2. Texnologik qism Mahsulotning nomenklaturasi




Download 73.08 Kb.
bet4/14
Sana27.05.2023
Hajmi73.08 Kb.
#65561
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
bogʻlovchi tayyor
kurs ishi, 8-grade cw (2), Axborot xavfsizligi ta’lim y о‘nalishi talabalari uchun individu-fayllar.org, Activity Template Project Charter (1), Individual loyiha (3), Kiberxzavfsizlik (sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi talabalari, Virtual Reality Technology PowerPoint Templates, Individual loyiha (4), ” mavzusida tayyorlangan individual loyiha 1, Axborot xavfsizligi ta’lim y о‘nalishi talabalari uchun individu (1), Individual loyiha I, Axborot xavfsizligi” kаfеdrаsi 5330300 – Axborot xavfsizligi yo‘, Awr1112 1 4-mavzu loyiha, Karyera jarayonlari bosqichlari

Mineralogik tarkibi.


Klinkerning asosiy minerallari: alit, belit, uch kalsiyli alyuminat va to‘rt kalsiyli alyumofferitdir.
Alit 3CaO SiO2 —portlandsementning qotish tezligini, mustahkamligini va boshqa xususiyatlarini belgilovchi eng muhim minerallaridir, va klinkerda 45 — 60% miqdorda bo`ladi. U uch kalsiyli silikat, hamda uning tuzilishi va xususiyatlariga katta ta‘sir qilishi mumkin bo`lgan, ozgina (2-4%) miqdordagi MgO, Al 2O 3, P 2O 5, Cr2O 3 va boshqa aralashmalarning qattiq qorishmasidan iborat. Alit uchta polimorf modifikatsiyalarda uchriydi. Sementning mustaxkamligiga va xosallariga alitning kristallarining o`lchami, ko`rinishi kristallinish darajasi ta‘sir etadi.
Belit 2CaO SiO2 -klinkerning muhimligi va miqdori (15—30%) bo`yicha ikkinchi silikatli mineraldir. U sekin qotadi, ammo portlandsement uzoq vaqt qotganda katta mustahkamlikka erishadi.Belitni to`rta polimorf modifikatsiyasi mavjud; α-C 2S, α‘-C 2S, β- C 2S, γ- C 2S.
β- C 2Sni γ- C 2S ga o`tishi absolyut xajmini taxminan 10% ko`payishi bilan o`tadi, natijada modda zarrachalari bo`linadi va kukunga aylanadi γ- C 2S 100oC haroratda suv bilan ta‘sirlashmaydi va bog`lovchi xususiyatiga ega bo`lmaydi. Belitni gidravlik aktivligi kristallarni tuzilishiga bog`liq masalan, kristallar zich dumaloq ko`rinishida bo`lsa, sementlar yuqori mustahkamlikka ega bo`ladilar.
β-C2S hamda ozgina (1-3%) miqdordagi Al2O3.Fe2O3.MgO.Cr2O3 ning qattiq qorishmasidir. 525°C dan past haroratda klinkerning sovishida β —C 2S, γ- C2S o`tishi mumkin va o`tish bazaviy masofaning kattalashishi bilan, ya‘ni belitning molekulyar tuzilishining yumshashi bilan birga kechadi. β—C2S ning zichligi γ –C 2S ning zichligadan katta bo`lgani tufayli polimorf o`tish belitning absolyut hajmining taxminan 10% ga kengayishiga olib keladi va buning natijasida klinker donachalari (granulalari) kukun bo`lib sochilib ketadi. O`z-o`zidan sochilib ketish klinkerning maydalanishini yengillashtiradi,birok γ –C2S kukuni 100°C haroratdaamalda suv bilan ta‘sirlashmaydi,ya‘ni bog`lovchi xususiyatiga ega emas.Shu tufayli belitning γ— shaklga o`tishiga to`sqinlik qilish lozim. β—C2S —ning barqarorlashuviga ba‘zi bir aralashmalar (1-3%) miqdordagi Al2O3. Fe2O3. MgO.Cr2 O3 shuningdek klinkerni sovutkich qurilmalarida tez sovutish yordam beradi. Bunda tarkibida belitning dumaloqlashgan ko`rinishidagi zich kristallari bo`lgan klinker olinadi.
Portlandsement klinkerdagi silikatli minerallarning miqdori taxminan 75 — 82 % ni tashkil qilsa, qolgan 18 — 25% alit va belit kristallari orasidagi hajmni to`ldiruvchi oraliq moddalardir. Bu moddalar C 3A —uch kalsiyli alyuminatning va alyumoferrit kalsiy — C4AF ning kristallari, shisha va ikkinchi darajali kristallar va boshqalardan iborat. C3A —uch kalsiyli alyuminat — klinkerda 3 — 15% miqdorda bo`ladi. C5A3 shaklida uchraydi, tarkibi 12CaO 7Al2O3 dan iborat murakkab tarkibli qattiq aralashmalarni hosil qilsada, u qadar katta mustahkamlikka ega emas. Betonning sulfatli koroziyaga uchrashining sababchisidir.
4CaO- Al2O3 Fe2O3—to`rt kalsiyli alyumoferrit 10 — 20% miqdorda bo`ladi. Portlandsement gidrolizlanishida qotish tezligiga va issiqlik ajralishiga ma‘lum ta‘sir kursatmasligi tufayli gidrolizlanish tezligi bo`yicha alit va belit o`rtasidagi oraliq vaziyatni egallaydi.
Klinker shishasi 5—15% miqdorda bo`ladi, asosan CaO, Al2O3, Fe2O3, lardan tashkil topadi. Unda MgO va ishqorlar odatda ko`p uchraydi.
Magniy oksidi MgO — alyumoferritli faza va klinker shishasi tarkibiga periklaz ko‘rinishda kiradi, shuningdek 5% dan ortiq bo`lmagan miqdorda erkin holatda ham uchraydi, bu holatga MgO sement suv bilan birikib Mg(OH)2 hosil qiladi va bu esa hajmiy o`zgarishlarga olib keladi.
CaO —erkin holatdagi kalsiy oksidi —donachalar shaklida bo`ladi. Uning miqdori 1% dan ortmasligi lozim.
Ishqorlar (Na2O.K2O ) — klinkerning alyumofferitli fazasiga kiradilar, shuningdek sementda sulfatlar ko`rinishida ham bo`ladilar.

Download 73.08 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 73.08 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2. Texnologik qism Mahsulotning nomenklaturasi

Download 73.08 Kb.