|
rasm. 2022 yilda moliya bozorida sohalar kesimida tuzilgan bitimlar soni
|
bet | 4/10 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 487,12 Kb. | | #240642 |
Bog'liq 1KURS ISHI-DAVLAT, TIJORAT BANKLARI, KORXONALAR VA BOSHQALAR PUL BOZORI ISHTIROKCHISI SIFATIDArasm. 2022 yilda moliya bozorida sohalar kesimida tuzilgan bitimlar soni
2022 yilda iqtisodiyotning 10 ta turli xil soha aksiyadorlik jamiyatlarining qimmatli qog‘ozlari bilan birja savdolari amalga oshirildi. Eng ko'p bitimlar bank va sanoat sektorlari emitentlarining qimmatli qog'ozlari bilan amalga oshirildi. Bank sektori emitentlarining qimmatli qog'ozlari bilan 26 042 ta bitim tuzildi, bu birja bitimlari umumiy sonining 32,26 foizini tashkil etdi. Sanoat tarmog‘idagi 9 ta emitentlarning qimmatli qog‘ozlari bilan 21 247 ta bitim tuzildi (birja bitimlari umumiy sonining 26,32 foizi).
2-jadval. 2022 yilda O’zbekiston moliya bozorida tijorat banklari faoliyatining natijalari
Birja operatsiyalari umumiy hajmining 47,94 foizi bank sektori qimmatli qog'ozlari hissasiga to'g'ri keldi. Ushbu soha emitentlari bilan tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 2,31 trillion so`mni tashkil etdi. Qurilish sektori emitentlarining qimmatli qog'ozlari bilan tuzilgan bitimlar hajmi 1,92 trillion so`mni tashkil etdi va bu umumiy birja hajmining 39,96 foizini tashkil etdi. Aksiyadorlik jamiyatlarining agrosanoat va boshqa tarmoqlardagi qimmatli qog‘ozlari bilan tuzilgan bitimlar mos ravishda 237,93 mlrd so`m va 169,31 mlrd so`mni tashkil etdi. Eng kam miqdordagi bitimlar aloqa va transport sohasidagi qimmatli qog’ozlar bilan tegishli ravishda 69,29 mln va 18,09 mln so'mlik bitimlar tuzilgan. Rivojlangan mamlakatlar bank tizimi tajribasidan, jumladan, Xitoy sanoat va tijorat banki hamda Rossiya Sberbankining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi investitsion va emission operasiyalarining natijalariga tayanib quyidagi xulosalarni shakllantirish mumkin: - qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalarning daromadlilik darajasi past bo‘lsada bank majburiyatlarni zudlik bilan bajarish ehtiyoji bo‘lganda ularni qimmatli qog‘ozlar bozorida cotish imkoniyatiga ega bo‘ladi, chunki ular yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlarga joylashtirilgan; - emissiya hajmining pastligining asosiy sababi passiv operasiyalarning ushbu manbasi juda qimmat bo‘lib, muddatli depozitlarga nisbatan deyarli ikki baravar yuqoridir (macalan Xitoy sanoat va tijorat bankida emissiya qilingin qimmatli qog‘ozlarning o‘rtacha foiz stavkaci 3,56%, muddatli depozitlarniki 1,59%), biroq uzoq muddatli va jalb qilish imkoniyatlari yuqori bo‘lganligi bois, bank ushbu instrument hicobidan ham ma’lum darajada moliyaviy resurslarini shakllantirishga e’tibor qaratgan va bankning majburiyatlarini shu yo‘l bilan diversifikasiyalagan. Respublikamizda tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi operasiyalari bo‘yicha xulosa qiladigan bo‘lsak, mamlakatimiz fond birjalarida qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan savdo aylanmalarining 70 foizdan yuqorisi tijorat banklari hiccaciga to‘g‘ri keladi. Ular fond birjasida asosan investitsion va emission operasiyalarni amalga oshirishadi. Rivojlangan mamlakatlar banklari balancini tahlil qilish natijacida ayon bo‘ladiki, mamlakatimiz tijorat banklarining investitsion faoliyati qoniqarciz holatda bo‘lib, ular ushbu oprasiyalar orqali aktivlarni diversifikasiyalash va risklarni pasaytirish imkoniyatlaridan samarali foydalanmayapti, buning qator cabablari bo‘lib, ularning asosiylari mamlakatda qimmatli qog‘ozlar bozori infratuzilmasi yetarli darajada rivojlanmagan, shu bilan birga banklarning ushbu bozordagi majburiyatlar va huquqlarini himoya qiladigan me’yoriy-huquqiy bazaning sifatli asosi yaratilmagan. Respublikamiz bank amaliyotida tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bilan operasiyalarini amalga oshirish hamda hamda uni takomillashtirishda quyidagi jihatlarga e’tibor qaratish lozim deb hisoblaymiz:
Tijorat banklarining korporativ qimmatli qog‘ozlarga qilinadigan investitsiyalari hajmini oshirish maqsadida, birinchidan, korporativ qimmatli qog‘ozlarning fundamental va texnik tahlilini takomillashtirish kerak; ikkinchidan, transaksion depozitlarning barqaror qoldig‘ini korporativ qimmatli qog‘ozlarga yo‘naltirish lozim; uchinchidan, banklarning korporativ qimmatli qog‘ozlardan oladigan daromadlari foyda solig‘idan ozod qilinishi zarur.
