|
Bitta jarayondan boshqasiga o’tish
|
bet | 2/2 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 1,85 Mb. | | #236267 |
Bog'liq Alijon operatsion tizimlar 2mBitta jarayondan boshqasiga o’tish
Operatsion tizim, jarayonlarni boshqarishda, ularning birma-bir navbati bilan bajarilishini ta'minlaydi.
Jarayonlarni boshqarishni rejalashtirishga bog’liq navbatlar.
Insonlar kabi har bir jarayonning butun umri navbatda o’tadi. OT jarayonlarni boshqarish uchun quyidagi navbatlarni tashkil qiladi: Topshiriqlar navbati (job queue) – tizimdagi barcha jarayonlar to’plamini saqlaydi. Har bir yangi jarayon unga kiradi va tizimda qolish davrida unda qoladi.
Tayyor jarayonlar navbati (ready queue) – asosiy xotiradagi barcha bajarilishga tayyor bo'lgan jarayonlar to'plamini o'z ichiga oladi va o’zgartiriladigan navbat. Bu navbat tizim bajarilishiga imkon beradigan har bir yangi jarayonni, shuningdek, kiritish-chiqarish yoki kutilgan hodisa sodir bo’lganidan keyingi har qanday jarayonni o’z ichiga oladi.
Kiritish-chiqarishni kutayotgan jarayonlar navbati (device queues) – kiritish-chiqarish qurilmalari ishi natijasini kutib turuvchi jarayonlar to’plami (har bir qurilma o’zining navbatini tashkil qiladi).
Operatsion tizim tomonidan jarayonlarni boshqarish va tizimdagi jarayonlarning xatti-harakatlarini turli navbatlar orasidagi ko'chish sifatida ko'rish mumkin
Tasvirdan ko’rinib turibdiki, tayyor jarayonlar navbatida kiritish-chiqarish tugallangan jarayonlar ham mavjud. Kiritish-chiqarishni kutayotgan yoki uni bajarish imkoniyati bo’lgan jarayonlar (mos qurilmalarni bo’shatish) qurilmaga navbatga qo’yilgan. Ba’zi qurilmalar bo’sh bo’lishi mumkin, boshqalari esa bittadan ko’p jarayon navbatini o’z ichiga olishi mumkin. Shuningdek, navbatni hosil qilishda ma’lumotlarning taqdim etilishi nuqtai nazaridan e’tibor qaratish kerakki. Navbatni hosil qilishning eng foydali usullaridan biri, navbat uchun jarayonning nafaqat boshiga, balki uning davomchisiga ham ko’rsatkich (havola) saqlanib qolishi kerak, bu esa navbatni yanada samarali boshqarish imkonini beradi (masalan, elementni tez qo’shish navbatning oxiridan (davomidan) amalga oshiriladi.
Tayyor jarayonlar navbatidagi har bir jarayon qachondir protsessorga o’tadi va bajariladi. Bajarilish vaqtida bajarilishning to’xtatilishiga quyidagi holatlar sabab bo’lishi mumkin: sinxron kiritish-chiqarishga so’rov, jarayonga ajratilgan kvant vaqtning buzilishi, uzilish yoki qismjarayonning hosil bo’lishi. Oxirgi holat asosiy tushuntirishlarni talab qiladi.
Klassik UNIX sxemasida, tizimli fork chaqiruvida qismjarayonlarning hosil qilinishida qismjarayonlar uchun yangi virtual xotira maydoni yaratiladi, unga asosiy (ota) jarayonning xotira mazmuni nusxalanadi. Shundan so’ng ota jarayon protsessorni qismjarayonga bo’shatib beradi. Jarayonlarni parallelashtirish strategiyalari haqida keyingi ma’ruzalarda to’xtalamiz.
Jarayonlarni rejalashtirishni bajaruvchi rejalashtiruvchi
Operatsion tizimlarda jarayonlarni rejalashtirish bir nechta rejalashtiruvchilar tomonidan amalga oshiriladi. Ularning har biri o’ziga xos chaqiruv davriyligiga va o’zining aniq yechishi mumkin bo’lgan masalalari bor.
Uzoq muddatli rejalashtiruvchi (topshiriqlarni rejalashtiruvchilar) – qaysi jarayonlarni tayyor jarayonlar navbatiga qo’yish zarurligini aniqlaydi.
Qisqa muddatli rejalashtiruvchi (protsessorni rejalashtiruvchi) – qaysi jarayon navbatda bajarilishi kerak va qaysi jarayon protsessorga uzatilishi zarurligini aniqlaydi.
Tizimda vaqtni taqsimlash tartibini (rejimini) tatbiq etish uchun tizimga jarayonlarni chiqarish (diskka) va joylashtirish (xotiraga) rejalashtiruvchilarini qo’shish mumkin, bular qaysi foydalanuvchi jarayonlari xotiraga yuklanishi yoki diskka chiqarilishi zarurligini aniqlaydi.
Xulosa
Jarayonlar -bu bir nechta dasturlarning bajarilishini adolatli va samarali boshqarish usulini ta'minlovchi OTdagi asosiy ob'ektlar.Ular parallellik, izolyatsiya, xavfsizlik va moslashuvchanlikni taklif qiladi.Jarayonni boshqarish jarayonni yaratish, rejalashtirish, jarayonni tugatish va boshi berk ko'chaga chiqish kabi turli mas'uliyatlarni o'z ichiga oladi.Jarayon arxitekturasining muhim elementlari stek, yig'ma, ma'lumotlar va matndir.PCB (jarayonlarni boshqarish bloki) har bir jarayon uchun Operatsion tizim tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan ma'lumotlar strukturasidir.Jarayonlar turli holatlarga ega bo'lgan aniq belgilangan hayot tsikliga ega va OT rejalashtiruvchisi tomonidan boshqariladi.Jarayonlarni tushunish orqali biz OS dasturlarni qanday boshqarishini yaxshiroq tushunamiz.
- Modern Operating Systems (4th Edition) 4th Edition – Andrew S. Tanenbaum, Herbert Bos – Pearson April 2014 – 1136 pages.
- Operating System Concepts, Binder Ready Version 9th Edition - Abraham Silberschatz, Peter B. Galvin, Greg Gagne – Wiley January 2013 – 919 pages.
- Einar Krogh. An Introduction Windows Operating System. 2-nd edition, 2017 – 137 pages.
- Linux with Operating System Concepts – Richard Fox – CRC Press 2015 – 688 pages.
Foydalanilgan adabiyotlar:
|
| |