190
12-bob. ELEKTR VA MAGNIT HODISALAR
BOB YUZASIDAN MANTIQIY FIKRLASHGA
YO NALTIRILGAN TOPSHIRIQLAR
1-topshiriq. Agar bir varaq qog‘ozni devorga qo‘yib, ustidan mato bo‘lagi yoki cho‘tka
bilan ishqalansa, qog‘oz devorga yopishib qoladi. Bu varaqqa mayda qog‘oz bo‘laklari ya-
qinlashtirilsa, ular devordagi qog‘ozga tortiladi. Ushbu hodisani tushuntiring.
2-topshiriq. Zanjirdagi tok yo‘nalishini qanday o‘zgartirish mumkin?
3-topshiriq. Jumlalarni to‘ldiring:
1. Elektr zanjirini uzib-ulash uchun ................. dan foydalaniladi.
2. Elektr toki manbaining .......... ta qutbi bor.
3. ......................... – bu elektr toki manbai.
4. ........................ ikki yoki undan ortiq elektr jihozlarining ulanishidir.
4-topshiriq. Har bir qatordagi jumlalar uchun “Ha” yoki “Yo‘q”ni tanlang.
Jumla
Ha/ Yo‘q
Elektr toki metallardan o‘tadi
Elektr zanjirini yig‘ishda metall sim o‘rniga ingichka ipdan foydalanish mumkin
Lampochka –
elektr toki manbai
Qog‘oz elektr tokini yaxshi o‘tkazadi
Cho‘ntak fonari elektr tokisiz ishlaydi
5-topshiriq. Berilganlardan qaysi biri elektrni yaxshi o‘tkazadi?
A)
shisha
B) temir
C) havo
D) qog‘oz
6-topshiriq. Nima uchun xonadonlarda elektr zanjirini ta’mirlashda rezina qo‘lqop kiyish
shart? Tushuntiring.
7-topshiriq. A va B
ustunlardan mos jumlalarni tutashtiring.
A
B
1. Elektr toki
Elektr tokini yorug‘likka
aylantiradi
2. Elektr iste’molchi
Changyutkich
3. Akkumulyator
Mikroto‘lqinli pech
4. Yog‘och
Zaryadlangan zarralar oqimi
5. Alyuminiy
Tok manbai
6. Lampochka
Elektr tokini o‘tkazadi
7.
Rezina
Elektr tokini o‘tkazmaydi