|
Randalarning zamonaviy ko’rinishlari
|
bet | 3/7 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 23,15 Kb. | | #135831 |
Bog'liq 2-mavzu yog‘och, materiali xomashyolarini yo‘nish, kesish, O‘yis-fayllar.org (1)Randalarning zamonaviy ko’rinishlari.
175-rasm Randaning tuzulishi;
176-rasm Randalash vaqtida dastgohga nisbatan turish holati
Sirtning silliq chiqishi payraxaning qalniligiga ham bogliq. Buni kundadan tig’ni oz – ko’p chiqarish bilan sozlanadi. Payraxa qancha yupqa bo’lsa, sirtning silliqligi shuncha yaxshi ta’minlanadi. Bundan tashqari, sirtning silliqligi randalash yo’nalishiga bog’liq. Randalash hamma vaqt yog’och tolalarining o’sish yo’nalishi bo’yicha olib boriladi. Tolalarning o’sish yo’nalishiga teskari randalash ularning ko’chib ketishiga, sirtning shilinishiga, silliqlikning buzilishiga sabab bo’ladi.
Ko’pchilik yog’och tolalarining o’sish yo’nalishini farq qila bilish qiyin. Bu xildagi yog’och tolalarining o’sish yo’nalishini aniqlash uchun randani bir - ikki bor yurgizib payraxa olinadi. Agar tolalar ko’chib chiqib sirtning silliqligi buzilsa, taxtani aylantirib o’rnatiladi.
Brusoklar randalab bo’lingandan keyin uch qismlarining ko’ndalang qirqnmlarining go’niyalililigini ta’minlash maqsadida go’niya yordamida chnzilgan reja bo’yicha arralab qirqiladi. Ayrim hollarda enlik taxtalarni arralab qirqishda ko’ndalang qirqimlar «bet» larga nisbatan to’g’ri burchakli chiqmay qoladi. Bunday hollarda qirqim randalar bilan randalab, uning «bet» larga nisbatan to’g’ri burchakliligi go’niya yordamida tekshiriladi.
Randalashni to’g’ri tashkil etish uchun randani to’g’ri ushlashga dastgohga nisbatan to’g’rn turish va to’g’ri randalashga odatlantiriladi. Bunda chap oyoqni dastgoh ish taxtasiga parallel qo’yib, o’ng oyoqni unga nisbatan 70° chamasida burib qo’yiladi (5 – rasm). Randalash shu taxlitda olib borilsa, o’quvchilarning muvozanati buzilmaydi va charchamaydi.
Randalashni mashq qildirish davomida randani ishga sozlash, tig’ni kundadan chiqarish va qayta o’rnatish, charxlash va qayrash usullari o’rgatib boriladi.
Duradgorchilik iskanalari va o’yish – teshishni mashq qilish
O’yish-teshish ishlari birikmalar hosil qilishda bajarilishini hisobga olib, bu ishlarni o’rgatishni bog’lash usullarini o’rgatish jarayonida qo’shib olib borilishi mumkin. Lekin bog’lash usulida turli xil birikmalar hosil qilinib, unda bitta brusok yordamida bir necha turdagi o’yish-teshish ishlarini bajarib bo’lmaydi. Buning natijasida navbatdagi tur o’yish-teshish ishlarini olib borish uchun yangi yog’och material talab etiladi. Bu esa materialning ko’plab isrof bo’lishiga sabab bo’ladi. SHuni hisobga olib, arralash va randalash mashqidan so’ng bog’lash usullarini o’rgatishga o’tishdan oldin alohida o’ynsh-teshish ishlarini o’rgatish (mashq qildirish) maqsadga muvofiqdir. Buning uchun birinchi navbatda o’quv ustaxonalarida ishlatiladigan duradgorchilik iskanalarining turlari, tuzilishi, vazifasi, o’yish-teshish tartibi va bu vaqtda rioya qilinadigan xavfsizlik texnikasi qoidalari haqida qisqacha tushuncha berib uya, teshik, quloqlarni rejalash va o’yish – teshish tartibini amalda ko’rsatiladi.
O’yish – teshish ishlarini olib borishda o’yiladigan yog’och – taxta materiallarning turiga qarab unga mos iskanalar ishlatiladi. YUmshoq va yupqa yog’och – taxtalarni o’yishda yo’nuvchi iskanalardan, qalin va qattiq yog’ochlarni o’yishda o’yuvchi iskanalardan foydalaniladi. Barcha turdagi yog’ochlarni yo’nishda yo’nuvchi iskanalardan foydalaniladi. Iskanalar dasta 1, tana 2, ish qismi – tig’ 3 dan iborat bo’lib «bet» 4 va orqa yoq 5 lar bilan bir-biridan farq qilinadi.
Iskanalardan foydalanishda o’yiluvchi yog’ochni dastgohga o’rnatish, unga nisbatan iskanalarni to’g’ri tutish va bolg’alashga, payraxa ko’chirishga e’tibor beriladi.
O’yish – teshish vaqtida uya, teshik yoki «quloq» o’rinlari aniq rejalab olnib, ular asosida o’yish – teshish ishlari olib boriladi.
1. Uyalar o’yishda rsja chizig’i go’niya va xatkash yordamida faqat bir tomonga chiziladi rasm, a) O’yish rasm, b, v da ko’rsatilganidek olib boriladi. Birinchi bor iskanani reja chizig’iga qo’yib bolg’alashda uning tig’i reja chizig’idan yog’ochning qattiq – yumshoqligiga qarab 0,5 – 1 mm gacha ichkariga – o’yiladigan tomonga surib o’rnatiladi. Iskananing orqa yog’i hamma vaqt o’yiladigan tomonga qaratib tutiladi.
Bolg’a urish yog’och to’qmoq yordamida olib boriladi. Dastlabki bolg’a urish iskana yog’ochga botib reja chizig’iga surilib etguncha (bir – ikki bor) davom ettiriladi. Ortiqcha bolg’a urishga ruxsat etilmaydi. CHunki iskana yog’ochga botgan sari orqa yoq iskanani oldinga surib rsja chizig’idan chiqarib yuboradi. Payraxa ko’chirishda iskana yog’ochga qiya tutilib bolg’alanadi. So’ngra iskana oldinga tiklanib payraxa ko’chirilgach, orqaga qayirib payraxa chiqariladi. Aks holda bolg’a urishdan so’ng bir yo’la payraxa chiqarilsa, taxtaning beti ko’chib ketadi. O’yish vaqtida iskana har safar reja chizig’i bo’yicha tik bolg’alanib, payraxa ko’chirishda orqaga surib boriladi.
|
| |