Tijorat banklari qimmatli qog‘ozlar portfelining sifatini ta’minlash maqsadida, birinchidan, qimmatli qog‘ozlar portfelining diversifikasiya prinsipini buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim; ikkinchidan, qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalardan olinadigan daromadlarning o‘sish sur’atini qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalarning o‘sish sur’atidan ortda qolmasligini ta’minlash zarur.
Tijorat banklarining depozit sertifikatlari rivojlangan davlatlarda boshqa depozitlarga nisbatan o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Masalan, AQShda depozit sertifikatlari qimmatli qog‘oz hisoblanib, birjada oldi-sotdi ob’ekti sifatida foydalaniladi. Yaponiyada qimmatli qog‘oz sifatida ishlatilib, garov sifatida ham olinishi mumkin. Mamlakatimiz bank amaliyotida depozit va jamg‘arma sertifikatlari noemissiviy qimmatli qog‘oz hisoblanib, qat’iy stavkalarda foiz to‘lanadi. Depozitning ushbu shaklini o‘ziga xosligi shundaki, uni emissiya qilish natijasida jalb qilingan resurslar majburiy zaxiraga tortilmaydi. Shunga qaramay hozirgi kunda ushbu depozit shaklidan mamlakatimiz tijorat banklari deyarli foydalanmayapti. Shuningdek, mamlakatimizda tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bozorining yaxshi rivojlanmaganligi, davlat qimmatli qog‘ozlarining mavjud emasligi, aholi va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning o‘z pul mablag‘larini yuqori daromad keltiruvchi tarmoqlarga yo‘naltirish imkonini cheklamoqda. Natijada, mablag‘ egalari o‘z pullarini ko‘chmas mulk, avtomobil, tilla buyumlar, xorijiy valyuta va boshqa turdagi aktivlarga yo‘naltirmoqda. Bu, o‘z navbatida, bankdan tashqari pul mablag‘lari hajmini oshishiga, bank depozitlarining kredit qo‘yilmalariga nisbatan ulushini keskin pasayishiga sabab bo‘lmoqda.
Mamlakatimiz tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi emission operasiyalariga to‘xtaladigan bo‘lsak, muomalaga chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarning nominal bahosi doimiy ravishda deyarli o‘zgarmasdan, ularning bozor bahosi shakllanishi imkoniyatini bermayapti. Buning natijasida, tijorat banklari ustav kapitalining miqdorini oshirish uchun ular doimiy ravishda qo‘shimcha aksiyalarni muomalaga chiqarishga majbur bo‘lmoqda. Buning asosiy muammosi shundaki, tijorat banklari tomonidan muomalaga chiqarilgan aksiyalar bozordagi bahosining oshmasligi ularning qo‘shimcha kapital manbasini jalb qilish va miqdorini oshirish imkoniyatni bermayapti. Xususan, tijorat banklari hisobotlarida qimmatli qog‘ozlarning balans qiymati va bozor qiymati o‘rtasida umuman farqning vujudga kelmasligidan xulosa qilish mumkinki, moliya bozorida qimmatli qog‘ozlar bozoriga talab va taklifning deyarli ta’siri mavjud emasligi ularni qayta baholashga zaruriyat tug‘dirmaydi, bu holat ham tijorat banklari qimmatli qog‘ozlari bozoridagi ishtiroki bilan bog‘liq iqtisodiy manfaatdorligini pasaytiradi. Bizning nazarimizda, mazkur masalaning yechimi mahalliy va xorijiy investorlarning mamlakat moliya bozorlariga, shu jumladan, banklarning qimmatli qog‘ozlariga ishonchini oshirish maqsadga muvofiq, bu albatta inflyatsiya darajasini tushirish, qimmatli qog‘ozlar bahosining barqarorligini ta’minlash va bank qimmatli qog‘ozlari zarurlik darajasini oshirishni talab etadi.
Banklarining investitsion operasiyalari hisobidan oladigan daromadlari kreditlar hisobidan oladigan foiz to‘lovlariga nisbatan past, emission operasiyalari bo‘yicha xarajatlar muddatli depozitlarga to‘lanadigan to‘lovlar hajmidan yuqori bo‘lsada, banklar ushbu operasiyalarni bajarishi aktivlarni diversifikasiya qilish, barqaror va uzoq muddatli daromad olib turish, kutilmagan hollarda likvidlilik bilan bog‘liq muammoni hal qilish, qimmatli qog‘ozlarning garovi ostida kredit berish, kompaniya yoki firmalarning mulkiga egalik qilish imkoniyatini yaratadi.
|
| |