|
2. Texnologik qism Mahsulotning nomenklaturasi
|
bet | 3/14 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 73,08 Kb. | | #248135 |
Bog'liq 2. Texnologik qism Mahsulotning nomenklaturasiKimyoviy tarkib: sementning sifati kuydiriladigan xom — ashyoviy qorishmaning kimyoviy tarkibiga bog`liq. Shu tufayli klinkerni kimyoviy taxlil qilish uning sifatini nazorat kilish vositasidir. Bunda nafaqat CaO, Al 2O3,Si02, Fe2O3.MgO kabi eng muhim oksidlar, balki xom ashyoning tarkibida uchrovchi MnO. Na2O kabi ikkinchi darajali tashkil qiluvchilarning miqdori ham aniqlanadi. Odatda bu oksidlarni klinkerdagi miqdori quyidagi chegaralardatebranadi:
CaO - 63 -66% SO3 - 0,3-1%
SiO2-21-24% Na 2 O+ K 2 O-0,4-1%
Al 2O3-4-8 % TiO 2 +Cr 2 O 3-0,3-0,5%
Fe 2O 3-2-4% P 2 O5- 0,1-0,3 MgO -0,5-5%
Bularning natijaviy miqdori 95 — 97% ni tashkil qiladi.
CaO-kalsiy oksidi klinkerning eng asosiy tashkil qiluvchisidir. Yuqori sifatli sement olish uchun undagi CaO kalsiy oksidi erkin holatda emas, balki kislotaviy oksidlar — SiO2. AL 2O 3., Fe 2O 3 lar bilan kimyoviy bog`lanishda bo`lishi lozim. Klinkerda erkin holda qolgan CaO kalsiy oksidi miqdori 1% dan oshmasligi kerak, aks holda sement hajmining notekis o`zgarishi xodisasini yuzaga keltiradi. Yuqori haroratda kuydirish jarayonida ortiqcha ohak o`ta darajada kuyib ketadi. Shu tufayli uning so`nishi qorishma yumshoq bo`lgan ivish paytida emas, balki sement massasi qotib bo`lgan paytda yuz beradi. Ohakning so‘nishi hajmidagi kuchli kengayishlar bilan birgalikda yuz bergani tufayli, bu hol yorilishlar hosil qiluvchi va beton yoki qorishmaning buzilishiga olib keluvchi kuchlanishlar paydo qiladi.
CaO kalsiy oksidi miqdorining ortishi (uning albatta kislotali oksidlar bilan birikishida) mustahkamlikni orttiradi, hamda sementning qotish jarayonini tezlashtiradi, ammo uning suvga chidamligi kamayadi.
Kremnozyom – SiO2 - ham klinkerning eng muhim tashkil etuvchilardan biridir, u glinozem Al 2O 3 hamda temir oksidi Fe 2O 3 bilan birgalikda kalsiy oksidining CaO birikishini va shu bilan birgalikda portlandsementda gidravlik qotishxossasigaegabo`lganbirikmalarninghosilbo`lishinita‘minlaydi.Sementda SiO2 ning ortishi bilan tutib qolish jarayoni sekinlashadi, birinchi muddatlarda qotish jarayonini tezligi yanada sekinroq kechadi. Keyingi muddatlarda mustahkamlikning yetarlicha izchil orta borishida uning suvga, sulfatli suvlarga chidamligi hamortadi.
Giltuproq Al 2O 3— (katta miqdorda bo`lganda) portlandsement ancha tezroq tutib qoladi va qotadi, ammo sement mustaxkamligi ortishining keyingi jarayoni sekinlashadi.Sementlar suvga , sulfatlarga va sovuqqa chidamsiz bo`ladi.
Temir oksidi Fe 2O 3 —klinkerning pishish haroratini pasaytiradi. Temir oksidiga boy bo`lgan sementlar tarkibida glinozyom , xatto kremnozyom kam bo`lganda ham, ular sekin tutib qoladilar, uzok vaqt davomida qotadilar, sulfatga chidamli bo`ladilar.
Magniy oksidi MgO —uning klinkerdagi miqdori 5% dan ortmasligi kerak, chunki magniy oksidining anchagina qismi periklaz ko`rinishida erkin holatda bo`lishi bilan izoxlanadi. U yuqori haroratda kuyadi, qorishma va beton qotayotganda suv bilan juda sekin birikadi (gidratlanadi). Ortiqcha miqdorda o`z navbatida sement hajmining notekis o`zgarishiga sabab bo`ladi va shu tufayli buzilishlarga olib keladi.
Titan (IV) oksidi TiO2 —hamisha gilning tarkibida bo`ladi va klinkerda 0,3% dan ortiq bo`lmagan miqdorda uchraydi. Klinker minerallarining yaxshiroq kristallanishiga yordam bergani tufayli uning ozmiqdorlarda bo`lishi foydalidir.
Marganes oksidi MnO — klinkerda 1,5% gacha va domna shlakidan foydalanilganda yanada ko`proq miqdorda mavjud bo`ladi.
Na2O —K2O ishqorlari klinkerda 0,5% dan 1% gacha bo`ladi va K2O — Na2O ga nisbatan ko`proq bo`ladi. Sementning tutib kolish muddati barqarorlashuvining va sement mahsulotlarida aynishlar yuzaga kelishining sababchisi bo`lganligi tufayli ishkorlarning mavjud bo`lishi maqsadga muvofiq emas.SO 3 – oltin gugurt angidrit gips ko`rinishda bo`lib sementning tutib qolish muddatini boshqarish uchun kerak bo`ladi.
|
| |