• Loyihalash tuzilishning asosiy bosqichlari tarkibiga
  • 2-mavzu. Zamonaviy avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari va ularni texnik sohalarda qo'llanilishi Reja




    Download 80,94 Kb.
    bet3/6
    Sana31.01.2024
    Hajmi80,94 Kb.
    #149514
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    2-Mavzu

    Tizimli va optimal loyihalashlar.
    Loyihalash, maqsadi bu nafaqat samarali funksiyalar yechimini izlashgina bo‘lmay, balki turli insonlarni ehtiyojini qondirish, asoslangan oxirgi qabul qilingan holatni optimal loyihalash deb yuritiladi. Bu 20 asrni ikkinchi yarmidan qabul qilingan nazariy tadqiqot operatsiya yechimlari hisobiga va hisoblash texnikasini keng qo‘llash, maxsus uslublar bilan bir qancha holatda va murakkab matematik masalalarni yechish orqali qo‘llanila boshlandi. Optimal loyihalashda katta ahamiyat texnik topshiriq bosqichidagi loyihalanayotgan ob’yektga qo‘yilgan to‘liq talablar ro‘yxati beriladi, bu ko‘rsatkichlar o‘rtasida sifat ko‘rsatkichi hamda optimallashtirish mezonidir. Bu borada yapon firmalarini tashabbusi—»Biz texnikani bunyod etmaymiz, biz insonlarni bunyod qilamiz». Ilmiy texnik mahsulotga namunaviy talablar: ishonchlilik, texnologiyalilik, standartlashtirish va unifikatsiya zararli ta’sirlarni chegaralash (ergonomiyalilik va ekologiyalilik) estetikalilik, tejamlilik patentli huquq hisoblanadi. Tizimli loyihalash qo‘yilgan vazifani kompleks yechadi, alohida ob’yektlar-tizim va o‘zaro ta’sir va o‘zaro aloqalarga, ularning o‘zaro qismlari sifatiga,shuningdek tashqi muhitga, ijtimoiy-iqtisodiy va ekologiyaga ta’sirlariga ularni faoliyat ko‘rsatishiga ahamiyat beradi.
    Tizimli loyihalashning omillari. Tizimli loyihalash, tizimli yondoshishga asoslanadi. Tizimli loyihalashning Omillariga: Amaliy foydalilik:
    Faoliyat maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak;
    Faoliyat maqsadli bo‘lishi kerak;
    Faoliyat asosli va samarali bo‘lishi kerak;
    Optimal variantni izlashga asoslanishi kerak;
    Tarkibiy qismlar birligi:
    Har qanday ob’yekt tizim sifatida ko‘rilishi kerak; soda qismlar tizim osti sifatida Ko‘rilishi kerak;
    Ishlangan ob’yekt odamlar uchun ko‘rilishi bunyod qilinishi va ekspluatatsiya qilinishi kerak;
    Loyihalash tuzilishning asosiy bosqichlari tarkibiga:
    Texnik topshiriq (TT)—ishlanayotgan ob’yektning asosiy tavsiyalari belgilanadi, uning texnik va taktik-texnik tavsifnomasi, Sifat ko‘rsatkichlari va texnik-iqtisodiy talablar, bosqichlarda kerakli hujjatlarni ro‘yxati, shuningdek buyumga maxsus talablar.
    Texnik taklif (TTF)—hujjatlar jamlanmasi, loyihani ishlashni texnik va texnik-iqtisodiy maqsadini asoslash yig’indisi (TIO). Bunday xulosa TT tahliliga asosan va turli variantlar yechimi bo‘lishi mumkin bo‘lgan holda,ularning ishlov beriladigan va mavjud buyumlarni taqoslama bahosi, shuningdek patently materiallarga beriladi. Belgilangan tartibda kelishilgan va asoslangan eskiz loyiha ishlovi texnologik jarayonni(TJ) tasdiqlanganlari hisoblandi.
