|
2 Ўзбекистон республикасиBog'liq anjuman Olloqova, 2021Annotation
.The article discusses the importance of modern educational technology and its role
in improving linguistic competences in primary school students.
Key words:
education, educational technology, speech competence, linguistic competence.
Problematic teaching technology, modular education, design technology, didactic play, differentiation
technology, information communication technology, collaborative learning technology.
Oʻzbek tili taraqqiyoti hozirgi kunga qadar bir qancha rivojlanish bosqichlarini
bosiboʻtgan. Oʻzbek tili til taraqqiyotining qaysidir davrida tahqirlandi, xoʻrlandi,
qaysidir davrida yanada rivojlanib, sayqallanib bordi. 1989-yil 21-oktabrda oʻzbek tiliga
Davlat tili maqomi berilgandan keyin esa tilimiz qadri yanada ortdi. Oʻzbekiston
Respublikasi
Prezidenti
Sh.M.Mirziyoyevning
2020-yil
20-oktabrdagi
“Mamlakatimizda oʻzbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish
chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-6084 Farmonida “oʻzbek tilining xalqimiz ijtimoiy
hayotida va xalqaro miqyosdagi obroʻ-e’tiborini tubdan oshirish, unib-oʻsib kelayotgan
yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash,
mamlakatimizda davlat tilini toʻlaqonli joriy etishni ta’minlash, Oʻzbekistondagi millat
va elatlarning tillarini saqlash va rivojlantirish, davlat tili sifatida oʻzbek tilini oʻrganish
uchun shart-sharoitlar yaratish, oʻzbek tili va til siyosatini rivojlantirishning strategik
maqsadlari, ustuvor yoʻnalish va vazifalarini hamda istiqboldagi bosqichlari” belgilab
qoʻyildi [1].
Oʻquvchilarning oʻzbek tiliga muhabbatini orttirish, uning goʻzal va boy til
ekanligini oʻrgatish, ularning nutqini oʻstirish ishlari ona tili darslarida amalga
oshiriladi.
Hozirda amalda boʻlgan ona tili dasturi kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan
boʻlib, oʻquvchilar olgan bilimlarini, egallagan koʻnikma va malakalarini hayotda
qoʻllay olishga tayyorlaydi. Boshqa fanlar kabi ona tili darslarida ham oʻquvchilar fanga
oid va tayanch kompetensiyalarni egallaydilar. Xususan, ona tili darslarida
oʻquvchilarda fanga oid nutqiy va lingvistik kompetensiyalar takomillashtiriladi.
Nutqiy kompetensiya – tinglab tushunish, soʻzlash, oʻqish va yozishga asoslangan
boʻlib, oʻquvchilar berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushunishi, matnni
tushunib oʻqiy olishi, ogʻzaki nutqda soʻz va gaplar talaffuziga rioya qilishi, 65 - 70
soʻzdan iborat diktantni yoza olishi, xabar, tasvir asosida 5-6 gapdan iborat matn
|
| |