• Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
  • Mashg‘ulot turi
  • Mashg‘ulot metodi
  • Mashg‘ulotning borishi: Tashkiliy qism
  • Topshiriq: Har bir o‘quvchi yozgi kun tartibini tuzadi.
  • III. Yakuniy qism
  • -mavzu: Foydali va maroqli dam – mehnatga hamdam




    Download 10,7 Mb.
    bet51/51
    Sana08.12.2023
    Hajmi10,7 Mb.
    #113740
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51
    Bog'liq
    7-sinf sinf soati ish reja va konspekti
    Asadbek Abdusamatov., РУССКИЙ ЯЗЫК, Буклет янги1 2023, Xalq ta\'limiga Aloqa xati 3, Dual ta\'lim shartnoma o\'quvchi, Ариза бланка (2), img001, 1-Maruza, 2-Mavzu Zamonaviy kompyuter va ularning arxitekturasi. Reja, CV Kristina Vanina, 1711353249 (3)
    34-mavzu: Foydali va maroqli dam – mehnatga hamdam.
    I. Kirish:
    Sinf soati mashg‘ulotning maqsadi: O‘quvchilarga yozgi ta’tilni mazmunli o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar berish, ularga yozgi oromgohlarga yoki cho‘milish havzalariga borganda ehtiyot bo‘lishlikni uqtirish.
    Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
    O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallash.
    Mashg‘ulot turi: yangi bilim beruvchi, bilimlarni mustahkamlovchi, amaliy, nazariy, aralash, noan’aviy, ananaviy.
    Mashg‘ulot uslubi: tushuntirish, suhbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, muammoli topshiriq, ko‘rgazmali va boshqalar.
    Mashg‘ulot metodi: guruhlarda ishlash, “kim epchil-u, kim chaqqon”, “ko‘rsam tezroq o‘rganaman”, “muammo va yechim” shu kabi metodlar.
    Mashg‘ulot jihozi: mavzuga oid rasm, ko‘rgazmalar va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar.
    Mashg‘ulotning borishi:
    Tashkiliy qism: a) Salomlashish. b) Davomatni aniqlash.
    Uyga vazifani so‘rash: a) Savol – javob o‘tkazish. b) Topshiriqlarni tekshirish.
    II. Asosiy qism:

    O‘qituvchi:


    Mana, yana ta’til onlari yaqinlashib qolmoqda. Yozgi ta’tilni har bir o‘quvchi o‘zining shaoitidan kelib chiqib rejalashtiradi. Avvalom bor, nima uchun ta’til yozda ko‘proq beriladi?
    Yozda havo haddan tashqari isib ketadi. Ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy yoz fasliga shunday ta’rif beradi: “Yoz faslida daraxtlarning bargi yashil bo‘lib, yashil barglari orasida mevalari taram-taram qizorib, ekinlar fishub, oqil insonlar kabi boshlarini egub salom qilurlar. Bog‘lar o‘zlarini gullab, rang –barang yafrog‘lar ila yasaturlar. Maktab va madrasalarda o‘qushlar to‘xtalub, shogirdlar har tarafga sayohat qilurlar”. Mohir pedagog Abdulla Avloniy ham yoz fasli ayniqsa, o‘quvchilar, talabalar va ustozlar uchun ta’til berilishining o‘zida albatta sir-sinoat bor. Chunki, aql mehnat qiladigan kishilar albatta yaxshi dam olmog‘i kerak. Aynan uch oylik ta’til ham yoz fasliga to‘g‘ri keladi. Dam olish yaxshi, lekin yozgi ta’tilni imkon darajada mazmunli o‘tkazish darkor. Yozgi ta’tilni uch qismga bo‘lib olib, undan unumli foydalansa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Albatta, ko‘pchilik o‘quvchilar yozda mehmonga borishga, oromgohlarda dam olishga, qo‘shimcha til o‘rganishga, sport mashg‘ulotlariga va biz iloji boricha vaqtni baddiy adabiyotga bag‘ishlashimiz shart. Ta’tilda o‘zi ko‘pchilik kitob o‘qishga sarflaydi. Bu esa o‘quvchi bo‘sh vaqtining samarasidan darak.
    Topshiriq: Har bir o‘quvchi yozgi kun tartibini tuzadi.
    Izoh: O‘qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o‘quvchilarning o‘zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo‘lishlikka, faollikka, jon’uyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
    III. Yakuniy qism:
    Dars yakunida o‘quvchilar bilan birgalikda olgan bilimlarni umumlashtirilib, savollar bilan mustahkamlanadi.
    O‘quvchilar rag‘batlantiriladi.
    Maktab MMIBDO‘_________ ___________________________ sana______ ________________ 20___yil
    Download 10,7 Mb.
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51




    Download 10,7 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mavzu: Foydali va maroqli dam – mehnatga hamdam

    Download 10,7 Mb.