184
12-bob. ELEKTR VA MAGNIT HODISALAR
84-MAVZU.
ELEKTR XAVFSIZLIK CHORALARI
Nima uchun inson tanasi elektr tokini o‘tkazuvchi hisoblanadi?
Elektr uzatuvchi simlar usti nima uchun kauchuk yoki plastmassa bilan qoplanadi?
Kundalik turmushimizda elektr energiyasidan ko‘p foydalanamiz. Masalan, elektr
chiroqlardan uy va ko‘chalarni yoritishda, elektr choynakdan choy qaynatishda, mikroto‘lqin-
li pechdan ovqatni isitishda, muzlatkichlardan oziq-ovqatlarni sifatli saqlashda, changyut-
kichdan
xonalarni tozalashda, konditsionerdan isitish va sovitishda, elektr dazmoldan
kiyimlarni dazmollash va boshqalarda. Biz kundalik ehtiyojlarimizda
elektr energiyasidan
juda ko‘p foydalanishga ko‘nikib qolganmiz. Shuning uchun biz elektr energiyasidan foyda-
lanishni oddiy hol deb qaraymiz va ba’zan xavfsizlik choralariga e’tibor bermaymiz.
Elektr energiyasidan foydalanishimizda uning ijobiy tomonlari bilan birga salbiy oqi-
batlari ham bor. Masalan, elektr asboblaridan noto‘g‘ri foydalanish,
xavfsizlik qoidalariga
rioya qilmaslik oqibatida elektr toki urishi hodisasi sodir bo‘ladi. Elektr tokini uzatishda
o‘tkazgich simlardan foydalaniladi. Bu simlarning usti kauchuk yoki plastmassa bilan
qoplanadi. Agar odam usti ochilib
qolgan elektr simiga tegsa, elektr energiyasi tanadan
o‘tganda halokatli shikastlanish yoki o‘limga olib kelishi mumkin.
Simning usti kauchuk yoki plastmassa bilan qoplangan bo‘lsa, izolyatsiyalangan deyiladi.
Elektr energiyasidan foydalanishda quyidagi xavf-
sizlik qoidalariga rioya qiling:
• elektr jihozlaridan foydalanishda nam qo‘lingiz bi-
lan elektr kabellarini ushlamang;
• ko‘chadan o‘tgan elektr tarmog‘i simlari izolyat-
siyalanmagan bo‘ladi, shuning
uchun uzilgan elektr
tarmog‘i simiga yaqinlashmang;
• elektr jihozlarini suvdan uzoqroqda saqlang;
• elektr rozetkalariga ortiqcha yuklama bermang.
Elektr mutaxassislari elektr ta’mirlash ishlarini olib
borishda elektr o‘tkazmaydigan qo‘lqoplar, himoya
kiyimlari va tagliklari izolyatsiyalangan poyabzal
kiyishlari zarur.
Shuningdek, elektriklar o‘zlari ning
elektr ta’mirlash ishlarini bajarish uchun turli xil
izolyatsiyalangan jihoz va buyumlardan foydalanadi-
lar. Bular: indikatorli otvyortka,
yassi ombur, elektrik
izolyatsion tasma, multimetrlar.