|
2-semenar. Ona platalar va unga ulanadigan qurilmalar tasnifi Mavzuni o’zlashtirish rejasi
|
bet | 2/11 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 374,81 Kb. | | #148688 |
Bog'liq 2-semAsosiy kompaniyalar: Hozirgi paytda zamonaviy tizimli platalar asosan IBM, Compaq, Intel, ASUSTek, Mylex Corp., FIC (First International Computer), Giga Byte, Micronic Computers, Packard Bell, HP (Hewlett – Packard), Acer, ABIT, Elitegroup kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilmoqda.
2.Tizimli platalarning tuzilishi
Fiberglas (shisha tolali) materialdan to’g’ri to’rtburchak shaklida ishlangan kartadan iborat eng katta plata bo’lib, quyidagi asosiy elementlardan (komponentalardan, tarkibiy qismlardan) tashkil topgan.
- prosessorning uyachasi;
- chipset;
- Super I/O mikrosxemasi;
- BIOS moduli (doimiy xotira moduli);
- Tezkor xotira modullarining razyemlari (uyachalari)
- Magistral shinalar;
- Taymer;
- Batareyka o’rnatiladigan uyacha (raz’yom).
Prosessorning uyachasi. Prosessorlar Socket yoki Slot tipidagi uyachalarga o’rnatiladi. Bunday uyachalar dastlab, Intel kompaniyasining Intel 486 kompyuterlarida qo’llanilgan bo’lib, prosessorlarni mustaqil ravishda tizimli platadan yechib olib almashtirishga imkon berdi (bungacha prosessorlar tizimli plataga kavsharlanib o’rnatilar va tizimli plata bilan birgalikda almashtirilar edi).
Tizimli platadagi har bir Slot yoki Socket lar mos ravishda o’zlarining tartib raqamlariga ega bo’lganliklari uchun, qaysi Slot yoki qaysi Socket qanday tipdagi prosessorga mos kelishini aniqlash osondir.
Slot ga mo’ljallangan prosessorlar plata sathiga vertikal (tik), Socket ga mo’ljallanganlari esa unga gorizontal (yotiq) holatlarda o’rnatiladi.
Keyingi yillarda prosessorlar asosan Socket tipidagi uyachalarga moslab chiqarilmoqda.
Quyidagi 3.2-jadvalda prosessorlarni o’rnatishga mo’ljallangan Slot va Socket tipidagi uyachalar to’g’risidagi asosiy ma’lumotlar keltirilgan.
Chipset. Tizimli plata nafaqat tezkor ravishda ishlashi, balki u ishonchli tarzda ham ishlashi kerak. Buning uchun, unga o’rnatilgan turli mikrosxemalarning hamda elektron qurilmalarning o’z imkoniyatlari darajasida, bir-birlari bilan o’zaro moslikda faoliyati yuritishlari hamda ularning faoliyati uzluksiz ravishda nazorat qilinib borilishi talab qilinadi. Albatta, bunday elektron qurilmalarning samarali ishlash parametrlari va ularning faoliyatini nazorat qilib borish usullari BIOS ko’rsatmalarida berilgan bo’ladi. Lekin bu ko’rsatmalar maxsus elektron qurilma – chipset orqali amalga oshiriladi. Shuning uchun ham chipset – tizimli platadagi prosessordan keyingi eng muhim qurilmalardan biridir. Yoki boshqacha qilib aytganda, prosessor – kompyuterning bosh miyasi bo’lsa, chipset – uning asosiy asab tizimidir.
Chipset - tizimli plataga kavsharlanib o’rnatilgan kvadrat shaklidagi eng katta ikkita mikrosxemalardan tashkil topgan bo’lib, yuqorida joylashgani – shimoliy ko’prik (severnыy most), pastroqda joylashgani – janubiy ko’prik (yujnыy most) deb ataladi.
Shimoliy ko’prik (severnыy most) mikrosxemasi asosan prosessor, operativ xotira va videotizimning (videokarta va monitorning) bir-birlari bilan o’zaro moslikda ishlashini ta’minlaydi, kerakli aloqa vositalari (shina va interfeyslar) orqali ma’lumotlar uzatilishini hamda ularning ishlash holatlarini doimiy ravishda nazorat qilib boradi. Buning uchun u - shu qurilmalarning va ularni bir-biri bilan bog’lovchi aloqa tizimining vazifalari, imkoniyatlari, turlari hamda shu qurilmalarning yana qanday versiyalari bilan ishlay olishi mumkinligi to’g’risida xotirasida saqlanib qolgan ma’lumotlarga asoslanadi (chunki, kompyuterga qanday yangi qurilma yoki mikrosxema o’rnatilmasin, ularning asosiy parametrlari BIOS orqali chipsetning xotirasiga uzatiladi).
