• Ona platada most, shina va slotlar vazifalari Tizimli platadagi shimoliy va janubiy most tushunchalari, ularning vazifalari.
  • 2-semenar. Ona platalar va unga ulanadigan qurilmalar tasnifi Mavzuni o’zlashtirish rejasi




    Download 374,81 Kb.
    bet4/11
    Sana30.01.2024
    Hajmi374,81 Kb.
    #148688
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    2-sem

    Batareyka razyemi. Bu raz’yomga kompyuterlar uchun maxsus ishlab chiqarilayotgan batareykalar (mini-akkumulyatorlar) o’rnatiladi. Bunday batareykalar – kompyuter elektr tarmog’idan uzilgan taqdirda ham uning ayrim elektron qurilmalarini (BIOS, CMOS, taymer) elektr energiyasi bilan uzluksiz ravishda ta’minlab turishga xizmat qiladi. Ularning elektron
    qo’l soatlaridagi kabi doiraviy hamda elektron devor soatlaridagidek silindrik shaklidagi turlari ishlab chiqilmoqda.
    Bunday batareykalar turlariga ko’ra uch yildan tortib to o’n yilgacha (Dual Real Time batareykalari) energiya bilan ta’minlab turishi mumkin.
    Ona platada most, shina va slotlar vazifalari
    Tizimli platadagi shimoliy va janubiy most tushunchalari, ularning vazifalari.

    Chipset protsessorning boshqa hamma qismlar va qurilmalar bilan o’zaro bog’lanishini ta`minlovchi uning ajralmas qismi hisoblanadi. Chipset deganda odatda shimoliy (tizimli kontrolyor) va janubiy (atrofdagi qurilmalar kontrolyori) ko’prik deb ataluvchi ikki mikrosxemadan tashkil topgan tizimli mantiqiy makrosxemalar to’plami tushunchasi nazarda tutiladi.


    Shimoliy (aloqa) - protsessor bilan bevosita bog’lanadigan (protsessor shinasi bilan) chipsetning “tizimli” tashkil etuvchisidir, shuning uchun har bir turdagi protsessor uchun bir-biriga yaqin turdagisidan tashqari, shimoliy ko’prikning uz varianti bulishi kerak. Shimoliy ko’prik (xususan uning nomi bilan butun chipset ham nomlanadi, masalan Intel 82845D-- chipset i 845D) protsessor, xotira, grafik tizimosti va boshqa qurilmalar o’rtasidagi ma`lumotlar oqimi uchun o’tkazish qobiliyati kerakli darajasini ta`minlaydi. Janubiy ko’prik atrofdagi tashqi qurilmalar bilan bog’lanadi, alohida shina yordamida shimoliy ko’prikka bog’lanadi, protsessor va atrofdagi tashqi qurilmalar ishlashi samaradorligi ana shu shinaning o’tkazuvchanlik qobiliyatiga bog’liq buladi. Bugungi kunda ko’priklar o’rtasida nuqta - nuqta tipidagi shinalar qo’llanilmoqda (shu bilan birga har bir ishlab chiqaruvchining shinasi turlicha). Intel bunday arxitekturani xabovoy deb ataydi (Hub intertace), ko’priklarni esa xablar, ammo xablarni hozirgacha ko’proq ko’priklar deb ataydilar.

    Download 374,81 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 374,81 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2-semenar. Ona platalar va unga ulanadigan qurilmalar tasnifi Mavzuni o’zlashtirish rejasi

    Download 374,81 Kb.