20 й Ro'yxatga olindi №




Download 487,12 Kb.
bet9/10
Sana17.05.2024
Hajmi487,12 Kb.
#240642
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1KURS ISHI-DAVLAT, TIJORAT BANKLARI, KORXONALAR VA BOSHQALAR PUL BOZORI ISHTIROKCHISI SIFATIDA

XULOSA VA TAKLIFLAR
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shundan dalolat beradiki, samarali faoliyat ko‘rsatuvchi pul bozori iqtisodiy o‘sish sur’atlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan omillardan biridir. Rivojlangan pul bozori korxonalarga katta hajmdagi sarmoya talab qiluvchi loyihalarni moliyalashtirishda risklarni munosib baholash va diversifikatsiyalash, mablag’larni samarali jalb qilish imkonini beradi. Bundan tashqari, pul bozori iqtisodiy tendentsiyalarning indikatori bo‘lib xizmat qilishi mumkin, bu esa manfaatdor tomonlarga (shu jumladan, hukumatga) o‘zining harakatlar strategiyasini ishlab chiqish va samarali amalga oshirilishiga imkon beradi. pul bozorini davlat tomonidan tartibga solishning asosiy elementlaridan biri pul bozori to‘g’risidagi qonunchilikning uning ishtirokchilari tomonidan amal qilinishi ustidan nazoratdir. Nazorat organlari tajribasi hamda qimmatli qog’ozlar bozori ishtirokchilari faoliyatini umumlashtirish bo‘yicha nazorat elementlarini uslubiy jihatdan tizimlashtirish lozimdir. Yuqoridagilardan kelib chiqib, fikrimizcha, pul bozorini davlat tomonidan tartibga solish tizimini bilvosita (to‘g’ridan-to‘g’ri) va bevosita usullarga ajratish mumkin. Rivojlanayotgan pul bozorining rivojlangan bozorga aylanish jarayonini o‘rganish natijasida ushbu jarayonning asosiy iqtisodiy, texnik va siyosiy muammolari aniqlandi. Iqtisodiy muammolarga iqtisodiy rivojlanish muammolarini hal etish, xususan, iqtisodiyotning moliyaviy jihatdan to‘yinganlik darajasini oshirish, jamoaviy investitsiyalash tizimini rivojlantirish va makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni barqarorlashtirish kiradi. Rivojlanayotgan va rivojlangan pul bozorlari tahlili shuni ko‘rsatdiki, iqtisodiyot pul resurslari bilan qanchalik to‘yingan bo‘lsa, xo‘jalik aylanmasida qimmatli qog‘ozlar komponenti shunchalik yuqori bo‘ladi, yalpi ichki mahsulotga nisbatan pul bozori kapitallashuvi shunchalik yuqori bo‘ladi.
Pul bozorining rivojlanishi bevosita iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish siyosatiga bog‘liq, ammo rivojlanayotgan mamlakatlar har doim ham to‘g‘ri va malakali siyosat olib boravermaydi. Zamonaviy sharoitda mamlakatning iqtisodiy o‘sishi ushbu iqtisodiyot tovar va moliya bozorlarining jahon bozorlariga dinamik ravishda integratsiyalashuviga bevosita bog‘liq bo‘lib, bu o‘z navbatida bozorlarni erkinlashtirishni talab etadi. Biroq moliya sektorini erkinlashtirish bozor riski (tavakkalchiligi) ko‘lamini hisobga olgan holda mutanosib ketma-ketlikda amalga oshirilishi kerak. Rivojlanayotgan pul bozorini rivojlangan bozorga aylantirishning texnik vazifalari quyidagilardan iborat: jahon pul bozoriga samarali integratsiya qilish uchun zarur infratuzilmani ta’minlash va fond bozoridagi faoliyatni tartibga soluvchi qonunchilik bazasini takomillashtirish. Ko‘pgina rivojlanayotgan pul bozorlariga xos bo‘lgan muammo shundaki, rivojlanayotgan mamlakatlarda odatda pul bozori infratuzilmasini rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan davlat va jamiyatning e’tibori yetarli darajada bo‘lmaydi, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanmaydi. Binobarin, fond bozorining rivojlanganligi uning mamlakat uchun qanchalik dolzarb va muhim ekanligiga bevosita bog‘liq bo‘lib, bu davlatning xohish va qat’iyatida o‘z aksini topadi. Shuningdek, davlatning siyosiy qo‘llab-quvvatlovi milliy fond bozori manfaatlarini xalqaro moliya bozorlarida himoya qilish shaklida ham ayniqsa muhimdir.


Download 487,12 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 487,12 Kb.