• O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
  • Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
  • Mashg‘ulot turi
  • Mashg‘ulot metodi
  • Mashg‘ulotning borishi: Tashkiliy qism
  • Sinf soati mashg‘ulotning maqsadi




    Download 10,7 Mb.
    bet27/51
    Sana08.12.2023
    Hajmi10,7 Mb.
    #113740
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   51
    Bog'liq
    7-sinf sinf soati ish reja va konspekti

    Sinf soati mashg‘ulotning maqsadi: O‘quvchilar qalbi va ongiga Vatan muvaffaqiyatida o‘zlarining ham shaxsiy burchlari va mas’uliyatlari borligini chuqur singdirish, ularda ona yurtga mehr-oqibatli bo‘lish, Milliy armiyamiz haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish, Vatan muammolarini o‘zinikidek qabul qilish, Vatan yukini o‘z elkasiga olish, mumkin qadar ona yurtiga foyda keltiradigan shaxs bo‘lib ulg‘ayish xislatlarini tarbiyalash.
    O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallash.
    Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
    Mashg‘ulot turi: yangi bilim beruvchi, bilimlarni mustahkamlovchi, amaliy, nazariy, aralash, noan’aviy, ananaviy.
    Mashg‘ulot uslubi: tushuntirish, suhbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, muammoli topshiriq, ko‘rgazmali va boshqalar.
    Mashg‘ulot metodi: guruhlarda ishlash, “kim epchil-u, kim chaqqon”, “ko‘rsam tezroq o‘rganaman”, “muammo va yechim” shu kabi metodlar.
    Mashg‘ulot jihozi: mavzuga oid rasm, ko‘rgazmalar va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar.
    Mashg‘ulotning borishi:
    Tashkiliy qism: a) Salomlashish. b) Davomatni aniqlash.
    Uyga vazifani so‘rash: a) Savol – javob o‘tkazish. b) Topshiriqlarni tekshirish.
    II. Asosiy qism:
    O‘qituvchi:
    Abad qutlug‘ bo‘lsin qo‘ygan qadaming,
    Yo‘ling yoritguchi chiroqman, Vatan
    Sarhadingda sergak posboning bo‘lay,
    Bo‘stoning yashnatgan bog‘boning bo‘lay,
    Tepangda tip-tiniq osmoning bo‘lay,
    Menga suyan, senga tirgakman, Vatan.
    “Xalqimizning tinchligi va xavfsizligi, sarhadlarimiz daxlsizligining mustahkam qalqoni bo‘lmish armiyamiz har jihatdan qudratli, qurol-yarog‘ va harbiy mahorat borasida hech kimdan kam bo‘lmasligi lozim. Albatta, bu juda muhim masala. Lekin armiyaning kuch-qudratini to‘la namoyon etish uchun avvalo harbiylarimiz, askar va ofisterlarimiz- Vatan va xalq o‘z xavfsizligini ishonib topshirgan mard o‘g‘lonlarimizning ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasiga alohida e’tibor qaratish eng dolzarb vazifamizga aylanishi darkor.”.



    Download 10,7 Mb.
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   51




    Download 10,7 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sinf soati mashg‘ulotning maqsadi

    Download 10,7 Mb.