188
12-bob. ELEKTR VA MAGNIT HODISALAR
A M A L I Y M A S H G U L O T
86-MAVZU.
MAGNITDAN FOYDALANISH
Maqsad: magnitlardan foydalanish usullarini o‘rganish.
Bizga kerak
Ishni bajarish tartibi
▸
turli magnitlar
▸
25–30 cmli chizg‘ich
▸
o‘lchov tasmasi
▸
ingichka skotch
▸
qog‘oz qisqichlar – 5–6 ta
▸
20 cmli ingichka ip – 4 ta
▸
shtativ
▸
taglik uchun uzunligi
5–6 cm bo‘lgan silindr yoki
kub shaklidagi tirgak – 2 ta
(lego elementlari)
1.
Legodan 15–20 cm balandlikdagi taglik yasang.
2.
Tagliklar orasini 15–20 cm qilib joylashtiring.
3.
Tagliklar ustiga metall chizg‘ichni rasmdagidek joylash-
tiring.
4.
Ehtiyotkorlik bilan magnitli chizg‘ichni
tirgaklar ustiga
joylashtirib ko‘prik shakliga keltiring.
5.
Metall chizg‘ich ustiga magnitni joylashtiring.
6.
Qog‘oz qisqichga ip bog‘lang.
7.
Magnitli chizg‘ichga qog‘oz qisqichni yuqoridan
2–3 cm masofada yaqinlashtiring
va ipni stol ustiga
skotch bilan yopishtiring.
8.
Magnit ta’sirida qog‘oz qisqichlar havoga ko‘tariladi.
9.
Qog‘oz qisqichlar yoniga qo‘shimcha qog‘oz qisqichlar-
ni yopishtiring.
10.
Qog‘oz qisqichlarning havoga ko‘tarilishini kuzating.
Nima uchun qog‘oz qisqichlar havoda muallaq turib qoladi?
189
12-bob. ELEKTR VA MAGNIT HODISALAR
Doniyor temir qog‘oz qisqichlarni magnitning
turli joylariga osib qo‘yadi. Magnitga qog‘oz
qisqichlar har xil ko‘rinishda yopishtirildi.
Doniyor nima
uchun qistirgichlarning
bunday yopishganini o‘ylab qoldi.
Doniyorga yordam bering.
Quyidagi jismlarni magnitga tortilishi yoki tortilmasligi bo‘yicha guruhlang.
Tish cho‘tkasi, plastmassa chizg‘ich, po‘lat quti, kumush taqinchoq, bo‘r bo‘lagi,
plastik idish, suv, yog‘och tayoq, mis sim,
temir mix, tikuv ignasi, qog‘oz qisqich,
rezina o‘chirg‘ich, to‘g‘nag‘ich, qoshiq, saqich.