    Eskiz loyiha (EL)—omilli yechimga ega bo‘lgan va tuzilish bo‘yicha umumiy holatni bayon qiladigan hujjatlar jamlanmasi va ob’yektda printsipli ishlar ishlovi, shuningdek uning vazifasini aniqlaydigan asosiy ko‘rsatkichlar gabarit o‘lcham to‘g’risidagi ma’lumot. Texnik loyiha  (TL)—oxirgi texnik qarorni qabul qiladigan, loyihalanadigan ob’yekt to‘g’risida to‘liq ma’lumot beradigan, ishchi hujjatlar ishlovining dastlabki ma’lumoti hujjatlari jamlanmasi. Ishchi loyiha bosqichi (IL) dastlabida tajriba ko‘rinishga va uni sinovdan o‘tkazishni to‘liq hujjatlari ishlanadi. Sinash bir qator bosqichlardan tashkil topadi (zavoddan to qabul –topshirishgacha), bularning natijasi bo‘yicha loyiha hujjatlarga tuzatish kiritiladi. Bundan buyon belgilangan seriyani tayorlash uchun, uni sinash, buyumning asosiy tarkibiy qismlarini ishlab chiqarish jarayonini yoritish. Bu bosqich bo‘yicha ham yana loyiha hujjatlariga tuzatish kiritiladi va bosh seriya (nazoratdagi)ni ishlab chiqish uchun ishchi hujjatlar ishlab chiqiladi. Hujjatlar asosida buyumlar ishlab chiqarishni oxirgi qayta ishlangan va tekshirilgan ishchi to‘liq texnologik jarayonni yoritilgan hujjatlari tuziladi. Sertifikatsiya—bosqich ishi davomiyligi tugallanadi, loyihalash faoliyatiga yakun yasaladi loyihalash hujjatlarini ishlash jarayoni yechiladigan masalani murakkabligiga qarab bir qancha bosqichlarni birastirish mumkin. Texnik topshiriq va texnik loyiha birgalikda ilmiy tadqiqot ishlarit (ITI), texnik taklif va eskiz loyiha—tajriba–konstruktorlik ishi (TKI). Har qanday masala uni fikirlash va dastlabki ma’lumotlarni aniqlashtirishdan boshlanadi. Buyuritmachi texnik talab (TT) berishidan boshlanadi, mutaxassis bo‘lmagan iste’molchi tomonidan boshlanadi, u har doim ham aniq bo‘lmaydi. Talabni predmetli til sohasiga keltiriladi, uni aniqlashtiriladi, uning kerakli yechimlari asoslanadi Texnik topshiriq (TT)—birinchi va ishning majburiyatli bosqichi. Bajaruvchi buyritmachi bilan birgalikda bajaradi. Bu bosqich mashinasozlikda tashqi loyihalash deb ataladi. Bosqichning asosiy natijasi sifat ko‘rsatkichlari tizimi hisoblanadi. Keyingi bosqichda ichki loyihalash paydo bo‘ladi. Bu yechim topishga qaratilgan va ishlovchi tomonidan bajariladi. Ta’sir omilini sintez qilish bosqichiga kiradi. Loyihalashni avtomatlashtirish deganda loyihani ishlab chiqish jarayonini bajarishning shunday usuli tushuniladiki, bunda loyihalash protseduralari va operatsiyalari loyihalovchining kompyuter texnologiyasi bilan chambarchas muloqotida amalga oshadi. Loyihalashni avtomatlashtirish hisoblash texnikasi vositalaridan muntazam ravishda foydalanishni nazarda tutadi; bunda loyihalovchi va kompyuter texnologiyasi orasidagi funksiyalarni ratsional taqsimlash va masalalarni mashinada yechish usullarini asosli tanlash lozim.
    Har qanday TJ ALT kompleks texnik vositalar, dasturiy-uslubiy kompleks va xizmat ko‘rsatuvchi personal tashkil qiladi. Kompleks texnik vositalar tizimga ma’lumotlarni kiritish-chiqarishni ta’minlashni ko‘zda tutgan, tizimda ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash, aks ettirish va ma’lumotlarni loyihalovchi uchun qulay holdagi shakilda berish, shuningdek loyihalashdagi ma’lumotlar ishlov jarayonini boshqarish. TJ ALT texnik vositasiga hisoblash texnikasi, pereferiya tuzlishi (asosan ma’lumotni kiritish-chiqarish uchun qo‘llaniladi), tarmoq jihozi ixtisoslashgan AIJ kiradi.

