|
Ikki diskali friktsion muftaning shakli tuzilishi, ishlashi va qo’llanilishi
|
bet | 5/6 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 1,2 Mb. | | #254994 |
Bog'liq 11-ma\'ruzaIkki diskali friktsion muftaning shakli tuzilishi, ishlashi va qo’llanilishi. Katta yuk ko’taradigan yuk avtomobillarida dvigatelning burovchi momentini qiymati 700-800 N·m dan yuqori bo’lgan MAZ, KrAZ, KamAZ avtomobillarida ikki diskali friktsion muftasi qo’llanilgan (9.4-rasm).
Ilashish muftasi g’ilof 6 ga o’rnatilgan bo’lib yetaklovchi qismiga maxovik ikki oralig’i disk 23, siquvchi disk 21 va g’ilof 6 kiradi. Ilashish muftasining yetaklanuvchi qismlariga yetaklanuvchi disk 22 va 24 lar kiradi. Yetaklanuvchi disklarning gupchagi uzatmalar qutisining birlamchi vali shlitsasiga o’rnatilgan. G’ilof 6 bilan siquvchi disk 21 oralig’ida siquvchi purjinalar 16 o’rnatilgan bo’lib ularning tasiri natijasida yetaklanuvchi disklar 22 va 24 siquvchi disk 21 va maxovik orasida siqiladi ilashish muftasining qo’shilganda ajratish richaglari 9 ning tirgak uchlari ajratuvchi mufta podshibniki 10 dan ajraladi natijada ular orasida 3,2-4,0 mm bo’lgan tortirqich hosil bo’ladi va shu tufayli ilashish muftasining to’liq qo’shilish jarayoni xosil bo’ladi.
9.4-rasm Ikki diskli ilashish muftasi
Ilashish muftasi ajratilganda, ajratuvchi mufta podshipniki 10 yordamida ajratuvchi richaglar 9 ning pastki ichiga taьsir etiladi va ular o’z holatini o’zgartirib o’z tayanchlarida buruladi. SHu paytning o’zidayoq ajratuvchi richaglar 9 ning yuqori qismi siquvchi disk 21 ni yetaklovchi diskdan orqaga tortadi. Bunda oraliq yetaklovchi disk 23 o’zida o’rnatilgan richagli mexanizm taьsirida siquvchi disk 21 va maxovik 2 orlig’ida erkin holatni egallab oldingi yetaklanuvchi diskni ham bo’shatdi.
Gidravlik muftaning shakli tuzilishi ishlashi va qo’llanilishi. Gidravlik mufta gidrodinamik kuchlarni hosil qiluvchi suyuqlikning kinetik energiyasidan foydalanishga asoslangan bo’lib u yetakchi va yetaklanuvchi qismlardan tuzilgan. Gidromuftaga suyuqlik bilan to’ldirilgan yetaklovchi g’ilof 2 va u bilan bog’liq bo’lgan nasos g’ildiragi kiradi (9.5-chizma)
Etaklanuvchi qismga turbina g’ildiragi 3 kirib u ilashish nuqtasini yetakchi diski 4 bilan birlashgan. Nasos g’ildiragi birlashgan dvigatelning tirsakli vali 9 bilan biriktirilgan bo’lib turbinali g’ildiraklisi esa uzatmalar qutisining birlamchi vali 5 bilan tutashgan.
Turbina g’ildiragi 3 bilan birlamchi val 5 nasos g’ildiragining g’ilofiga podshipniklarda o’rnatilgan. Gidromufta g’ilofi bilan yetakchi disk gupchagi orasiga salnik 7 o’rnatilgan. Birlamchi val 5 uchidagi shlisaga ilashish muftasining yetqazuvchi diski o’rnatilgan. Dvigatelni startyor bilan yurgazib yuborish uchun mufta g’ilofi 2 da tishli gardish 8 o’rnatilgan.
Dviagatelning tirsakli vali aylanganda nasos g’ildiragi 1 ning kurakchalari orasidagi suyuqlik harakatga kelib markazdan qochma kuchlar tasirida u nasos kurakchalardan doira bo’yicha otilib chiqadi va qarshisidagi turbina kurakchalari 3 ga uriladi. Suyuqlik kuraklarda ishqalib harkatlanganda ishqalish kuchi hosil bo’ladi kurakchalarni aylantiradi. Natijada birlamchi val 5 ga burovchi moment hosil bo’ladi. Suyuqlikning kurakchalar orasida aylana bo’ylab harkatlanishi hisobiga burovchi moment gidro muftaning yetakchi qismidan yetaklanuvchi qismiga o’tkaziladi. Gidromuftaning afzalligi shundaki u burama tebranishlarni so’ndiradi, avtomobilni o’rnidan silkinmasdan qo’zg’alishi va ravon yurishi yanada yaxshilanadi. Lekin yonilg’i sarfi ko’p, tuzilishi murakkab va og’irligi katta.
Bu turdagi gidromuftalar yengil “CHayka” katta yuk ko’taradigan BelAZ avtomobillarida va boshqa turdagi avtomobillarga o’rnatiladi.
|
| |