|
2-Mavzu: Visual Studio muhitida dasturlash. Gui muhitida menyular va uskunalar paneli. Reja
|
bet | 6/7 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 1,96 Mb. | | #252232 |
Bog'liq 2 Visual Studio muhitida dasturlash GUI muhitida menyular va uskunalar3 chi qadam. Bo’sh formaga bizga zarur bo’lgan komponentalarni joylashtishni boshlaymiz (2.15-rasm). Bular 2ta Textbox komponentasi, N – natural sonning qiymatini kiritish va Fact – faktorialning qiymatini chiqarish uchun, 3 ta Label – izohlah uchun va 1 ta Button – bajarish buqrug’ini amalga oshirish uchun. Bularni komponentlar (elementlar) panelidan olamiz. Agar u ishchi sohada ko’rinmasa, Вид→Панель Элементов yoki Ctrl + Alt + X. buyruqlar yordamida yuklaymiz(2.6-rasm).
2.15-rasm. Komponentalarni formaga joylash.
Ularning o’lchamlarini (Size) sozlaymiz, Formadagi joyini (Location yoki sichqoncha yordamida) ko’rsatamiz, yozuvni kiritamiz (Text), yozuv shriftini (Font) belgilaymiz, kerak bo’lsa yozuv rangini (ForeColor), fon rangini (BackColor) o’zgartirishimiz mumkin. Bu ishlarning hammasini komponentaning ustiga siqonchani olib borib, chap tugmasini bosganda shu komponetaning xossalarini aks ettiruvchi xossalar paneli yordamida amalga oshiramiz.
2.16-rasm. Label1 xossalari.
Forma dizaynidagi label1 komponentasining Textini “Faktaryal hisoblash”, label2 komponentasining Textini “Son kiriting:”, label3 komponentasining Textini “Natija:”, button1 komponentasining Textini “Hisoblash”,
4 chi qadam. Ilovaning dizayni shakllandi va uni ishlatib ko’rsak ham boladi. Buning uchun oldin kompilyasiyaga (Build → Build Solition yoki F7) berish kerak. Kompilyasiyadan yaxshi o’tsa, Debug → Start Debugging (yoki F5) buyruqlar yordamida ishga tushiramiz.
2.17-rasm. Ilovaning ko’rinishi.
5 chi qadam. Ilovaning dizayni tayyor bo’lsada hali hech qanday amalni bajarmaydi (2.17-rasm). Buning uchun Hisoblash deb nomlangan Button1 komponentasining ustiga sichqonchani ikki marotaba bossak bizga MyForm.h fayliga o’tkazadi va button1_Click() metodini yaratib beradi (2.18-rasm).
2.18-rasm. Button_Click() metodi.
6 chi qadam. Button tugmachasini (Hisoblash) bosganda qanday amallar bajarish ketma-ketligini yozamiz. Buning uchun tugmachani 2 marta bosamiz va bizga ajratilgan joyga kodni kiritishni boshlaymiz (2.18-rasm):
Formadagi text1Box1 ga kiritilgan son belgi sifatida qabul qilinadi. Shuning uchun uni oldin son turiga o’girib olishimiz kerak bo’ladi.
int n = System::Convert::ToInt32(textBox1->Text);
|
| |