Janubiy ko’prik (yujnыy most) mikrosxemasi asosan qolgan ichki elektron qurilmalarning hamda barcha tashqi kiritish-chiqarish qurilmalarining bir-biri bilan o’zaro moslikda ishlashini ta’minlaydi, o’zaro ma’lumot almashuvchi aloqa kanallarining hamda qurilmalarning ishlash holatlarini doimiy ravishda nazorat qilib boradi. Buning uchun u ham xuddi shimoliy ko’prik (severnыy most) mikrosxemasi kabi xotirasiga yozilgan ma’lumotlarga hamda BIOS ko’rsatmalariga tayanadi.
Bu mikrosxema asosan, quyidagi aloqa vositalarining (shina va interfeyslarning) ishlashini tashkil qiladi hamda nazorat qiladi:
PCI – kengaytiruvchi platalar ulovchi;
IDE (ATA, ATAPI) – ichki diskovodlarni ulovchi;
USB – tashqi qurilmalarni ulovchi;
AC’97, MC’97 – ovozni eshittiruvchi va qabul qiluvchi qurilmalarni hamda modemlarni ulovchi;
IEEE 1394 – tezkor qurilmalarni hamda lokal aloqa to’rlarini ulovchi;
Ethernet – lokal aloqa to’rlarini ulovchi;
COM – ketma-ket portlarni (eski kompyuterlarda);
LPT - parallel portlarni (eski kompyuterlarda);
Game/MIDI – joystik va musiqa asboblarini ulovchi;
PS/2 – klaviatura va «sichqoncha» ni ulovchi;
RiserCard – kengaytiruvchi maxsus kartalarni ulovchi;
Serial ATA – ichki diskovodlarni ulovchi;
PSI Express – grafik adapterlarni ulovchi;
Hyper Transport – kengaytiruvchi kartalarni hamda ichki qurilmalarni ulovchi;
SCSI – ichki va tashqi qurilmalarni ulovchi;
Bluetooth – tashqi qurilmalarni kabelsiz aloqa kanallari orqali ulovchi;
Home RF - – tashqi qurilmalarni radio kanallari orqali ulovchi;
Home PNA – telefon kanali orqali lokal aloqa to’rlariga chiquvchi;
ADSL – telefon kanali orqali INTERNET tizimiga chiquvchi;
Interfeys 802.11 – radiokanallar orqali lokal aloqa to’rlarini hamda uzoqdagi tashqi qurilmalarni ulovchi.
Hozirgi paytgacha Intel kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan zamonaviy chipsetlar to’g’risidagi asosiy ma’lumotlar 3.3-jadvalda keltirilgan.
Bulardan tashqari Pentium kompterlariga mo’ljallangan zamonaviy chipsetlar ALi -Acer Laboratories, Ins (Aladdin chipsetlari), VIA Technologies (Apollo chipsetlari), SiS-Silicon Integrated Systems (SiS chipsetlari) tomonidan ham ishlab chiqilmoqda.
Super I/O mikrosxemasi. Tizimli platadagi uchinchi asosiy mikrosxema bo’lib, asosan, kirituvchi-chiqaruvchi qurilmalarning ishlashini doimiy ravishda nazorat qilib turadi.
Quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topgan:
- yumshoq, qattiq hamda kompakt disk diskovodlarining
kontrollyorlari;
- ketma-ket portlarning kontrollyorlari;
- parallel portlarning kontrollyorlari;
- klaviatura va «sichqoncha» portlari kontrollyorlari.
- universal (USB) porti kontrollerlari.
Bunday mikrosxemalarga Intel kompaniyasi tizimli platalariga o’rnatilgan SMS (Standart Microsystems Corp.) kompaniyasining LP47V102 mikrosxemalari misol bo’la oladi.
BIOS moduli. BOIS moduli yoki boshqacha qilib aytganda doimiy xotira moduli har bir tizimli plata uchun o’ziga xos bo’lib, shu platadagi maxsus Socket ga o’rnatiladigan ikkinchi mikrosxemadir (birinchisi - prosessor).
Bu modul to’g’risidagi batafsil ma’lumotlar «Doimiy xotiralar» bo’limida keltirilgan.
|
| |