Shu bilan 1-chi ilovamiz tayyor bo’ldi. Kompilyatsiyaga beramiz, undan keyin ishga tushiramiz va natijani olamiz (2.19-rasm):
№
|
Topshiriqlar
|
1
|
Birinchi textboxda xodimning yoshini kiriting. Ikkinchi textboxda hodimning pensiyaga necha yil qolganini chiqaruvchi dastur yarating. Pensiya yoshini 60 yosh deb oling.
|
2
|
Birinchi textboxda kubning tamonini kiriting. Ikkinchi textboxda kubning hajmini chiqaruvchi dastur yarating.
|
3
|
Birinchi textboxda jismning massasini kiriting. Ikkinchi textboxda og’irlik kuchini chiqaruvchi dastur yarating. g=10 deb oling.
|
4
|
Piramida xajmini topuvchi dastur tuzing. Muntazam piramida qirrasi kiritilganda piramida hajmini chiqaring.
|
5
|
Yig’indini topish dasturi. N soni kiritilganda 1 da N gacha bo’lgan sonlar yig’indisini chiqaruvchi dastur tuzing.
|
6
|
Birinchi textboxda kiritilgan sonni ikkinchi textboxda shu sonning kvadratini chiqaring.
|
7
|
Uchburchakning yuzasini topuvchi dastur tuzing. Muntazam uchburchakning tomoni kiritiladi va uchburchak yuzasini chiqaruvchi dastur tuzing
|
8
|
Kitobning chegirma narxini hisoblovchi dastur. Kitobning narxi kiritiladi va 15% chegirmadagi narxini chiqaruvchi dastur tuzing.
|
9
|
Maxsulot narxini kiriting va shu maxsulotning 12% qimmat narxini chiqaring.
|
10
|
Birinchi textboxda kiritilgan sonni ikkinchi textboxda shu sonning to’rtinchi darajasini chiqaring.
|
11
|
Birinchi textboxda kiritilgan sonni ikkinchi textboxda shu sonning kvadrat ildizini chiqaring.
|
12
|
Birinchi textboxda kiritilgan sonni ikkinchi textboxda shu sonning kub ildizini chiqaring.
|
13
|
Maxsulotning narxini kiriting va 25% chegirmadagi narxini chiqaruvchi dastur tuzing.
|
14
|
Doiraning radiusi kiritilganda uning yusasini hisoblovchi dastur yarating.
|
15
|
Tugilgan yil kiritilganda yoshni hisoblovchi dastur tuzing. Joriy yilni 2024 deb oling.
|
16
|
Aylananing radiusi kiritilganda aylana uzunligini hisoblovchi dastur yarating.
|
17
|
Katetlari teng bo’lgan to’g’ri burchakli uchburchakning bitta katetining uzunligini kiriting va gepotenuzaning qiymatini hisoblovchi dastur yarating.
|
18
|
Katetlari teng bo’lgan to’g’ri burchakli uchburchakning gepotenuzasining uzunligini kiriting va katet uzunligini hisoblovchi dastur yarating.
|
19
|
X yilda necha kun borligini chiqaruvchi dastur tuzing. Birinchi textboxda x yilni kiriting va ikkinchi textboxda kunlar sonini chiqaring.
|
20
|
X yilda necha oy borligini chiqaruvchi dastur tuzing. Birinchi textboxda x yilni kiriting va ikkinchi textboxda oylar sonini chiqaring.
|