|
2-mavzu. Tarmoqni dasturlashda ko‘poqimlilik va funksiyalarni paralellashtirish Reja
|
bet | 3/5 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 108,22 Kb. | | #139644 |
Bog'liq 2 Ajratilgan server va Protokol
Xar xil kompyuterlar va turli dasturlar tarmoq aloqasi jarayonida bir- birlarini tushunish uchun maxsus texnik qoidalar qo‘llaniladi. Tarmoq soxasida bunday qoidalar to‘plami protokol (bayonnoma) deb ataladi. Xozirgi kunda eng ko‘p qo‘llanilayotgan protokol – TCP/IP dir. Bu protokol funksiyasini oddiy pochta xizmatiga o‘xshatsa bo‘ladi. Agar siz xatni jo‘natmoqchi bo‘lsangiz, uni konvertga joylashtirasiz, konvert ustiga jo‘natuvchi va qabul qiluvchi manzillarni yozasiz va keyin pochta qutisiga tashlaysiz. Xatingiz qanday qilib manzilga yetadi, qaysi pochta bo‘limlarida bo‘ladi, qaysi pochtachi olib boradi sizga farqsiz. Asosiysi xat tez va butun yetib borishi. Xuddi shunday TCP/IP protokoli tarmoqda ishlaydi. Jo‘natiladigan ma’lumot paketga joylashtiriladi va paketga jo‘natuvchi va qabul qiluvchi kompyuter manzillari yoziladi va tarmoqqa uzatiladi. Shunday qilib tarmoqning bitta marshrutizatoridan (yo‘l ko‘rsatadigan maxsus qurilma yoki kompyuter) manzilga qarab eng qisqa yo‘llarini tanlab, keyingi marshrutizatorga uzatilib, paket kerakli manzilga etkaziladi. Faqat oddiy pochtadan farqi ma’lumotni etkazish vaqti kunlar bilan emas, soniyalar bilan o‘lchanadi.
Tarmoqning uzatish yo‘llari tiqilib qolmasligi uchun TCP protokoli katta xajmli ma’lumotlarni kichik qismlarga bo‘lib, aloxida paketlarda uzatadi. Xar bir paket internetda IP protokol xizmati yordamida aloxida sayoxat qiladi. Paketlar manzilga etgach, TCP protokoli bo‘lingan ma’lumotni yig‘adi va boshlang‘ich xolatiga keltiradi. Agar qandaydir paket manzilga etib kelmasa, TCP protokol uni takroran jo‘natishni talab etadi, toki ma’lumot butun etib kelmagungacha. Shuning uchun TCP/IP ishonchli protokol deb aytiladi.
Aslida, TCP/IP – bu protokollar oilasi xisoblanadi. Uning ichida bir necha boshqa protokollar xam mavjud:
* UDP (User datagram protocol) – TCP protokoliga o‘xshash, lekin ishonchsiz (paket etib borganini e’tiborga olmasdan ishlaydi). Bu protokol baland tezlikda ishlaydigan jarayonlarda, masalan, videokonferensialarda va tarmoqning maxsus xizmatlari uchun qo‘llaniladi.
* FTP (File Transfer protocol – bu fayllarni tarmoqda uzatish protokoli. Kompyuterdan kompyuterga fayllarni uzatish imkoniyatini yaratadi va o‘zining ishida TCP protokoliga tayanadi.
* SMTP (Simple Mail Transfer Protocol) – elektron pochtaning uzatish sodda protokoli. Tarmoqning ikkita ixtiyoriy nuqtasi orasida pochta jo‘natuvini ta’minlaydi.
* Telnet – masofadagi kompyuterlarda xar xil amallarning bajarilishini ta’minlaydi. Bu xolatda foydalanuvchining kompyuteri terminal (ma’lumot jo‘natuvchi) rolini o‘ynaydi. Siz buyruqlarni kiritasiz, ular masofadagi kompyuterda bajariladi va sizning ekraningizda ularning natijasi namoyon bo‘ladi.
* HTTP (Hyper Text Transfer Protokol) – gipermatnni uzatish protokoli. WWW – texnologiyasi asosida ishlaydi.
Bundan tashqari, ko‘plab, boshqa protokollar xam mavjud, lekin ular bilan foydalanuvchilar kamroq uchrashishadi. Kerak bo‘lsa maxsus adabiyotlardan ular xaqida ma’lumot olish mumkin.
|
| |