|
2-mustaqil ishi. Topshiriq: Ishlab chiqarish xonalarini shamolatish Topshirdi: Nabiyev. M tekshirdi: Davronov. B reja: Ishlab chiqish honalarni shamollatish
|
bet | 3/3 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 0,59 Mb. | | #253258 |
Bog'liq Nabiyev 2-mustaqil ishVentilyatsiya (lotincha: ventilatio — „shamollatish“) — xonalarning havosini almashtirib turish hamda bu ishni amalga oshiradigai qurilmalar majmui. Shaxtalar, sanoat korxonalari, turar joy binolari, jamoat uylari havosini yangilash uchun qoʻllaniladi. Binolarning havosi vaqt oʻtishi bilan fizik va kimyoviy jihatdan salbiy tomonga oʻzgaradi, chunki odam terisi, nafas aʼzolari orqali, uskunalarning ishlash jarayonlari tufayli va b. yoʻllari bilan tashqi muhitga issiqlik. suv bugʻlari, karbonat angidrid va qoʻlansa hidli moddalar (ter, organik moddalarning buzilish mahsulotlari va b.) ajraladi. Maʼlumki, katta yoshdagi odam normal (20°) temperaturada tashki muhitga 1 soatda 22—40 l karbonat angidrid, 100—200 kkal issiqlik va 50 g suv bugʻi chiqaradi. Yopiq xonalar havosi oʻzgarganda organizmdagi baʼzi jarayonlar buzilib: kishi dimiqib qoladi.
Baʼzi sanoat korxonalaridan chiqadigan badboʻy hid va kimyoviy moddalardan ifloslangan havo kishilarning markaziy nerv sistemasi, yurak-tomir sistemasi, ichki aʼzolari va hatto mushaklariga taʼsir etib, kon bosimini oshiradi, yurak urushini tezlashtiradi, ichki bosimini koʻtarib yuboradi va h.k. Kishilarning yashashi, ishlashi va dam olishi uchun moʻtadil sharoit yaratish da ventilyatsiya muhim omil hisoblanadi. Issiq mintaqali joylarda, shu jumladan Oʻrta Osiyo hududida ventilyatsiya ning ahamiyati ayniqsa katta. Shuning uchun boʻlsa kerak ota-bobolarimiz, ustalarimiz, qad. meʼmorlarimiz unga azaldan eʼtibor berib kelishgan. Eshik va derazaning yuqori qismiga ishlangan panjaralar, oshxona, novvoyxonalar tomidagi ochiq moʻrilar ventilyatsiya vazifasini oʻtagan.
Ventilyatsiya ning tabiiy vasunʼiy xillari boʻladi. Tabiiy ventilyatsiyada xonalar deraza va eshiklar orqali shamollatiladi. Sunʼiy ventilyatsiyada maxsus qurilmalar (ventilyator va b.) ishlatiladi. Sunʼiy ventilyatsiya havo oʻzoʻzidan almashinadigan (xona ichidagi va tashqi havo ogʻirliklari orasidagi farq hisobiga) va majburan (ventilyator yordamida) almashtiriladigan xillarga boʻlinadi. Sanoat binolarida zararli va portlash xavfi boʻlgan gaz hamda changlar ejektor yordamida chiqarib turiladi. Turar joylarda eshik, rom orqali havo doimo almashinib turadi (tabiiy ventilyatsiya), tashki havo temperaturasi xonadagi havo temperaturasidan qancha koʻp farq qilsa, havo shunchalik yaxshi almashinadi. Koʻp qavatli uylarda xonalar havosini toza tutish uchun oshxona, vanna, hojatxona havosi ventilyatsiya tizimi yordamida almashtirib turiladi.Ventilyatsiya umumiy (hamma xonalar markazlashgan usulda shamollatiladi) va mahalliy (xonalar alohida-alohida shamollatiladi) xillarga ham boʻlinadi. Teatr, kinoteatr, restoran, maktab, kasalxona va b. jamoat binolarida asosan sunʼiy va umumiy shamollatish tizimi ishlatiladi. Xonalarni ventilyatsiya yordamida shamollatib turishdan tashqari ularning temperaturasi va namligini moʻtadillab turish ham zarur. Bu tadbir konditsioner va isitish tizimlari yordamida amalga oshiriladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
2-mustaqil ishi. Topshiriq: Ishlab chiqarish xonalarini shamolatish Topshirdi: Nabiyev. M tekshirdi: Davronov. B reja: Ishlab chiqish honalarni shamollatish
|