Sensor tarbiyaning maqsadi nimada?




Download 28,86 Kb.
bet2/2
Sana20.06.2024
Hajmi28,86 Kb.
#264625
1   2
Bog'liq
sensor tarbiya

Sensor tarbiyaning maqsadi nimada?

Sensor tarbiya sezgi va idrokni biron maqsad asosida rivojlanishidir.Borliqni avvalo sezish idrok qilishdan boshlaladi. Inson ko’rish, eshitish anglash xis qilish yordamida tevarak atrofdagi narsa va hodisalar to’g’risida bilimga ega bo’ladi. Insonda faqat shular asosidagina xotira, tafakkur,hayol kabi jarayonlar hosil bo’ladi.



O’tmishdagi pedagoglar Fribel, M.Montesseri, O.Dekroli va boshqalar tomonidan yaratilgan sistema bolalarning qo’lidagi mayda muskullarini rivojlantirishga , rang va uning turlari shakl va hajmi yuksak darajada farq qilishga erishishni o’z oldiga maqsad qilib quyadi. Yuqoridagi allomalar tomonidan elgari surilgan talimot ayniqsa hozirgi talim-tarbiya jarayonida keng qullanilmoqda. Bu usullardan foydalaninsh bolalarni har tamonlama, ham axloqiy, ham jismoniy rivojlanishiga ularning ongi, aqli va hissiy tuyg’ularini shakillanishiga ijobiy tasir kursatadi. Shu bois hozirgi kunda barcha maktabgacha tarbiya tashkilotlarida ushbu metodlardan keng qullash maqsadida har bir guruh xonalarida alohida-alohida burchaklar tashkil etilgan.

Montessorining xizmatlari qanday?

Montessorining didaktik materiallari o’z-o’zini nazorat qilish prsipiga muvofiq yaratigan bo’lib, bolalarga pedagogning eshtirokisiz mustaqil shug’ullanish imkonini berar edi. Ammo sezgi azolarining revojlanishi, nutqning usishi, samarali faolyat bilan bog’lanmas edi deydi.



Ta’lim-tarbiya jarayonida esa «Mantessorin», «Trizs» kabi metodlardan qo‘llash katta samara bermoqsa. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni tarbiyalashda hamda ularda «tuyg‘u, sezgi, idrok, sezish» qobiliyatla- rini shakllantirishda sensor tarbiya muhim o‘rin tutadi. Bunday tarbiyani qo‘llashdan maqsad maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning qobiliyatlarini shakllantirish, o‘stirish va rivojlantirishga qaratilgan

Sensor qobilyatlarni rivojlantirishning ahamiyati qanday?

Sensor tarbiya qobiliyatlarni rivojlantirish uchun bolalar buyumning faqat nimaga ishlatilishini nomini- gina bilishi yetarli bo‘lib qolmay, balki buyumlarni chuqurroq idrok etishi, ularni ushlash, ular bilan muomalada bo‘lganda xilma-xil sezgilar ishtirok etishi ham juda muhimdir deb biladi. Shuning uchun tarbiyachi sensor tarbiyaning ana shu tomonlariga alohida e’tibor berishi lozim bo‘ladi. Tarbiyachi bolalarga biror topshiriq berganida, masalan, buyumlarni bir joydan ikkinchi joyga olib qo‘yishda ularni og‘irligini his qilish, buyumni qo‘lga olib uning sirtini sezish va sifatini silliq yoki g‘adir-budurligini, issiq yoki sovuqligini va shunga o‘xshashlarni aniqlashi kerak

Bolalarning yoshi ulg‘ayib, hayot tajribalari ortishi, sharoitlarning o‘zgarishi bilan idrok etish jarayoni va unga qo‘yiladigan talab ham murakkablashadi. Navbatchilar yotoqlarning katta-kichikligi, chuqur yoki yuzaligini, piyola va chinni idishlarning og‘irli- gini, sirtining silliqligini, ushlaganda sovuq- roqligini, plastmassa buyumlarining yengilligini his qiladilar. Sensor tarbiyaning mazmuni uz ichiga tevarak- atrofdagi hamma sensor belgilarni qamrab oladi. Bu- lar bolalarning hamma faoliyatlari orqali amalga oshiriladi. Bu yoshdagi bolalarga ranglarni farq qilish va ularning nomini aytish o‘rgatiladi, rang tuslari buyoqlar haqida tasavvurlar shakllantiriladi.

Maqsadli faoliyatlarning ahamiyati nimada?

Sezgi va idrok biror maqsadga qaratilgan mazmunli faoliyat jarayonida muvaffaqiyatli rivojlanadi. Samarali faoliyat (rayem chizish, loy va plastilindan buyumlar, aplikasiyalar yasash) sezgi hamda idrok- ning rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratish bilan birga buyumning, shaklini, rangini, joyini bilib olishga ham ehtiyoj paydo qiladi. Maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalar butun yil davomida tabiat bilan tanishtirib boriladi, ularga o‘simliklarni, qushlarni, hayvonlarni parvarish qilish topshiriladi. Bu esa yer, quyosh issiqligining xususiyatlarini sezib bilib olish uchun katta imkoniyatlar yaratadi. «oldinga», «orqaga», «tepada-pastda», uzoq-yaqini, «chapda- o‘ngda» kabi fazoviy tasavvurlarni o‘zlashtirib oladilar.

Bolalar ko‘proq tabiat bilan aloqada bo‘lishlari tufayli taassurotlari, eshitib ta’sirlanishi xususiyatlari ortib boradi. Bolalarni qushlarning sayrashi, barglarning shitirlashi, shamolning guvillashi, yomg‘irning shatur-shutiri va momaqaldiroqning gumburlashini diqqat bilan tinglashga o‘rgatish zarur.

Tekshirish usuli haqida ma’lumot?

Sensor tarbiyaning asosiy usullaridan biri- tekshirishdir
Tekshirish — buyumlarni maxsus ravishda tashkil etilgan idrok qilishdan iborat bo‘lib, uning natijalaridan kerakli jarayonlarda foydalaniladi. Buyumlarning xususiyatlarini, nomini va ta’rifini aniqlash, ularni ma’lum bir xossalariga ko‘ra taqqoslash uchun didaktik o‘yin yoki qo‘llanmalardan foydalanish mumkin. Ulardan bolalar bilan olib boriladigan xilma- xil mashg‘ulotlarda mehnat, kuzatishlar va bolalarning mustaqil ishlarida keng foydalanish mumkin.



Download 28,86 Kb.
1   2




Download 28,86 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sensor tarbiyaning maqsadi nimada?

Download 28,86 Kb.