    • Axborot-TJ ALT da foydalaniladigan loyiha yechimlarini ishlash uchun ma’lumot-odatda hujjatlardagi;

    • Matematik-matematik uslublar yig’indisi, model va algoritmlar, bevosita loyihalash muolajalarini bajarish uchun kerak;

    • Lingvistik-TJ LATI da foydalaniladigan loyihalash tilini muammosiga-mo‘ljallangan maxsus ma’lumoti;

    • Dasturiy-barcha kompleks dastur va ekspluatatsion hujjatlar unga odatdagi matnli hujjatlar yoki mashinali tashuvchilar;

    • Uslubiy-TJ LATI ni umumiy yozuvlaridan iborat komplekt hujjatlar; avtomatlashtirish vositalaridan foydalanish bo‘yicha ma’lumotlar;

    • Tashkiliy-komplekt hujjatlar ( yoriqnoma, shtat jadvali, qoidalar), ALT vositalari kompleksi va komponentlarining turlari. Vositalar kompleksini ikki turga: bir turdagi ta’minlash vositalari kompleksiga (texnikaviy, dasturiy, axborot) va kombinatsiyalashgan vositalar kompleksiga ajratishadi. Bir turdagi ta’minot vositalari komplekslari bir turdagi ta’minlash komplekslaridan va komponentlaridan tarkib topadi; kombinatsiyalashgan vositalar komplekslari esa, har xil turdagi ta’minlash komplekslari va komponentlari majmuasidan tashkil bo‘ladi. Vazifasi ishlab-chiqarish-texnikaviy bo‘lgan mahsulotlarga taalluqli kombinatsiyalashgan ALT VKlar ikki turga bo‘linadi:

    Dasturiy-uslubiy kompleks (DMK);
    Dasturiy-texnikaviy kompleks (DTK).
    Dasturiy uslubiy kompleks loyihalash ob’yekti (ob’yektning bir yoki bir necha qismi yoki bir butun ob’yekt) bo‘yicha tugal loyiha yechimini olish yoki unifikatsiyalashgan protseduralarni bajarish uchun zarur bo‘lgan dasturiy, axborot va uslubiy ta’minotlar (matematik va lingvistik ta’minotlar komponentlari bilan birga) komponentlarining o‘zaro bog’langan majmuidan iborat. Vazifasi bo‘yicha DMKlar umum tizimli DMKlarga va bazaviy DMKlarga bo‘linadi; bazaviy DMKlar o‘z navbatida muammoga yo‘nalgan va ob’yektga yo‘nalgan DMKlarga bo‘linadi. Dasturiy-texnikaviy kompleks DMKlarning texnikaviy ta’minotning komplekslari va (yoki) komponentlari bilan o‘zaro bog’langan majmuidan iborat. Vazifasi bo‘yicha DTKlar avtomatlashtirilgan ish joyi (AIJ) va markaziy hisoblash komplekslari (MHK)ga bo‘linadi. Vositalar komplekslari o‘zlarining hisoblash va axborot resurslarini birlashtirib nimtizim yoki butun tizimlarning lokal hisoblash tarmoqlarini tashkil qilishi mumkin. Dasturiy axborot, uslubiy, matematik, lingvistik va texnikaviy ta’minot turlarining komponentlari vositalar komplekslarining tarkibiy qismi hisoblanadi. ALT VK funksiyalarini samarali bajarishi vositalar komplekslari tarkibiga kiruvchi komponentlarni sotib olinadiganlari bilan o‘zaro moslashuvini ta’minlagan holda ishlab chiqish hisobiga erishilishi kerak.


    Download 80,94 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 80,94 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2-mavzu. Zamonaviy avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari va ularni texnik sohalarda qo'llanilishi Reja

    Download 80,94 Kb.