ONA TILI DARSLARIDA OʻQUVCHILARNING LINGVISTIK




Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana29.05.2024
Hajmi1,02 Mb.
#256936
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
anjuman Olloqova, 2021

ONA TILI DARSLARIDA OʻQUVCHILARNING LINGVISTIK
KOMPETENSIYALARINI TAKOMILLASHTIRISHDA TA’LIM
TEXNOLOGIYALARINING AHAMIYATI

N. B. Boymurodova


119 
yaratib, xatboshi va husnixatga amal qilishi, imlo va tinish belgilarini ishlatish 
qoidalariga amal qilmogʻi lozim.
Lingvistik kompetensiya - fonetika, grafika, orfoepiya, orfografiya, leksika, 
grammatika va uslubiyatga xos
.
Lingvistik kompetensiyani egallaganoʻquvchi ona 
tilidagi nutq tovushlarini farqlay oladi, boʻgʻin koʻchirish qoidalariga amal qila oladi. 
Bundan tashqari, mavzuga oid yangi soʻzlarni ogʻzaki va yozma nutqda qoʻllash, yozma 
nutqda tinish belgilaridan toʻgʻri foydalanish koʻnikmasiga ega boʻladi [6].
Oʻquvchilarda lingvistik kompetensiyani takomillashtirish ona tili dasrlikarida 
berilgan mashqlar, qoʻshimcha topshiriqlar va sinfdan tashqari ishlar asosida amalga 
oshiriladi. Xususan, fonetik kompetensiya tovush va harflarni bir-biridan farqlash, 
soʻzlarni boʻgʻinlarga boʻlish, tushurib qoldirilgan unli va undoshlarni qoʻyish, jarangli 
va jarangsiz undoshlarni farqlash, soʻzlarni alifbo tartibida yozish, berilgan harflarda 
soʻzlar tuzish, fonetik tahlil qilishga oid mashqlarni bajartirish orqali shakllantirilsa, 
garafik kompetensiya soʻz, gap va matnlarni koʻchirib, yozishga oid mashqlar, ta’limiy 
diktantlar asosida amalga oshiriladi. Boshlangʻich sinf ona tili darsliklarida orfografik, 
orfoepik, leksik, grafik (morfologik va sintaktik mashqlarga boʻlinadi) mashqlar 
berilgan boʻlib, har biri oʻquvchilarda kompetentlikni shakllantirishga yordam beradi.
Fan va texnologiyalarning tezkor sur’atlarda rivojlanishi butun dunyo boʻylab 
globallashuv jarayonini yanada tezlashtirib yubordi. Nafaqat ishlab chiqarishda, balki 
ta’lim sohasida ham yangi texnologiyalarning kirib kelishi uchun eshiklar keng ochildi. 
Oʻzaro integratsiyalashuv jarayonlari natijasida eski, samaradorligi past boʻlgan 
ta’limdan sekin-astalik bilan voz kechilib, yangi, oʻquvchilarni yanada faolashtiradigan 
zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilgan ta’lim tizimiga oʻtilmoqda.
Oʻquvchilarda lingvistik kompetensiyalarni takomillashtirishda zamonaviy ta’lim 
texnologiyalaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Hozirgi kunda oʻquv jarayonini 
ta’lim texnologiyalarisiz tasavvur qilib boʻlmaydi. 
Ta’lim texnologiyalari oʻquvchining bilimlarni kompleks egallash, ularning ijodiy 
faolligini yanada oshirish imkonini beradi. Oʻquv jarayonida ta’lim texnologiyalarini 
qoʻllash orqali berilgan topshiriqni bajarishga kam vaqt sarflab, tejalgan vaqtdan unumli 
foydalanish, oʻquvchilarning kengroq ma’lumot olishlari, oʻrganganlarini amalda 
qoʻllab koʻrishlari uchun sharoit yaratish mumkin.
Bugungi kunga kelib bir qancha zamonaviy ta’lim texnologiyalari ommalashib 
ulgurdi: muammoli oʻqitish texnologiyasi, modulli ta’lim, oʻquv-biluv faoliyatini 
loyihalalash texnologiyasi, didaktik oʻyin texnologiyasi, sinf jamoasini differensiallash 
texnologiyasi, 
ta’limda 
axborot 
kommunikatsion 
texnologiyalarni 
qoʻllash 
texnologiyasi, hamkorlikdoʻqitish texnologiyasi va boshqalar.
Yurtimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish natijasida maktablarning moddiy-texnik 
bazasining yaxshilanishiga, elektron ta’lim joriy qilinishiga erishilmoqda. Bu esa 
ta’limda axborot kommunikatsion texnologiyalarning joriy qilinishi, koʻplab elektron 
resurslarning yaratilishi natijasida oʻquvchilarning bilim olish imkoniyati bir necha 
marotaba oshdi. Bolalar endilikda ortiqcha vaqt va kuch sarflamay ma’lumotlarni 
Internet tarmogʻidan va elektron resurslardanoʻzi izlab topishi, qayta ishlashi mumkin. 
Elektron ta’lim - Internet texnologiyalari, elektron kutubxonalar, oʻquv metodik 
multimedia materiallardan foydalanishni oʻz ichiga olgan ta’lim tizimi. Elektron ta’lim 


