sirtidan yorug'lik va tovushning qaytishi, ulardan issiqlik va elektr tokining yaxshi
o'tishi, zarba tasirida yassilanishi kabi xossalar metallarning eng muhim fizik
xossalaridandir. Bu xossalar faqat metallarga mansub bo'lgan metall bog'lanish
mavjudligi bilan tushuntiriladi.
Ma'lumki, barcha metallar kristall moddalardir. Metall kristallaridagi panjara
tugunlarining bir qismida ion joylashgan bo'ladi. Metallarning tashqi energetik
pog'onalaridagi valent elektronlari atom yadrosi bilan kuchsiz bog'langani uchun
oson uziladi. Uzilgan elektronlar atomlar va ionlar oralig'ida harakatlanib yuradi,
agar erkin elektron bironta elektronini yo'qotgan atomga (ionga) yakin kelib
kolsa, unga birikib, ionni neytral atomga aylantiradi. Demak, erkin elektronlar goh
bir ion, goh ikkinchi ion atrofida aylanib yuradi va metall kristallidagi barcha
atomlar (ionlar) orasida bog'lanish hosil qiladi. Kimyoviy bog'lanishning bunday
turi
metall bog'lanish deyiladi.