|
2-Mavzu: Visual Studio muhitida dasturlash. Gui muhitida menyular va uskunalar paneli. Reja
|
bet | 3/7 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 1,96 Mb. | | #252232 |
Bog'liq 2 Visual Studio muhitida dasturlash GUI muhitida menyular va uskunalarButton komponentasi
Button komponentasi (uzb “tugma”, рус “кнопка”) All Windows Forms komponentalar guruhida joylashgan.
Bu komponenta Form oynasining istalgan joyiga joylashtiriladi va sichqoncha tugmasini Button komponentasining ustida bosilgan paytda biror bir funksiyani amalga oshiradi. Button komponentasi 2.9-rasmda keltirilgan.
2.9-rasm. Button komponentasi.
Button xossalari (Properties Button)
Button komponentasi asosiy xossalari quyidagilar:
Backcolor - ushbu xossa orqali tugmachaning orqa rangini tanlashimiz mumkin.
BackgroundImage - bu xossa orqali tugmachaning orqa foniga rasm tashlash imkoni mavjud. Ammo tanlangan rasm o’z o’lchamini o’zgartirmasdan tashlanadi.
BackgrounImageLayout - bu xossada orqa fonga tashlangan rasmni xajmini sozlashimiz mumkin. Tugmacha o’lchamiga rasm o’lchamini mos qilib olishimiz uchun Tile ni tanlash kerak bo’ladi.
Font – ushbu xossada tugmachaning fontini shriftini va shrift o’lchamini o’zgartirishimiz mumkin.
ForeColor - Matnning rangini o’zgartirish.
Flat style - Tugmachaning stilini tanlash. Bunda tugmacha stili ancha chioyli
tusga kiradi.
Image - rasm tanlash. Bunda tugmacha ichiga rasm tushadi.
Text - Button1 tugmachasining ko’rinish nomi- agar text nomi o’zgartirilsa, dasturda chiquvchi tugmacha nomi o’zgaradi.
Name - Button1 komponentasining nomi, bunda dasturning kod qismiga o’tganimizda, button1 nomi bilan emas, balki uning yangi qo’yilgan nomidan foydalanishimiz mumkin.
Dock - bunda tugmacha joylashgan o’rnini o’zgartirish mumkin. Uning o’rnini ekrannning istalgan burchagiga joylashtirish yoki (fill) butun ekranni egallab qo’yadigan qilsa bo’ladi.
2.10-rasm. Button xossalari.
Visible- tugmachaning ko’rinishi. Visible funksiyasi faqat true va false (rost va yolg’on) qiymatni qabul qiladi. Agarda true ya’ni rost qiymat qabul qilingan bo’lsa, u holda tugmacha ekranda ko’rinib turadi, agarda false qiymat bo’lsa ekranda ko’rinmaydi.
Button komponentasi hodisalari Click – Qachonki sichqoncha tugmasi bosilganda hodisa sodir bo’lishi.
|
| |