• Ketma-ket ulash
  • Parallel ulash
  • 2 Tabiiy fan Darslik (6 sinf). indd




    Download 18,41 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet126/132
    Sana09.12.2023
    Hajmi18,41 Mb.
    #114589
    1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   132
    Bog'liq
    2 Tabiiy fan Darslik (6 sinf). indd

    Ketma-ket ulash
    Parallel ulash
    Rasmda ikkita lampochkaning elektr zanjirida ketma-ket ulanishi va uning elektr 
    sxemasi keltirilgan. 
    Ikki va undan ortiq iste’molchilarning birin-ketin ulanishi ketma-ket ulanish deb 
    ataladi. Ketma-ket ulangan zanjirda elektr energiyasi birinchi iste’molchidan ikkinchi 
    iste’molchiga uzluksiz o‘tadi. Agar iste’molchilarning biri (lampochka) ishlash jarayonida 
    yaroqsiz bo‘lib qolsa, elektr toki zanjir bo‘ylab oqmay qoladi. Natijada lampochkalar 
    yonmaydi.
    Rasmda ikki lampochakaning elektr zanjirida parallel ulanishi va uning elektr sxemasi 
    keltirilgan. 
    Ikki va undan ortiq iste’molchilarning bir uchi A nuqtaga, ikkinchi uchi B nuqtaga 
    birikib zanjirga ulanishi parallel ulanish deb ataladi. Parallel ulanganda zanjirda elektr 
    energiyasi barcha iste’molchilarga uzatiladi. Agar iste’molchilarning biri (lampochka) 
    ishlash jarayonida yaroqsiz bo‘lib qolsa ham elektr toki zanjir bo‘ylab oqadi, ya’ni ikkinchi 
    lampochka yonib turadi. 
    +

    +

    A
    B


    183
    12-bob. ELEKTR VA MAGNIT HODISALAR
    Bizga kerak
    Bajarish tartibi

    tok manbai – galvanik 
    element

    patronga o‘rnatilgan 
    ikkita lampochka

    uzib-ulagich va 
    ulovchi simlar
    Ketma-ket ulash
    1. Tok manbai, elektr lampochka, uzib-ulagich va ulovchi 
    simlarni oling. Ulovchi simlarning himoya qatlami 
    mavjudligiga e’tibor bering.
    2. Elektr lampochkalarni ketma-ket ulab, zanjirni yig‘ing va 
    uzib-ulagichni ochiq holatda qoldiring. 
    3. Zanjirdagi uzib-ulagichni ulang. Jarayonni kuzating.
    4. Zanjirdagi uzib-ulagichni uzing.
    5. Patronlarning biridan lampochkani oling.
    6. Zanjirdagi uzib-ulagichni ulang. Jarayonni kuzating va xulo-
    sa chiqaring.
    Parallel ulash
    1. Tok manbai, elektr lampochka, uzib-ulagich va ulovchi 
    simlarni oling. Ulovchi simlarining himoya qatlami 
    mavjudligiga e’tibor bering.
    2. Elektr lampochkalarni parallel ulab, zanjirni yig‘ing va uzib-
    ulagichni ochiq holatda qoldiring. 
    3. Zanjirdagi uzib-ulagichni ulang. Jarayonni kuzating va xulo-
    sa chiqaring.
    4. Zanjirdagi uzib-ulagichni uzing.
    5. Patronlardan biridan lampochkani oling.
    6. Zanjirdagi uzib-ulagichni ulang. Jarayonni kuzating va xulo-
    sa chiqaring.

    Download 18,41 Mb.
    1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   132




    Download 18,41 Mb.
    Pdf ko'rish