|
-rasm. SILINDR SHAKLIDAGI ZAGOTOVKALARNI YO‘NISH
|
bet | 6/7 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 23,15 Kb. | | #135831 |
Bog'liq 2-mavzu yog‘och, materiali xomashyolarini yo‘nish, kesish, O‘yis-fayllar.org (1)180-rasm. SILINDR SHAKLIDAGI ZAGOTOVKALARNI YO‘NISH
Silindr shaklidagi zagotovkalarni yo‘nish xomaki va oxirgi ishlov berishdan iborat bo‘ladi.Xomaki ishlov berishda zagotovka shpindelning patroniga mahkamlanadi va uning erkin uchi ketingi babka pinolining markaziga tiralib turadi. Yo‘nish vaqtida zagotovkaning mustahkamligi asta-sekin bo‘shashib boradi va shuning uchun ishlayotgan dastgohni har 2-3 daqiqada to‘xtatib, zagotovkaning mahkamligi tekshirib turiladi.
Yo‘nish vaqtida tokarlik iskanasi ikki qo‘llab ushlanadi: bir qo‘l iskananing dastasida va ikkinchi qo‘l sterjenida bo‘ladi. Birinchi ho‘l kesish kuchini muvozanatlasa, ikkinchi qo‘l asbobni tirgakning tayanch sirtiga qattiq zichlab turadi va bo‘ylama uzatishni ta’minlaydi. Buyumning shakliga va zagotovkani mahkamlash uchun qo‘llangan moslamaga qarab iskanani o‘ng yoki chap qo‘l bilan ushlash mumkin.
Iskana sterjeni ostidan yoki ustidan ushlanadi юSilindrsimon zagotovkalarni xomaki yo‘nishda yarim aylana iskanani tirgak bo‘ylab yurgiziladi.Uning birinchi o‘tishida kesqich tig‘ining o‘rtasi bilan qalinligi 1-2 mm xurrak ko‘chiriladi. Shuidan keyingi yo‘nishlar keyokichni o‘ngga va chapga surib tig‘ning yon qismlari bilan bajariladi. Keskich tig‘ining turli qismlarini ishlatish natijasida detallar sirtining to‘lqinsimonligi kamayadi.Oxirgi ishlov berish uchun diametr bo‘yicha 3-4 mm qo‘yim qoldiriladi.
Silindrsimon zagotovkalarni oxirgi yo‘nishda qiya iskanani qovurg‘aga o‘tmas burchak ostida o‘rnatiladi. Qirindi iskana tigining o‘rta va pastki qismida olinadi.
Yo‘nishda tokarlik keyokichini ikki qo‘llab: bir qo‘l bilan uning dastasidan va ikkinchi qo‘l bilan sterjendan ushlash kerak. Keyokich sterjenini ostidan ushlash va uni bir maromda hamda oxista bosib turish lozim.
Buyumning diametrini shtangensirkul bilan tekshiriladi.Bunda zagotovkaning bir necha joyi o‘lchanadi.Zagotovka sirtining tekisli-gani aniqlash uchun uning ustiga chizgichni qirrasi bilan yotqizib qo‘yib ko‘riladi.
Detal yo‘nib bo‘lingach uning sirtini yog‘och bruskaga mahkamlangan jilvir bilan ishqalanadi.Yog‘ochning guli yaltirab ko‘rinib turishi uchun buyumning sirtini qattiq yog‘och bruskasi bilan jilolash mumkin.
|
| |