• Choklarni ko`zdan kechirish va o`lchamlarini o`lchash
  • Rangli defektoskopiya.
  • Payvand choklarini tekshirish usulini tanlash va izoxlash




    Download 41,04 Kb.
    bet7/8
    Sana22.02.2024
    Hajmi41,04 Kb.
    #160944
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    2. Payvandlanadigan konstruksiyaga va uning materialiga xarakter-fayllar.org

    9.Payvand choklarini tekshirish usulini tanlash va izoxlash
    Payvand birikmalarning nuqsonlari deb, GOST me’yorlari, texnik shartlar va loyiha chizmalaridan chetga chiqishlarga aytiladi. Bu me’yorlarda quyidagilar: payvand choklarining geometrik o`lchamlari (balandligi va eni), chokni tashkil etuvchi metallning yaxlitligi, germetikligi, mexanik mustahkamligi, plastikligi, kimyoviy tarkibi va strukturasi nazarda tutiladi.

    Payvand birikmalarning yuqori sifatli va ishonchli chiqishini ta’minlash uchun dastlabki tekshirish, jarayonlar bo`yicha tekshirish, tayyor payvand birikmalarni tekshirish ishlarini bajarish lozim.


    Choklarni ko`zdan kechirish va o`lchamlarini o`lchash
    Tekshirishning bu usuli payvandlashda zarur va keng tarqalgan usullardandir.
    Payvandlashda yomon payvandlanadigan po`latlarning payvand choklarini qayta-qayta ko`zdan kechirish tavsiya etiladi. Ko`zdan kechirish bilan darz ketgan joylar yoki birikkan elementlar o`qlarining noperpendikulyarligi, biriktiriladigan elementlar qirralarining surilganligi, choklarning o`lchamlari va shakllari nomuvofikligi (balandligi, kateti va chok kengligi hamda kuchaytirishning bir tekismasligi, qatlamlanishi bo`yicha), barcha ko`rinishlar va yo`nalishlardagi darzlar, erib to`planib qolgan joylar, kesiklar, kuygan joylar, to`ldirilmagan kraterlar, yaxshi payvandlanmagan yerlar, g`ovaklik va boshqa nuksonlar, bir kesimdan ikkinchi kesimga o`tishning ravonmasligi, payvandlangan uzel (buyum)ning umumiy geometrik o`lchamlarining chizma va texnik shartlarga to`g`ri kelmasligi, payvandchining tamg`asi yo`qligi yoki qo`yilgan tamg`aning joriy qilingan talablarga mos kelmasligi aniqlanadi.
    Bittasini ham koldirmasdan barcha payvand birikmalarni ko`zdan kechirish lozim. Tashqi ko`rik va payvand birikmalarni o`lchash tekshirish ob’ekti yetarlicha yoritilgan sharoitda amalga oshiriladi.

    Rangli defektoskopiya.Rangli defektoskopiya usulining ma’nosi kuyidagicha. Nuqsonlarni aniqlash uchun oldindan tozalangan va moysizlantirilgan payvand choki sirtiga va uning atrofiga yuqori kapillyar aktivlikdagi maxsus tarkibli, to`q qizil rangli buyoq surkaladi. Kapillyar kuchlar ta’sirida suyuqlik (qizil bo`yoq) mayda tirqishlarga va teshiklarga — sirtda joylashgan nuqsonlarga qiradi. Shundan keyin qizil bo`yoqning ortiqchasi payvand birikma sirtidan tozalab olinadi va uning ustiga maxsus oq buyoq surtiladi, bu oq bo`yoq tarkibida adsorblovchi va nuqsonlardan qizil bo`yoqni tortib oluvchi modda bor. Ok bo`yoq fonida hosil bo`lgan qizil rasmlar nuqson shakli va xarakterini ifodalaydi, payvand chokning nazorat qilinadigan sirtidagi bu rasmlarni oddiy ko`z yoki lupa yordamida aniqlash mumkin.
    6 - rasm. Rangli defektoskopiya chizmasi:
    a – indikatorli suyuqlikni surkash; b – indikator suyuqligini ortiqchasini olib tashlash; v – proyavitelni yotqizish; g – proyavitelda xosil bo`lgan dog`lar
    Bu usuldan legirlangan po`latlar, qora metallar va rangli metallar hamda qotishmalar, plastmassalar va hokazo payvand birikmalarni nazorat qilishda foydalanish mumkin. Nazorat qilishning hamma qoidalariga rioya qilinganda chuqurligi 0,01 mm va kengligi 0,001 mm gacha bo`lgan yoriqlarni aniqlash imkonini beradi. Boshqa fizik nazorat kilish usullari ichida bu usul texnologiyasining oddiyligi, arzonga tushishi va bevosita konstruksiyaga o`rnatilgan detallarni ham nazorat qilish mumkinligi bilan ajralib turadi.
    Lyuminessent usuli shundan iboratki penetrant izlari yaxshiroq namoyon bo`lishi uchun unga lyuminoforalar (ultrabinavsha rangda yonuvchi bo`yyoqlar)qo`shiladi.

    Download 41,04 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 41,04 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Payvand choklarini tekshirish usulini tanlash va izoxlash

    Download 41,04 Kb.