2-mavzu. Zamonaviy avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari va ularni texnik sohalarda qo'llanilishi Reja




Download 80,94 Kb.
bet5/6
Sana31.01.2024
Hajmi80,94 Kb.
#149514
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-Mavzu

CALS-texnologiyalari tushunchasi.
CALS-texnologiya—bu sanoat ishlab chiqarishini kompleks kompyuterlashtirishdir. Uning maqsadi sanoat mahsulotini uning faoliyat davri barcha bosqichlarida o‘ziga xos xususiyatlarini standartlashtirish va unifikasiyalshdir. Asosiy o‘ziga xos xususiyatlar loyiha, texnologik, ishlab chiqarish, marketing, ekspluatasiya hujjatlarida taqdim etilgan. CALS-tizimlarda kompyuter muhitida ma’lumotlarni saqlash, qayta ishlash va uzatish ko‘zda tutilgan. Avtomatlashtirishning mos tizimlari avtomatlashtirilgan mantiqiy tizimlar yoki CALS(Computer Aided Logistic Systems) deb nomlangan. Sababi mantiqiy deganda odatda zahiralarni boshqarish va ta’minlashga qaratilgan masalalar tushuniladi, CALS vazifalari esa kengroq bo‘lib, sanoat mahsulotlari faoliyat davrining barcha bosqichlari bilan bog’liqdir. Bularni e’tiborga olgan holda CALS ni quyidagicha shifrdan chiqarish mumkin CALS—Computer Acquisition and LifeCycle Support. CALSni qo‘llash loyihalash ishi ko‘lamini qisqartirish imkonini beradi. Sababi oldindan loyihalangan jihozlar qismlari, mashinalar va tizimlar tarkibining tavsiflari CALS texnologiyasi foydalanuvchilariga kirish mumkin bo‘lgan tarmoq serverlarining ma’lumotlar bazalarida saqlanadi. Turli tizim va sohalardagi mahsulotlarning yaroqliligi va integrasiyasi yechimi, ekspluatasiya sharoitlarini o‘zgarishiga moslashuvi, loyihalash tashkilotlarini ixtisoslashtirish va boshqa shu kabi muammolar ancha yengillashadi. Murakkab texnik mahsulotlarning bozordagi yutug’ini CALS texnolosiyasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Sanoatda loyihalsh va boshqarish uchun ochiq taqsimlangan avtomatlashtirilgan tizimni qurish zamonaviy CALS-texnologiyasining asosini tashkil qiladi. Ularni qurishdagi asosiy muammo global mashtabga ega bo‘lgan umumiy tizimda joy va vaqtdan qat’iy nazar kattaliklar interpretasiyasini va ularni bir hilda tavsiflashni ta’minlashdir. Loyiha, texnologik va ekspluatasion hujjatlar tuzilmasi hamda uni tasvirlash tillari standartlashgan bo‘lishi kerak. U holda turli CAE/CAD/CAM tizimlarni ishlatadigan, vaqt va fazoda bo‘lingan turli kollektivlarning umumiy loyihasi ustida olib borilayotgan ishning muvoffaqiyatli bo‘lishi muqarrardir. Bitta konstruktorlik hujjati turli loyuhalarda ko‘p marotaba ishlatilishi mumkin. Texnologik hujjat esa turli ishlab chiqarish talablariga moslashgan. Bu esa loyihalash va ishlab chiqarish umumiy davrini qisqartirish va arzonlashtirishga olib keladi. Bundan tashqari tizim ekspluatasiyasi soddalashadi.



Download 80,94 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 80,94 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2-mavzu. Zamonaviy avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari va ularni texnik sohalarda qo'llanilishi Reja

Download 80,94 Kb.