• Ma’lumotlar uzatish tarmoqlariga va xizmatlariga qo‘yiladigan talablar
  • 2-mavzu. Tarmoqni dasturlashda ko‘poqimlilik va funksiyalarni paralellashtirish Reja




    Download 108,22 Kb.
    bet4/5
    Sana17.01.2024
    Hajmi108,22 Kb.
    #139644
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    2

    Tarmoqning dasturiy ta’minoti
    Tarmoqning imkoniyati uning foydalanuvchiga ko‘rsatadigan xizmati bilan o‘lchanadi. Tarmoqning har bir xizmat turi hamda unga kirish uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqiladi. Tarmoqda ishlash uchun belgilangan dastur bir vaqtda ko‘plab foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lishi kerak. Hozirda shunday dasturiy ta’minot tuzishning ikki xil asosiy tamoyili joriy etilgan.
    Birinchi tamoyilda tarmoqning dasturlashtirilgan ta’minoti ko‘pgina foydalanuvchilarga hamma kirishi mumkin bo‘lgan bosh kompyuter resurslarini taqdim etishga mo‘ljallangan. U fayl-server deb yuritiladi. Bosh kompyuterning asosiy resursi fayllar bo‘lgani uchun u shu nomni olgan. Bu dasturli modullar yoki ma’lumotlarga ega fayllar bo‘lishi mumkin. Fayl-server - bu serverning eng umumiy turi. Shunisi qiziqki, fayl-serverini disk hajmi odatdagi kompyuterdagidan ko‘p bo‘lishi kerak, chunki undan ko‘pgina kompyuterlarda foydalaniladi.
    Ma’lumotlar uzatish tarmoqlariga va xizmatlariga qo‘yiladigan talablar
    Aholining yangi turdagi xizmatlarga bo‘lgan talabining ortib borishi asosida ma’lumotlarni uzatuvchi zamonaviy yuqori tezlikli telekommunikatsiya tizimlarini takomillashtirish talab etiladi.
    Quyidagilarga asosan aloqa tizimlari va tarmoqlariga nisbatan bo‘lgan talab doimiy ravishda ortib boradi:

    • foydalanuvchilar sonining ortishi;

    • foydalanuvchilarni qiziqtirgan xizmat turlari sonining ortishi;

    • xizmat ko‘rsatish sifatiga bo‘lgan talabning ortishi (qabul qilinadigan axborotlarning ishonchliligini, yetkazilish vaqti va maxfiyligiga bo‘lgan talab asosiy hisoblanadi).

    Shu bilan bir qatorda ma’lumotlarni uzatuvchi yuqori tezlikli tizimlarga qo‘yiladigan talablar quyidagilardan iborat:

    • uzatilayotgan axborotning to‘g‘rililigi, aniqligi;

    • tezlik;

    • ishonchlilik;

    • axborot xavfsizligi.

    Uzatish tizimlariga bo‘lgan asosiy talab – yuqori aniqlikdir. Xalqaro Elektraloqa Ittifoqi (XEAI) (MSE-T) tomonidan o‘rnatilgan me’yorga asosan, bitta belgini uzatishdagi xatolik extimolligi:

    • ma’lumotlarni uzatish uchun - 10-6;

    • telegraf aloqasi uchun 3 · 10-5 dan oshmasligi lozim.

    Lekin o‘tkazgichli uzatish tizimlaridagi TCh kanallarda va real telegraf kanallarida bu ko‘rsatkich o‘rtacha 10-3 – 10-4 ni, radiokanallarda esa yanada ko‘proq bo‘lgan 10-3 – 10-2 qiymatni tashkil etadi. Shuning uchun uzatish aniqliligini 2 – 3 marotaba oshirish zaruriyati tug‘iladi.

    Download 108,22 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 108,22 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2-mavzu. Tarmoqni dasturlashda ko‘poqimlilik va funksiyalarni paralellashtirish Reja

    Download 108,22 Kb.