2-mavzu: texnik vositalar va ularning rivojlanib borish tendensiyalari. Reja




Download 22,36 Kb.
bet6/7
Sana12.12.2023
Hajmi22,36 Kb.
#116482
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-mavzu texnik vositalar va ularning rivojlanib borish tendensi-hozir.org (1)

MIKROPROTSESSOR
Mikroprotsessor kompyuterning amal bajaradigan qismi bo’lib, u ma’lumotlarni berilgan dastur asosida qayta ishlaydi.

Mikroprotsessor 140 tacha arifmetik va mantiqiy amalllarni bajaradi.


IBM rusumli kompyuterlarda Intel tipidagi mikroprotsessorlar ishlatiladi. Bu firma o’z faoliyati davomida Intel-8080, 80286, 80386, 80486, Pentium Pro mikroprotsessorlari ishlab chiqargan bo’lib, hozirda faqat zamon talablariga javob beradigan Pentium-3, Pentium-4 protsessorlarinigina bozorga chiqarmoqda. Shuni aytish joizki, bu protsessorlar faqat Intel firmasida ishlab chiqarilishi shart emas. Uning litsenziyasi asosida bunday protsessorlar ishchi kuchi arzon bo’lgan Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlarida ko’plab ishlab chiqarilmoqda. Bundan tashqari IBM kompyuterlariga moslik shartini bajaradigan boshqa firmalar: AMD, Cyrix, Celeron va boshqa firmalar ishlab chiqargan mikroprotsessorlar ham keng q’ollaniladi. Ammo boshqa firmalar ishlab chiqargan mikroprotsessorlar Intel protsessorlardan, umuman aytganda, kuchsizroq hisoblanadi. Hozirda MMX protsessorli kompyuterlar keng qo’llaniladi. protsessorlarening tezligi megagerslar sekundlarda o’lchanadi.


XOTIRA
Xotira kompyuterda dasturlar va berilganlarni, amal natijalarini saqlaydigan qurilma. Xotiraning turlari ko’p: tezkor xotira, tashqi xotira, kesh xotira, video xotira va boshqalar.

Tezkor xotira kompyuterning muhim qismi bo’lib, protsessor undan amallarni bajarish uchun dastur, berilganlarni oladi va amalni bajarib yana uni saqlaydi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, kompyuterlar o’chirilsa, tezkor xotirada saqlanayotgan dasturlar va berilganlar yo’q bo’lib ketadi. Shuning uchun ularni qattiq diskda yoki disketlarda saqlab olish kerak. Kompyuter ishlab turganda elektr tokini ogohlantirmasdan o’chirish, umuman aytganda, katta zarar keltirishi mumkin. Barcha turdagi xotiralar uchun muhim tushuncha uning hajmidir. Kompyuterlarda ma’lumot birligining eng kichik o’lchov birligi bayt qabul qilingan bo’lib, 1 bayt 8 bit(ikkili raqam)ga teng. O’z navbatida bayt bir belgini tasvirlaydi. Familiyangizni kompyuterga kiritish uchun familiyangizda nechta harf bo’lsa, u xotirada shuncha bayt joyni egallaydi. Xotira hajmi birligi sifatida kilobayt qabul qilingan va Kb bilan belgilanadi. O’z navbatida 1 kilobayt 1000 baytga teng. 1024 kilobayt esa 1 Mbaytga teng. Xotiraning katta-kichikligiga qarab u yoki bu dasturlar majmuini ishlata olish mumkin. Misol uchun 1 Mbayt xotiraga ega kompyuterlarda faqat DOS sistemasida ishlash mumkin bo’lsa, 4 Mbaytli kompyuterlarda imkoniyatlari ko’proq bo’lgan dasturlarni, hususan WINDOWS 3.1, 3.11 dasturlarini ishlatish mumkin. WINDOWS 95 to’laqonli ishlashi uchun 16 Mbayt xotira va kamida 486 protsessorli kompyuter, WINDOWS 98,2000 operatsiyon sistemasida ishlash uchun, FOTO SHOP, Corel Draw va boshqa hozirgi zamon dasturlarini ishlatish uchun kamida 32 Mbayt xotirali va PENTIUM-2, 3 protsessorli kompyuterlar lozimdir. Bu ko’rsatkichlar yangi protsessorlar va dastur mahsulotlarining paydo bo’lishi bilan yil sayin oshib boradi.


Doimiy xotira. Kompyuterlarda berilganlar unga avvaldan joylashtirilgan doimiy xotira mavjud. Bunday xotiradan faqat o’qish mumkin. Shuning uchun ham u ROM deb ataladi. IBM PC kompyuterlarda bu xotira kompyuter jihozlarini ishlashini tekshirish, o’eratsiyon sistemaning boshlang’ich yuklanishini ta’minlash, qurilmalarga xizmat ko’rsatishning asosiy funksiyalarini bajarish uchun ishlatiladi.
Kesh xotira. Kesh xotira kompyuterning ishlash tezligini oshirish uchun ishlatiladi. U tezkor xotira va mikroprotsessor orasida joylshgan bo’lib, uning yordamida amallar bajarish tezkor xotira orqali bajariladigan amallardan ancha tez bajariladi. Shuning uchun kompyuter xotirasining ko’proq ishlatiladigan qismi nusxasini kesh xotirada saqlab turadi. Mikroprotsessorning xotiraga morojaatida, avvalo kerakli dastur va berilganlar xotirada qidiriladi. Berilganlarni kesh xotirada qidirish vaqti tezkor tezkor xotiradagiga nisbatan ancha kam bo’lgani uchun kesh xotira bilan ishlash vaqti ancha kam bo’ladi. PENTIUM-2,3 kompyuterlarda kesh xotira hajmi 512 K ni tashkil etadi.
Videoxotira. Videoxotira monitor ekranida video ma’lumotlarni saqlab turish uchun ishlatiladi. Shuni aytish lozimki, videotasvirlar(ayniqsa rangli) kompyuter xotirasida ko’p joy egallaydi. Shuning video xotira hajmi ancha katta bo’lsa, shuncha yaxshi albatta. Videoxotiraning 1 Mbaytdan kam bo’lmagani yaxshi.


SHINA
Kompyuterda har bir qurilmaning ishini boshqaruvchi elektron sxemalar mavjud bo’lib, ular adapterlar deb ataladi. Barcha adapterlar protsessor va xotira orqali berilganlarni ayirboshlovchi magstral yo’l deb ataluvchi shinalar orqali bog’langan bo’ladi. Shunday qilib, oddiy so’z bilan aytsak, shinalar turli qurilmalarni bog’lovchi maxsus simlardir. Kompyuterda bir qancha shinalar bo’lishi mumkin. Kompyuterlarning elektron sxemasi elektron plata deb ataluvchi modullardan iborat. Uning modul tuzilishiga ega bo’lishi kompyuterlar remontini oson bajarish, uni foydalanuvchi ehtiyojiga qarab yig’ish va o’zgartirish imkoniyatini beradi.


Download 22,36 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 22,36 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2-mavzu: texnik vositalar va ularning rivojlanib borish tendensiyalari. Reja

Download 22,36 Kb.