• Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
  • Mashg‘ulot turi
  • Mashg‘ulot metodi
  • Mashg‘ulotning borishi: Tashkiliy qism
  • O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi




    Download 10,7 Mb.
    bet30/51
    Sana08.12.2023
    Hajmi10,7 Mb.
    #113740
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   51
    Bog'liq
    7-sinf sinf soati ish reja va konspekti

    O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallash.
    Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
    Mashg‘ulot turi: yangi bilim beruvchi, bilimlarni mustahkamlovchi, amaliy, nazariy, aralash, noan’aviy, ananaviy.
    Mashg‘ulot uslubi: tushuntirish, suhbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, muammoli topshiriq, ko‘rgazmali va boshqalar.
    Mashg‘ulot metodi: guruhlarda ishlash, “kim epchil-u, kim chaqqon”, “ko‘rsam tezroq o‘rganaman”, “muammo va yechim” shu kabi metodlar.
    Mashg‘ulot jihozi: mavzuga oid rasm, ko‘rgazmalar va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar.
    Mashg‘ulotning borishi:
    Tashkiliy qism: a) Salomlashish. b) Davomatni aniqlash.
    Uyga vazifani so‘rash: a) Savol – javob o‘tkazish. b) Topshiriqlarni tekshirish.
    II. Asosiy qism:
    «Yo‘l harakati qoidalari» bizning hayotimizda muhim o‘rin tutadi. Hohlaymizmi-yo‘qmi, har bir harakatlanish ishtirokchisi (yosh bolalar, o‘smirlar, kattalar) qatnov qismlarida harakatlanadi. Shu bilan birga ular yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishdan manfaatdordirlar.
    Yo‘l harakati qoidalarining asoslaridan biri bo‘lgan yo‘l belgilari transport vositalarining haydovchilariga, piyodalarga va umuman barcha harakatlanish ishtirokchilariga taalluqlidir.
    Yo‘llarda sodir etilayotgan yo‘l-transport hodisalarining aksariyati belgilarga qaramay yoki ahamiyat bermay harakatlanayotgan yo‘l ishtirokchilariga tegishlidir. Shu bois, ularni yaxshi o‘rganish inson hayoti uchun juda muhim. Yo‘l belgilari quyidagi yettita guruhga bo‘linadi:
    1) ogohlantiruvchi belgilar; 2) imtiyoz belgilari; 3) taqiqlovchi belgilar; 4) buyuruvchi belgilar;
    5) axborot-ishora belgilari; 6) servis belgilari; 7) qo‘shimcha axborot belgilari.
    Ogohlantiruvchi belgilar haydovchiga yo‘lning xavfli qismiga yaqinlashayotganligi, xavfning turi va shakli haqida axborot beradi. Ogohlantiruvchi belgilarning asosi oq, hoshiyasi qizil rangda bo‘lgan
    aksari teng tomonli uchburchak shaklidan iborat. Imtiyoz belgilari chorrahalarda, yo‘lning qatnov qismlari kesishgan joylarda, shuningdek, yo‘lning tor qismida yo‘l harakati qatnashchilarining harakatlanish navbatini belgilash uchun qo‘llaniladi. Bunday belgilar boshqa guruh belgilaridan olingan bo‘lib, ularning shakllari turlichadir.



    Download 10,7 Mb.
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   51




    Download 10,7 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi

    Download 10,7 Mb.