120 
tizimi oʻqituvchi va oʻquvchi uchun birdek qulay tizim boʻlib, foydalanuvchiningoʻz 
ustida ishlashi, oʻzini tekshirishi uchun qulay tizimdir [2].
Bolalarda fonetik, orfografik, leksik kompetensiyalarni takomillashtirishda imlo, 
izohli lugʻatlardan foydalanish eng qulay va samarali usuldir. Ona tili ta’limida 
lugʻatlardan foydalanishoʻquvchilarning imlo savodxonligini oshiradi, nutqini yangi 
leksikalar bilan boyitib boradi. Soʻnggi yillarda oʻrganuvchilarga qulaylik yaratish 
maqsadida electron lugʻatlar ham yaratilmoqda. 
Elektron lugʻat – qattiq diskda saqlanadigan yoki Internet tarmogʻida 
joylashtirilgan maxsus tayyorlangan lugʻat. Elektron lugʻatlarning afzalligi shundaki, u 
qulay qidiruv tizimi va katta hajmga ega [2]. Elektron lugʻatlar foydalanish uchun juda 
qulay boʻlib, u oʻquvchilarda orfografik, leksik kompetensiyalarni takomillashtirishda 
yaqindan yordam beradi. Bundan tashqari oʻquvchilar elektron lugʻatlardan istalgan 
paytda mustaqil foydalanishlari mumkin. Oʻquvchilar oʻzlari mustaqil ravishda turli xil 
topshiriqlarni bajarishlari, oʻzlarini tekshirib koʻrishlari mumkin.
Oʻquvchilarni elektron lugʻatlardan foydalanishga oʻrgatish uchun ularda dastlab 
lugʻat bilan ishlash malakalarini shakllantirish, kompyuter savodxonligini oʻrgatish 
lozim boʻladi.
Elektron ta’limning yana bir koʻrinishi kompyuter multimedia taqdimotidir. 
Kompyuter multimedia taqdimoti Power Point kompyuter dasturi yordamida yaratilgan 
maxsus oʻquv multimedia materiallari boʻlib, uning yordamida oʻquvchilar bilan 
interfaol muloqot ta’minlanadi [2]. Shunga koʻra mulimedianing uchta turini farqlash 
mumkin.
Ona tili darslarida tillarni oʻqitish uchun yaratilgan maxsus kompyuter oʻquv 
kurslaridan foydalanish mumkin. Bunda talaffuzni yaxshilash uchun mashqlar, leksik va 
grammatik xususiyatdagi yozma vazifalar, turli xil soʻz oʻyinlari mavjud. Bunday 
multimedia vositalaroʻquvchilarning fonetik, leksik, grammatik kompetentligini 
oshirishga xizmat qiladi.
Ona tili darslarida zamonaviy ta’lim texnologiyalarini tatbiq qilish, turli xiloʻquv 
vositalarini yaratish, bolalarning oʻzbek tilini har tomonlama chuqur oʻrganishlariga 
xizmat qiladi. Dars va darsdan tashqari mashgʻulotlarda elektron ta’lim resurslaridan 
oʻrinli foydalanish oʻquvchilarning lingvistik kompetentligini oshiradi, ularning imloviy 
savodxonligi bilan bir qatorda kompyuter va internet tarmogʻidan foydalanish 
koʻnikmlarini ham shakllantiradi.

Download 1,02 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ONA TILI DARSLARIDA OʻQUVCHILARNING LINGVISTIK

Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish