Avtomobilning umumiy tuzilishi




Download 0.72 Mb.
bet2/3
Sana03.02.2021
Hajmi0.72 Mb.
#13115
1   2   3
4. Avtomobilning umumiy tuzilishi.

Avtomobil uchta asosiy qismlardan tuzilgan bo’lib, ular dvigatel, shassi va kuzov kabinalardir.



Dvigatel avtomobilni harakatga keltiruvchi mexanik energiya manbaidir.



Avtomobil shassisi dvigatelning tirsakli validagi burovchi momentni yetakchi g’ildiraklarga uzatish avtomobilni harakatlantirish va boshqarishga mo’ljallangan mexanizmlardan tuzilgan.

Mexanizmlardan tuzilgan ilashish muftasi, zatmalar qutisi, kardanli uzatma, asosiy uzatma differentsial va yarim o’qlar. Asosiy uzatma differentsial va yarim o’qlar keyingi yetakchi ko’prik, g’ilofiga joylashgan. vtomobilning yurish qismi rama, oldi va keyingi ko’prikda, prujinalar hamda g’ildiraklardan tuzilgan.

Avtomobilni boshqarish mexanizmlari xaydovchi avtomobilni belgilangan yo’nalishda harakatlantirish uchun zarur bo’lgan rul boshqarmasi va tormoz boshqarmalardan tuzilgan. Avtomobil kuzovi yuklar va yo’lovchilarni tartib bilan joylashtirish uchun xizmat qiladi. Kabina xaydovchini tashqi muhitdan ajratish va muxofaza qilish xaydovchiga qulay sharoit yaratish avtomobilni boshqarish richaglari, pedallari nazorat va o’lchash asboblarini joylashtirish xamda ogoxlantiruvchi chiroqlarini joylashtirish uchun xizmat qiladi.

Rul boshqarmasi avtomobilning harakat yo’nalishini o’zgartirish uchun xizmat qiladi.

Tormoz boshqarmasi avtomobilni harakat tezligini sekinlashtirish va avtomobilni to’xtatish uchun xizmat qiladi.

Oldingi ko’prik avtomobilning rol boshqarmasi qismlarini osmalar va yetaklovchi g’ildiraklarni o’rnatish uchun xizmat qiladi. Orqa ko’prik asosiy uzatma differentsial yarim o’qlar osmalar va yetakchi g’ildiraklarning rnatish uchun xizmat qiladi.

Avtomobilning yurish qismi - avtomobilni ilgarilama harakatlanishini ta’minlaydigan aravadan tashkil topgan bo’lib, uning asosi bo’lib rama (19) yoki kuzov xizmat qiladi. Ramaga old va ketingi ko’priklar, osmalar hamda g’ildiraklar o’rnatilgan.



Download 0.72 Mb.
1   2   3




Download 0.72 Mb.