|
Transmissiya. Ilashish muftasi
|
bet | 1/6 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 1,2 Mb. | | #254994 |
Bog'liq 11-ma\'ruza
Transmissiya. Ilashish muftasi.
1. Transmissiyaning vazifasi va turlari.
2. Transmissiyaning tuzilishi va ishlashi.
3. Ilashish muftasining vazifasi, turlari va asosiy qismlari (friktsion, gidravlik, elektromagnitli).
4. Friktsion ilashish muftasining konstruktsiyasi va uning ishlashi
5. Ilashish muftasi yuritmalari.
6. Ilashish muftasi yuritmasining kuchaytirgichlari.
1. Transmissiyaning vazifasi va turlari.
Avtomobil yo’lda harakatlanganda unga ta’sir etuvchi qarshilik kuchlari har doim uzluksiz va ixtiyoriy ravishda o’zgarib turadi.
Kuchlarning o’zgarishi avtomobilning tezligi, tezlanishi va yuklanishiga bog’liq bo’ladi. Qarshilik kuchlarini yengib harakatlanishi uchun dvigiteldan kelayotgan burovchi momentni o’zgartirib turish lozim bo’ladi. Bu vazifani bajarish uchun avtomobillarda kuch uzatish qo’llaniladi. Demak, kuch uzatmasi dvigiteldagi burovchi momentni bir-necha mexanizm va qurilmalar yordamida uning qiymatini va yo’nalishini o’zagartirib avtomobilning yetakchi g’ildiraklariga uzatish uchun xizmat qiladi. Kuch uzatma divigateldan olinayotgan burovchi momentni yetakchi g’ildiraklarga uzatish bo’yicha mexaniq, gidrohajmli, aralashgan (gidrotexaniq, elektromexaniq) turlarga bo’linadi.
Zamonaviy avtomobillarda asosan mexanik kuch uzatish qo’llanadi.
Kuch uzatma bir-biri bilan bog’langan ya’ni ulashshish muftasi, uzatmalar qutisi, kardanli uzatma, asosiy uzatma va yarim o’qlarda tuzilgan. Dvigitelning o’rnatilishi yetakchi g’ildirakning soni va joylashishiga qarab kuch uzatma turli konstruksiyaga ega bo’lishi mumkin Uzatmaning avtomobillarga tarqatilish qutisi ham bo’lib, u burovchi momentni yetakchi ko’priklarga taqsimlanadi.
2. Transmissiyaning tuzilishi va ishlashi.
Avtomobil normal yo’l sharoitida harakatlanishga mo’ljanlangan bo’lsa dvigatel oldinda va yetakchi ko’prik ketinga bo’lsa burovchi moment dvigatel 1 dan ilashgini muftasi 2 orqali uzatmalar qutisi 3 ga o’tadi. Uzatmalar qutisida burovchi momentning kattaligi yo’l sharoitiga qarab o’zgartiladi. Keyinchalik kardanli uzatma 4 yordamida ketindi yetakchi ko’prik 5 ning ichida joylashgan asosiy uzatma yordamida uzatilgan burovchi momentni yo’nalishini 900 ga o’zgartirib va burovchi momentning yanada ko’paytirgan holda differentsial mexanizm hamda yarim o’qlar orqali yetakchi g’ildirakga o’tkazib beriladi (9.1-rasm).
Bunday avtomobillar kuch uzatmaning g’ildiraklar belgisi 4x2 bo’lib, to’rtta g’ildirakdan ikkitasi yetakchi ekanligini bildiradi. Bu turdagi avtomobil nusxalari: VAZ 2101, VAZ 2106, “Jiguli”, GAZ-24 “Volga” GAZ-53A, ZIL-130, DAMAS, PAZ va KAVZ avtobuslari 9.1 chizmaning b ko’rinishida ZAZ 968 yengil avtomobili va Ikarus avtobuslarining kuch uzatmasi tavsivlanib, bunda dvigatel 1 bilan bir blokda joylashgan ilshish muftasi 2, uzatmalar qutisi 3, yetakchi ko’prik 5 ning ichida joylashgan asosiy uzatma, differentsial mexanizmi va yarim o’qlar ko’rsatilgan.
9.1-rasm - Avtomobillarning kuch uzatmasi (transmissiya) turlari.
a, b, v, g-mexanik, d-gidrohajmli va elektrik.
10.1 chizmaning v ko’rinishida VAZ 2108, 2109 “Jiguli” Moskvich 2141, Tiko, Neksiya rusumli avtomobillarning kuch uzatmasi tavsiflangan, bunda dvigatel oldingi yetakchi ko’prik ustida ko’ndalang o’rnatilib, u kuch uzatma bilan bir butun qilib yig’ilgan. Yarim o’qlar o’rniga burchak tezliklari bir xil bo’lgan kardanli sharnir 6 li kardan uzatma xizmat qiladi. Bu rusumli avtomobillarda oldingi g’ildiraklar yetakchi va boshqaruluvchi keyingi g’ildiraklar esa yetaklanuvchi bo’ladi.
Agar avtomobil og’ir yo’l sharoitida harakatlanishga mo’ljallangan bo’lsa yetakchi g’ildiraklar o’rnatilgan ko’priklar soni ikkita va uchta bo’lishi mumkin.
Bu holda kuch uzatmaga qo’shimcha agregat taqsimlash qutisi kiritiladi va uzatmalar qo’shnisining yetaklanuvchi valining uchidan burovchi momentni yetakchi ko’priklarga teng taqsimlab beradi. Bu turdagi kuch uzatmasi yetakchi g’ildirakning belgisi 4x4, 6x4 bo’lishi mumkin. 9.1 chizmaning g ko’rinishida GAZ-66, UAZ-452, UAZ-469B, VAZ-2121, “NIVA” avtomobillarining kuch uzatmasi tasvirlangan. Oldingi g’ildiraklar yetakchi va boshqaruluvchi, keyingi yetakchi 10.1 chizmaning e ko’rinishida ZIL 131, URAL 375D avtomobillarning kuch uzatmani tasvirlangan. 9.1 chizmaning d ko’rinishida KamAZ 4320 avtomobining kuch uzatmasi tasvirlangan. Oldingi g’ildiraklar ham yetakchi ham boshqaruvchi, ketingi g’ildiraklar yetakchi bo’ladi.
|
| |