Detalni ko‘ndalangiga qirqish uchun keyokichni qovurgaga o‘tkir burchak ostida pastga o‘rnatiladi va ozgina tilinadi (182-rasm). Keyin uni biroz qiyshaytirib salgina o‘ngga yoki chapga (qanday shakl yasalishiga qarab) suriladi vazagotovkaning bir qismini konus qilinadi (183-rasm). Bu operatsiya bir necha marta takror-lanib, diametri 8-10 mm bo‘yin qoldiriladi. So‘ngra buyumni dastgohdan chiqarib olinadi va uchlarini arralab tashlanadi. Ko‘ndalangkesimyuzalaritozalanadi.
Zagotovkada yoriqlar, ko‘zlar, chirigan joylar va boshqa
nuqsonlar bo‘lmasligi kerak.
Zagotovkani dastgohga mahkam o‘rnatish lozim.
Ishlov bsriladigan sirt bilan tirgak tayanchining orasi
olis bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik zarur.
Ishlash vaqtida dastgohning himoyachi shaffof ekrani tushirib qo‘yiladi. Dastgohda bunday ekran bo‘lmasa, himoyalovchi
ko‘zoynak taqib olish kerak.
Shpindel rasmana aylana boshlaganidan keyingina kesuvchi
asbobni zagotovkaga asta-sekin yaqinlashtiriladi.
Dastgoh ishlayotgan paytda zagotovkani to‘g‘rilash va uni
o‘lchash, dastgohning uzellarini kovlashtirish mum'kin emas.
Dastgoh o‘chirilgach zagotovkani, patron yoki planshaybani qo‘l bilan ushlab to‘xtatilmaydi.
Dastgohda ishlashda vaqt-vaqti bilan zagotovkaning mustahkamligini tekshirib turiladi.
Ishlayotgan dastgohni nazoratsiz qoldirish mumkin emas.
Ish tugaganidan keyin asboblarni tegishli joyga qo‘yish va qirindilarni cho‘tka bilan tozalash kerak.