2-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 7-“A” sinf rahbari Abbduolimova Muxabbat Maxmudjon qizining




Download 10,7 Mb.
bet24/51
Sana08.12.2023
Hajmi10,7 Mb.
#113740
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   51
Bog'liq
7-sinf sinf soati ish reja va konspekti

Tashkiliy qism: a) Salomlashish. b) Davomatni aniqlash.
Uyga vazifani so‘rash: a) Savol – javob o‘tkazish. b) Topshiriqlarni tekshirish.
II. Asosiy qism:
O‘zbekistonda har payshanba jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika kuni deb e’lon qilinadi. Prezident Shavkat Mirziyoyev payshanba kuni ichki ishlar organlari vakillari bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ushbu taklifni o‘rtaga tashladi.
O‘zA xabariga ko‘ra, shu kuni hududlar prokurorlari va ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari mahalliy telekanallarda chiqishlar qilib, sodir etilgan jinoyatlar, ularning kelib chiqish sabablari, oldini olish bo‘yicha tadbirlar va profilaktikasi haqida axborot beradi.
Davlat rahbari ayrim hollarda ichki ishlar organlari faoliyati odamlarning e’tirozlariga sabab bo‘layotganini ta’kidladi. Prezident mol-mulkka jinoiy tajovuz, qasddan tan jarohati yetkazish, firibgarlik, yo‘l-transport hodisalari kamaymaganidan xavotirini bildirdi.

Prezident ta’kidlaganidek, ichki ishlar organlari faoliyatiga baho berishda jinoiy ishlarni odilona va sifatli tergov qilish, shaxsning jinoiy qilmishiga munosib, adolatli huquqiy baho berish muhim o‘rin tutadi. Lekin tergov idoralari ixtiyorida qisqa muddatda tezkor qonuniy qarorlar qabul qilish imkoniyati mavjud ekaniga qaramay, qo‘shimcha surishtiruv yoki tergov harakatlari talab etilmaydigan materiallar bo‘yicha asossiz ravishda muddatni uzaytirish, cho‘zish, fuqarolarni sarson qilish kabi salbiy amaliyot hamon uchramoqda.


Shavkat Mirziyoyev tergov va ayblash bilan cheklanmay, jinoyatlarning kelib chiqish sabablari, ularning shart-sharoit va omillarni o‘rganish, profilaktika maqsadida har bir jinoyat tafsilotlarini ichki ishlar organlari rahbarlari, profilaktika inspektorlari va mahalla faollari ishtirokida chuqur tahlil qilish zarurligini ta’kidladi.
Shavkat Mirziyoyev ichki ishlar organlarining tadbirkorlar faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashishi yoki to‘sqinlik qilishi kabi holatlarga batamom chek qo‘yish zarurligini alohida ta’kidladi.

Download 10,7 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   51




Download 10,7 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 7-“A” sinf rahbari Abbduolimova Muxabbat Maxmudjon qizining

Download 10,7 Mb.