|
Elektr istemolini optimallashtirish
|
bet | 3/3 | Sana | 08.12.2023 | Hajmi | 153,4 Kb. | | #113978 |
Bog'liq 2. Sanoat korxonalarida enhatni qurishning vazifalari Elektr istElektr istemolini optimallashtirish
Texnik vositalarga bog‘liq bo’lmagan energiya resurslari iste’molini nazorat qilish va hisobga olish yordamida quyidagi ikki maqsadga erishish mumkin:
1. Energiya iste’molini real hajmiga muvofiq energiya resurslariga bo’lgan talabni ta’minlash;
2. Energiya resurslarini ishlab chiqarish va ular bilan bog’liq boshqa xarajatlarni minimallashtirish.
Bu maqsadlarga erishishning turli yo‘llari mavjudligi sababli energiya resurslariga xarajatlarni minimallashtirish masalasini energiya resurslaridan foydalanish hajmini kamaytirmasdan hamda ulardan foydalanish hajmini kamaytirish hisobiga amalga oshirish mumkin.
Nazorat qilish va hisobga olish tizimlarining vazifalari quyidagilardan iborat:
energiya resurslari iste’molini real hajmiga va ularni ishlab chiqarishga
bog‘liq bo‘lmagan harajatlarini minimallashtirishga muvofiq, xususan, aniqlilik darajasi yuqori bo‘lgan o‘lchash asboblaridan foydalanish yoki birlamchi ma’lumotlarni yig‘ish uzviyligi hisobiga energiya resurslariga hisoblashlarni ta’minlash maqsadida energiya resurslari iste’moli parametrlarini aniq o‘lchash;
energiya ta’minoti korxonalari subabonentlari bilan moliyaviy hisoblashlar va boshqarish yechimlarini qabul qilish uchun ishlatiladigan ma’lumotlar ishonchliligini oshirish hisobiga ulardan foydalanishni real hajmiga bog‘liq ravishda energiya resurslari iste’moli hisobini ta’minlash maqsadida ma’lumotlar to‘liqligini tahlil qilish;
energiya resurslarini ishlab chiqarish bilan bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan harajatlarni minimallashtirish maqsadida amaldagi tariflar tizimiga asosan korxona, uning ob’ektlari va sexlari bo‘yicha energiya resurslarini kompleks avtomatlashtirilgan tijorat va texnik hisobga olish tizimi yordamida iste’molni nazorat qilish;
energiya resurslari harajatlarini minimallashtirish va energiya ta’minoti
xavfsizligini ta’minlash maqsadida berilgan limitlarga nisbatan berilgan vaqt
intervallarida (5, 30 minut, zonalar, smenalar, sutkalar, dekadalar, oylar, kvartallar va yillar) quvvat, sarf va haroratni rejimli va texnologik jarayonlar hisobga olish nuqtalarida va ob’yektlarida energiyadan foydalanishni nazorat qilish;
energiya resurslariga harajatlarni minimallashtirish va energiya resurslari nazorat qilinadigan parametrlarining ruxsat etilgan chegaralardan chiqishi tufayli ishlab chiqarish jarayonlarining buzilishidan keyin ularni qayta tiklash maqsadida ham energiyadan foydalanishni va ishlab chiqarish jarayonlarini tahlil qilish uchun energiya resurslari nazorat qilinadigan parametrlarining og‘ishlarini qayd etish, ularni absolyut va nisbiy birliklarda baholash;
operativ yechimlarni qabul qilish hisobiga energiya resurslari ishlab chiqarish harajatlarini minimallashtirish maqsadida nazorat qilinadigan kattaliklarni ruxsat etiladigan qiymatlar oralig‘idan og‘ishlari haqida habar berish (rang, tovush bilan);
energiyadan foydalanishni rejalashtirish hisobiga energiya resurslariga ishlab chiqarish harajatlarini minimallashtirish maqsadida energiyani hisobga olish kattaliklarining parametrlarini oldindan bashorat qilish (qisqa, o‘rta va uzoq muddatli);
inson ishtirokini minimumga keltirish va boshqarish sifatini ta’minlash
hisobiga energiya resurslariga ishlab chiqarish harajatlarini minimallashtirish
maqsadida ma’lum mezonlar va iste’molchilar-rostlagichlarni ulash/uzish funksiyalarida prioritet sxemalar asosida energiya iste’molini avtomatik boshqarish;
sinxron o‘lchashlarni ta’minlash hisobiga energiya resurslari ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan harajatlarni minimallashtirish maqsadida yagona tizim vaqtini ushlab turish. Ishlab chiqarish korxonalarining ko‘plab amaldagi ENHAT o‘z tuzilmaviy va funksional cheklashlari tufayli ko‘rib chiqilgan masalalarni faqat bir qismini yechadi.
Xulosa
So’nggi yillarda energiya resurslarining yuqori narxi sanoatda va boshqa ko’p energiya istemol qiladigan sohalarda (transport va uy-joy kommunal xo’jaligi) istemol qilingan energiyani hisobga olish tizimida tubdan o’zgarishlarni amalga oshirishga sabab bo’ldi. Istemolchilar energiya resurslarini yetkazib beruvchilar bilan elektr energiyani hisobga olishni qandaydir shartli meyorlar, eskirgan va noaniq o’lchash asboblari orqali emas, balki zamonaviy, yuqori aniqlikda hisobga oluvchi asboblar asosida hisoblash zarurligini tushuna boshladilar. Korxonalar o’zining “kechagi kun” energiya istemoli hisobini bugungi kun talabiga mos ravishda qayta tashkil etishga urinmoqdalar. Istemolchilar energiya resurslarini tejash va moliyaviy xarajatlarini kamaytirishda dastlabki qadam – energiya istemolini yuqori aniqlikdagi hisoblash asboblari yordamida hisobga olishni amalga oshirishdan boshlash kerakligini tushindilar.
Energiya resurslarining rivojlangan savdosi malumotlarni o’lchash, yig’ish va qayta ishlash bosqichlarida inson ishtirokini minimumga olib keladigan va energiya resurslarini yetkazib beruvchi tomonidan ham, istemolchi tomonidan ham turli tarif tizimlariga ishonchli, aniq va ixcham moslashtirilishini taminlaydigan energiyani hisobga olishda avtomatlashtirilgan tizimlarni tatbiq etishni talab qilmoqda. Shu maqsadda iste’molchilar ham, energiya taminotchilari ham o’z obyektlarida elektr energiyasini nazorat qilish va hisoblashning avtomatlashtirilgan tizimlari (ENHAT) ni tashkil qilmoqda. Zamonaviy ENHAT lar korxonalarning energiya istemolini to’liq nazorat qiladi va energiya yetkazib beruvchilar bilan kelishuv asosida energiya sarflarini meyorlashtirish bilan turli tariflar tizimlariga o’tish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. F. A. Xoshimov, A. D. Taslimov, I. U. Raxmonov “Elektr ta’minoti tizimida energiya nazorati va hisobi” Toshkеnt–2014
3. I. U. Raxmonov, K. M. Reymov, N. N. Niyozov, A. M. Najimova, “Elektr ta’minoti tizimida energiya tejamkorligi” Toshkent-2020
2. I. X. Siddikov, M.I. Maxmudov, N.N.Mirzoyev, X.E.Xujamatov “Energiya nazorati va hisoblashni avtomatlashtirilgan tizimlari” Toshkent-2019
|
| |