi
  • Ijtimoiy mehnat taqsimoti va sanoat tarmog`ining shakllanishi




    Download 42,31 Kb.
    bet3/4
    Sana13.02.2024
    Hajmi42,31 Kb.
    #156020
    1   2   3   4
    Bog'liq
    2-mavzu. Sanoat – milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmog`i reja

    3. Ijtimoiy mehnat taqsimoti va sanoat tarmog`ining shakllanishi
    Ijtimoiy mehnat taqsimoti ma`lum buyum va mahsulotlari shlab chiqarish hajmining o`sishi va fan-texnika taraqqiyoti natijasidir. Ishlab chiqarish ko`lamining kengayishi esa ixtisoslashgan ishlab chiqarishning kontsentratsiyala­shuvi va kichiklashuvi, yangi sanoat tarmoqlarining tashkil topishi va ilgari bunyod etilganlarni takomillashtirishni taqozo etadi.
    Ijtimoiy mehnat taqsimotining mohiyati va ahamiyati to`g`risida so`z borganda, shuni aytish kerakki, u tufayli xo`jalik rivojlanishi natijasida sanoatning ayrim va mustaqil tarmoqlari ko`payadi, bu rivojlanish tendentsiyasi har bir ayrim mahsulotni chiqarishnigina emas, hatto mahsulotning har bir ayrim qismini ishlab chiqarishni ham va faqat mahsulot ishlab chiqarishnigina emas, hatto mahsulotni iste`mol qilishga tayyorlashdagi ayrim ishlarni ham sanoatning alohida tarmog`iga aylantirishdan iborat.
    Ijtimoiy mehnat taqsimoti uch shaklda: umumiy, xususiy va ayrim, birlamchi shaklda ro`y beradi. Xalq xo`jaligining yirik sohalari, ya`ni sanoat, qishloq xo`jaligi, qurilish, transport va aloqaning vujudga kelishi umumiy mehnat taqsimotining mahsulidir. Bu tarmoqlarning har birida sohalarning mustaqil ravishda ajralib chiqishi xususiy mehnat taqsimoti natijasidir. Birlamchi mehnat taqsimoti esa ishlab chiqarishni korxona ichida – sexlar, uchastkalar va yangi ish joylarni tashkil etish bilan bog`liqdir. Bunday turkumlarga ajratish va uning maxsulini 2.1-sxemadan ko`rish mumkin.


    2.1-sxema. Milliy iqtisodiyotning tarmoqlarga bo`linishi

    Xususiy va ayrim hollarda birlamchi mehnat taqsimotining ta`siri bilan O`zbekiston sanoatida ham tarmoqlar va ishlab chiqarishlar soni uzluksiz ko`payib bormoqda. U yoki bu ishlab chiqarish faqat ma`lum texnik – iqtisodiy asos (zamin) yaratilgandagina alohida sanoat tarmog`iga aylanishi mumkin. Buning uchun eng avvalo bir necha turdosh korxonalar bo`lishi lozim.


    Ular aniq mustaqil sanoat tarmog`iga birlashtirish imkoniyatini beradigan ma`lum belgiga ega bo`lishi kerak.
    Sanoat tarmog`i ishlab chiqarish uyushmalari, kombinatlari va korxona (firma)lari yig`indisidir. Tarmoq hosil etish uchun korxonalar bir necha umumiy xususiyatlarga ega bo`lishlari kerak:

    • ishlab chiqariladigan mahsulot iqtisodiy mazmunining bir xilligi;

    • ishlatiladigan xomashyo va asosiy materiallarning o`xshashligi;

    • ishlab chiqarishning texnik bazasi va texnologik jarayonlarining umumiyligi;

    • ma`lum kasbdagi kadrlar tarkibining umumiyligi;

    • ijtimoiy mehnatni tashkil etish darajasi va shakllarining bir biriga o`xshashligi va hokazolar.

    Sanoat tarmoqlarini guruhlashda asosiy e`tibor tayyorlanadigan mahsulotning iqtisodiy mazmuniga qaratiladi. Mahsulotning iqtisodiy jihatdan bir maqsadga javob berishi belgisiga qarab sanoat ikki yirik guruhga bo`linadi: ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqaruvchi («A» guruh), iste`mol buyumlari ishlab chiqaruvchi («B» guruh) turlarga bo`linadi.
    Ma`lumki, deyarli barcha sanoat tarmoqlarida ham ishlab chiqarish vositalari, hami ste`mol buyumlari sifatida foydalanish mumkin bo`lgan mahsulotlar tayyorlanadi. Shu sababli rejalashtirish va hisob-kitob yuritishda ba`zi bir sanoat tarmoqlari «A» yoki «B» guruhga kiritilishi mumkin.
    Mehnat vositalarning mehnat buyumlariga ta`sir ko`rsatishiga qarab sanoat qazib oluvchi va ishlov beruvchi tarmoqlarga bo`linadi. Sanoatning bunday ikki qismga bo`linishi ishlab chiqarish aloqalarini ko`rsatishga, material va yoqilg`i-energetika resurslarini, ishlab chiqaruvchi va iste`mol qiluvchi tarmoqlar o`rtasidagi nisbatlarni asoslab berishga imkon yaratib beradi.
    Hozirgi paytda Statistika davlat qo`mitasi tasnifsiga ko`ra, barcha sanoat tarmoqlari 18 kompleks tarmoqqa birlashtirilgan (2.1-jadval).

    Download 42,31 Kb.
    1   2   3   4




    Download 42,31 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ijtimoiy mehnat taqsimoti va sanoat tarmog`ining shakllanishi

    Download 42,31 Kb.