|
Friktsion ilashish muftasining konstruktsiyasi va uning ishlashi
|
bet | 4/6 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 1,2 Mb. | | #254994 |
Bog'liq 11-ma\'ruza4. Friktsion ilashish muftasining konstruktsiyasi va uning ishlashi
Bir diskali friktsion muftaning shakli, tuzilishi, ishlashi va qo’llanishi. Hozirgi zamonaviy avtomobillarga asosan friktsionlashgan muftasi ishlatib, ular dvigateldan burovchi momentdan uzatmalar qutisiga uzaro ishqalanuvchi etakchi va etaklanuvchi diskalar yordamida uzatiladi. Friktsion ilashish muftasining ishlash uslubi ishqalanish kuchlaridan foydalanishga asoslangan.
Engil va o’rtacha yuk ko’taradigan avtomobillarda friktsion turdagi bir diskali ilashish muftasi ishlatiladi (9.3-rasm).
Ilashish muftasi ajratish mexanizmi va yuritmasidan iborat. Ilashish muftasi dvigatel maxovigiga 2, yuritmali esa avtomobil kuzoviga yoki ramasiga o’rnatilgan asosiy qismlarga uzatmalar qutisidagi yetakchi valning shlisasiga o’rnatilgan yetaklanuvchi disk 3 hamda maxovika qattiq maxkamlangan g’ilof 5 da joylashgan prujinali 16 yetakchi diskdir 4. Ilashma g’ilof 12 ga tayanchlangan siquvchi disk 4 bilan sharnirli biriktirilgan ajratuvchi richaglar 9 o’rnatilgan. Uzatmalar qo’shishning yetakchi valining uchi maxovikdagi uyaga podlishik 16 ga o’rnatilgan, ulashish muftasi karter 5 bilan o’ralgan. Karter dvigatel karteriga o’rnatilgan.
9.3- rasm. Bir diskli ilashish muftasi.
Ulashmani ajratuvchi yuritma siqib ajratuvchi podshipnik 10 qaytaruvchi prujina 15, ayri (vilka) 14, tortqi 13, va pedal 12 dan iborat. Muftaning pedali 12 qo’yib yuborilgan paytda yetaklanuvchi disk 3 maxovik va siquvchi disk orasiga purujinalar 16 bilan doimo siqib turadi. Bunday holatni ulangan holat deb ataladi, dvigatel ishlaganda tirsakli val maxovikdagi burovchi moment siquvchi disk 4 dan ishqalanish kuchi va momenti hisobiga yetaklanuvchi disk 3 ga so’ng uzatmalar qutisining yetaklovchi vali 11 ga uzatiladi.
Agar muftaning pedali 12 bosilsa tortqi 13 harakatlanadi va ayri 14 ni mahkamlangan joyiga nisbatan buradi. Ayrining bo’sh turgan ikkinchi uchi pochimnik 10 ni maxovik tomon itaradi va podshipnik 10 richaglar 9ni bosadi richaglar esa siquvchi disk 4 ni o’nga suradi. SHu paytda yetaklanuvchi disk 3 siquvchi pirjina 16 kuchidan ozod bo’lib maxovikdan ajraladi va ilashma ajralib dvigateldagi burovchi moment uzatmalar qutisining yetaklovchi valiga o’tmaydi. Ilshmani qo’shish uchun pedal 12 ni ohistalik bilan qo’yib yuborish kerak.
|
| |