• Maruzanimg maqsadi
  • Tizimli platalar to’g’risida asosiy tushunchalar Atamalari
  • Asosiy turlari
  • 2-semenar. Ona platalar va unga ulanadigan qurilmalar tasnifi Mavzuni o’zlashtirish rejasi




    Download 374,81 Kb.
    bet1/11
    Sana30.01.2024
    Hajmi374,81 Kb.
    #148688
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    2-sem


    2-semenar. Ona platalar va unga ulanadigan qurilmalar tasnifi


    Mavzuni o’zlashtirish rejasi:



    1. Ona (Tizimli) platalar to’g’risida asosiy tushunchalar;

    2. Tizimli platalarning tuzilishi;

    3. Tizimli platalarni tanlash.

    4. Ona platada most, shina va slotlar vazifalari


    Maruzanimg maqsadi:
    Talabalarga zamonaviy kompyuterlarning tizimli platalari va ularning asosiy ko’rsatgichlari to’g’risidagi asosiy tushunchalarni berish va ular bilan ishlash malakasini hosil qilish.


    Mavzuning tayahch iboralari:

    Tizimli plata.. LPX. ATX. Micro ATX. Flex. WTX. Tuzilishi. Formfaktor. Nuqsonlar. Bartaraf etish. Tanlash.




    Tizimli platalar to’g’risida asosiy tushunchalar


    Atamalari: Tizimli plata, ona plata, asosiy plata, bosh plata, sistemnaya plata, osnovnaya plata, glavnaya plata, materinskaya plata, system board, mother board, main board.
    Vazifalari: Kompyuterning eng asosiy qurilmalaridan biri bo’lib, turli elektron qurilmalarni, mikrosxemalarni kompyuterga o’rnatishga, shu qurilmalarni maxsus aloqa kanallari orqali bitta tizim qilib bir-biri bilan bog’lashga hamda ularning bir-biri bilan moslikda faoliyat yuritishini nazorat qilib borishga xizmat qiluvchi moslamadir. Ya’ni, kompyuterning qurilmalari bir oilaning farzandlari bo’lsa, tizimli plata ularni tarbiyalab, hol-ahvolidan xabardor bo’lib turuvchi, hamjihatlikda yashashini nazorat qilib turuvchi onasidir. Shuning uchun ham bu qurilma «ona plata (materinskaya plata)» deb ham ataladi.
    Asosiy turlari: Zamonaviy tizimli platalar - o’zlarining fizik hamda texnik imkoniyatlari (parametrlari) hamda shu plata o’rnatilishi mumkin bo’lgan tizimli blok korpusining tipini bildiruvchi parametrlari - formfaktorlari (form factor) bilan bir-biridan farq qiladi. Tizimli platalarning formfaktorlari standart (ya’ni, o’zaro mos keluvchi) va standart bo’lmagan (ya’ni, faqat o’ziga xos) kabi turlarga bo’linadi.
    Hozirgi paytda quyidagi standart formfaktorli tizimli platalar keng tarqalgan:
    - Baby – AT (eskirgan turi, hozirgi paytda ishlab chiqilmayapdi);
    - To’liq o’lchamli AT (eskirgan turi, hozirgi paytda ishlab chiqil-
    mayapdi);
    - LPX (eskirgan turi, hozirgi paytda ishlab chiqilmayapdi);
    - ATX (zamonaviy turi);
    - Micro – ATX (zamonaviy turi);
    - Flex – ATX (zamonaviy turi);
    - NLX (zamonaviy turi);
    - WTX (keyingi yillarda ishlab chiqilmayapdi);
    Hozirgi paytda Intel kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilayotgan standart tizimli platalarning ayrim formfaktorlari to’g’risidagi ma’lumotlar 3.1-jadvalda keltirilgan.
    Standart bo’lmagan tizimli platalarga Compaq, Packard Bell, Hewlett – Packard kompaniyalarning mahsulotlari misol bo’la oladi.

    Download 374,81 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 374,81 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2-semenar. Ona platalar va unga ulanadigan qurilmalar tasnifi Mavzuni o’zlashtirish rejasi

    Download 374,81 Kb.