2-mavzu yog‘och, materiali xomashyolarini yo‘nish, kesish, O‘yish va qirqish texnologiyasi. Reja




Download 23,15 Kb.
bet2/7
Sana12.01.2024
Hajmi23,15 Kb.
#135831
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-mavzu yog‘och, materiali xomashyolarini yo‘nish, kesish, O‘yis-fayllar.org (1)

Mushranda tuzilish jihatidan taxta randadan farq qilmaydi. Mushranda tig‘ida qo‘shimcha temir pushtak bo‘lib, u payraxani sindirish vazifasini o‘taydi. Shuning uchun temir pushtakni tig‘ning kesuvchi qirrasiga yaqin o‘rnatiladi. Shu tariqa o‘rnatilganda tig‘ chiqargan payraxani darhol qayirib sindiradi va randalashni yengillashtiradi. Temir pushtak kesuvchi qirradan ortiqcha uzoqlashtirilmaydi. Aks holda uning taxta randadan farqi qolmaydi.
Mushranda yordamida yog‘och materiallarning sirti silliqlanadi, shuningdek, yig‘ilgan tayyor buyumlarga dastlabki pardoz beriladi, buyum sirtidagi notekisliklar randalab tekislanadi.
Japs randa. Taxta randa va mushranda yordamida uzun va enlik taxtalarning sirti silliqlansa ham, ular bilan tekis randalab bo‘lmaydi. Bunday sirtlar japs randa bilan randalab tekislanadi.
Japs randa kundasi uzun (700-800 mm), enlik (70-80 mm), tig‘ining eni 55-60 mm bo‘ladi. Japs randaga, ko‘pincha, temir pushtakli tig‘ o‘rnatiladi. Bu randa yordamida randalashda sirtlar tekis chiqishi uchun payraxa yupqa olinadi, qalin payraxa olinsa, sirt tekis chiqmaydi.
Yog’och-taxta materiallardan kerakli o’lchamdagi zagotovka arralab olingandan so’ng (zagotovkaning keyinchalik randalanishi va boshqa ishlovlar berilishini hisobga olib ma’lum qoldiq-qo’yim qoldirib tayyorlanadi) ularning sirtini silliqlash, tekislash aniq o’lcham va ma’lum shaklga keltirish uchun randalash ishlari bajariladi.
Randalashni mashq qildirishga o’tis hda randalashdan ko’zlangan maqsadni tushuntirib, arralash mashqidagi singari, o’quvchilarga o’quv ustaxonalarida ishlatiladigan duradgorlik randalarining turlari, tuzilishi, vazifasi, ularni ishga sozlash va randalash vaqtida rioya qilinadigan xavfsizlik texnikasi va shaxsiy gigiena qoidalari haqida qisqacha tushuncha berib, so’ngra randalashni mashq qildirishga o’tiladi.
Buning uchun dastavval ishga yaroqsiz taxta materiallarni randalashni mashq qildirib, randani tutish, tortish, randalarni ishlatish ketma-ketligi, tekislikni tekshirish bo’yicha boshlang’ich ko’nikma va malakalar hosil qilinib, o’quvchilarning qo’li randalashga kelgandan so’ng brusok tayyorlashga o’tiladi.
O’quvchilarning fikrlash, konstruktorlik qobiliyatlarini o’stirish, mehnat madaniyatlarini shakllantirish, ishni mustaqil ravishda bajarib keta olishlarini ta’minlash maqsadida keyiichalik ishlarni texnologik karta asosida bajarish o’rgatiladi. SHuning uchun o’quvchilarga texnologik karta haqida tushuncha beriladi va birinchi navbatda sodda buyumning texnologik kartasi bilan tanishtiriladi.
Texnologik karta ishlab chiqarish korxonalarining texnologlari tomonidan tuziladigan va konstruktorlik byurosi tomonidan tasdiqlanadigan texnikaviy hujjat bo’lib, unda tayyorlanadigan buyumning aniq o’lchamlari ko’rsatilgan ish chizmasi va texnikaviy rasmi, buyumni tayyorlashda bajariladigai ishlar ketma-ketligi, bu ishlarni bajarishda (foydalaniladigan ish va o’lchov asboblari, ishni bajarishga yordam beradigan moslamalar va buyum tayyorlash uchun kerak bo’ladigan materiallar ko’rsatilgan bo’ladi.
Randalashni texnologik karta asosida o’rgatishda randalash tartibi va tekislikni tekshirish usullari batartib tushuntiriladi, imkoniyatga qarab amalda ko’rsatiladi. CHunki duradgorlik yo’li bilan tayyorlanadigan barcha buyumlarning qismlarini tayyorlashda randalash tartibi bir xil bo’lib, hamma hollarda tekislikni tekshirish usuliga amal qilinadi.

Download 23,15 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 23,15 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2-mavzu yog‘och, materiali xomashyolarini yo‘nish, kesish, O‘yish va qirqish texnologiyasi. Reja

Download 23,15 Kb.